bepul sayt yaratish, sayt ochish

Bepul sayt yaratish

      Bepul sayt yaratish ga 46 fikr bildirilgan

Internetda bepul sayt yaratish juda oson va tez amalga oshiriladi. Bepul sayt yaratishni hattoki maktab bolasi ham uddalay oladi. Lekin, bepul sayt yaratishning yaxshi va yomon taraflari ham borligini unutmasligimiz kerak. Demak, internetda bepul sayt yaratishning yaxshi va yomon taraflarini o’rganib chiqamiz.

 Internetda bepul sayt yaratishning foydali taraflari :

  • Hosting bepul, pul talab qilinmaydi

Internetda shaxsiy web sayt ochish uchun, aslida pul talab qilinadi. Qancha pul kerakligini bilmoqchi bo’lsangiz, O’zbekistondagi hosting kompaniyalarning web saytlariga kirib, hosting narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Sizga beradigan eng asosiy maslahatim, agar siz webmasterlikga, internet biznesga endi qadam qo’ygan bo’lsangiz, sayt yaratish uchun bepul hostinglardan foydalanishni tafsiya etaman. Sababi, siz internetda sayt yaratish, uni boshqarish haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lmasligingiz mumkin. Shuning uchun, sayt yaratish, uni boshqarishni o’rganish maqsadida, eng boshida bepul hostinglarda o’zingizning shaxsiy web saytlaringizni yarating. Bu saytlar faqat o’rganish uchun yaratilgan bo’lishi kerak. Agar, siz o’zingizning saytingizni dunyoga tanilishini hoxlasangiz va o’zingiz istagandek sayt yaratishni hoxlasangiz, pullik hostinglardan foydalanib, sayt yaratishingizga to’g’ri keladi. Buning sababini esa, shu maqolani ohirigacha o’qib bo’lgach, tushinib olasiz.

  • Domen, saytingiz nomi bepul beriladi

Internetda har bir sayt o’z nomiga (domen) ega. Saytingiz nomini tanlash huquqi o’zingizda. Agar siz bepul hostinglarda sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, sizga bepul domen beriladi. Lekin, saytingiz nomini yodlab qolish qiyin bo’lishi mumkin. Sababi, bepul hosting kompaniyalar, sayt yaratganda, sizga uchinchi darajali domenni bepul berishi mumkin. Bunda siz saytingizning domenini tanlaysiz va siz tanlagan domen uchinchi darajali bo’ladi.

  • Tayyor sayt shablonlari bor

Internetda sayt yaratganingizda, asosiy etibor talab qilinadigan vazifalarning biri bu – saytingizning dizayni yani shablon. Hozir, internetda bepul shablonlar soni juda ham ko’p. Ularning bittasini tanlab, o’zingizning saytingizga o’rnatishingiz mumkin. Bunda, siz saytingiz shablonini yaratish bo’yicha umuman bosh qotirmaysiz.

  • Oson va tez

Bepul hostinglarda sayt yaratish juda ham oson. Faqat ro’yhatdan o’tishingiz, saytingiz domenini tanlashingiz va tayyor shablonlarni saytingizga o’rnatsangiz bo’ldi. Saytingiz tayyor bo’ldi.

  • Saytni boshqarish oson

Bepul hostinglarda sayt yaratgandan so’ng, uni boshqarish ham oson. Agar saytingizga o’zgartirishlar kiritishni hoxlasangiz, hostingdagi boshqaruv bo’limiga o’tib, kerakli o’zgartirishlarni kiritasiz.

  • Saytingiz uchun tayyor plaginlar bor

Plagin – bu sizning saytingizni boshqarishda osonlik tug’dirib beradigan, saytingizga chiroy bag’ishlaydigan va saytingiz foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratib beradigan, ichi to’la php,html kodlarga ega fayl. Misol uchun, siz ko’pchilik saytlarga kirib, ro’yhatdan o’tasiz. Ana shu ro’yhatdan o’tish jarayonini plagin boshqaradi.

Demak, internetda bepul sayt yaratishning foydali taraflarini ko’rib chiqdik. Bir qarashdan foydali taraflari ko’p ekanligi bilan, internetda o’z saytini tezda yaratish imkoniyatini berishi bilan har bir odamni qiziqtirib qo’yadi. Lekin, tanganing ikki tarafi bo’ladi deganlaridek, bepul sayt yaratishning ham noqulay, yoqimsiz taraflari ham bor. Endi esa bepul sayt yaratishnig noqulayliklar taraflarini ko’rib chiqamiz.

Internetda bepul sayt yaratishning noqulaylik taraflari :

  • Hostingdagi joy chegaralangan.

Bu bepul hosting kompaniyalariga bog’liq. Bepul sayt yaratishni taklif etayotgan web konstruktorlar juda ko’p. Cheklovlar ham o’zgacha. Buni oddiygina ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan usb fleshka yordamida tushintirish mumkin. Masalan: sizning usb fleshka 8 GB bo’lsa, siz bu fleshkaga 9 GB lik ma’lumotlarni sig’dira olmaysiz. Bepul hostinglar ham ana shunday cheklovlarga ega. Bepul hostinglar sizning saytingiz uchun 50MB dan 1GB gacha joy ajratib berishi mumkin. Bu bepul hosting kompaniyalarga bog’liq.

  • Domen nomi uchinchi darajali bo’lim qoladi.

Misol uchun : kak.hosting-nomi.com . Shunga o’xshash bo’ladi. Bu esa eng asosiy yoqimsiz taraflaridan biri hisoblanadi. Deylik sizning saytingizda juda ham ko’p va foydali ma’lumotlar bor. Birinchi marta saytingizga kirgan odamga saytingiz yoqib qoladi. Lekin sayt nomini, domenini yodlab qolishda qiynaladi. Bu esa saytingiz foydalanuvchilarini yo’qotish degan manoni bildiradi.

-Reklama

Bepul hosting kompaniyasi sizga shuncha narsani bepul qilib berishdan nima maqsadligini o’ylab ko’rish vaqti keldi. Biz o’zimiz aslida, bepul narsaga o’chmiz. Bepul desa hammamiz yuguramiz. Lekin, buncha bepullikning ortida nima turganini shu vaqtda hayolimizga ham keltirmaymiz. Eng ohirida esa kuyunib qolamiz. Bepul hostingda sayt yaratganingizdan so’ng, ular sizning saytingizda o’z reklamalarini joylashtirishadi. Bu sizga bepul hosting ajratib berganligi uchun pul undirish yo’li. Agar siz saytingizda reklamalar yo’q bo’lishini hoxlasangiz, har oyda pul to’lashga to’g’ri keladi. Uning narxi esa pullik hostinglardagi oylik to’lovlar bilan teng bo’ladi (undan ham ko’p bo’lishi mumkin, narxlar bepul hosting kompaniyalarga bog’liq). Mana sizga nima uchun sizga bepul hosting taklif etishayotganligining sababi. Sizning saytingizga odamlar kirishadi va saytdagi reklamalarni ko’radi. Bu reklamalarga bosib, boshqa saytlarga o’tib ketadi. Bu reklamalardan sizga foyda yo’q. Asosiy foyda esa, sizni bepul hosting bilan ta’minlab turgan kompaniya hisobiga tushadi. Agar shu pullarni o’zingiz olishni hoxlasangiz, pullik hostinglarda sayt yaratishingiz kerak. O’zingiz saytingizning hoxlagan joyida reklama joylashtirib, undan tushadigan foydani o’zingiz olishingiz mumkin.

  • Saytingizning egasi siz emassiz.

Bu degani, sizning saytingizni hoxlagan paytda, siz tanlagan bepul hosting kompaniya o’chirib tashlashi mumkin. Bu ularning qo’lidan keladi. Buni men bir necha saytlarni bepul hostinglarda yaratgan va ko’pchiligida saytimning yopilishini ko’rgan inson sifatida aytayabman. Shuning uchun ham pullik hostingda shu saytni yaratdim.Bunda, agar menga hozir tanlagan pulli hosting xizmatlari yoqmasa, boshqa pulli hostingga saytimni ko’chirib o’tkazishim mumkin. Bepul hostingda esa, siz saytingizni ko’chira olmaysiz, nusxasini ham ola olmaysiz.

  • Bepul hostinglarda yaratilgan saytlarga ishonch pastroq bo’ladi.

Ko’pchilik odamlar bepul hostinglarda yaratilgan saytlardagi ma’lumotlarni yuklab olishga, shunday saytlardan foydalanishga qo’rqadi. Sababi, kompyuteriga virus yuqtirib olishi mumkin yoki telefon raqamidan qo’shimcha pul yoqotib qo’yishidan qo’rqadi.

  • Saytingizda pul ishlay olmaysiz.

Ko’pchilik bepul hostinglar saytingizda o’z reklamalaringizni joylashtirish imkonini berishadi. Lekin, siz saytingiz orqali yaxshi daromad topa olmaysiz. Siz saytingizga o’zingizning reklamangizni joylashtirasiz, ustiga qo’sha bepul hosting kompaniyasining reklamalari ham qo’yiladi. Qarabsiz-ki saytingiz reklamalarga to’lib ketadi. Saytingizga foydali maqolalarni o’qish uchun, foydali ma’lumotlarni yuklab olish uchun tashrif buyurgan odamning ko’zi 3-4 ta reklamaga ko’zi tushadi. Asosiy maqsad yani ma’lumotlar reklama bilan ko’rinmay qoladi yoki saytingizning ochilish vaqti cho’zilib ketadi. Natijada, saytingizni tark etadi. Hozirgi paytda hamma shoshilib yuradi. Hamma narsani tez-tez bajarsam deb o’ylaydi. Sizning saytingizdagi ma’lumotlarni tezroq ko’chirib olsam deb kelgan odam, ma’lumot ko’chirish bu yog’da tursin, saytingizni ko’p vaqtda ochilishiga qarab turisa, u odam nima qiladi deb o’ylaysiz. «Sen bo’lmasang boshqasi» deydi da ketadi.  (Bu rost. O’zim shundayman).

Mana internetda bepul sayt yaratishning barcha taraflarini ko’rib chiqdik. Ko’rib turganingizdek, bepul web konstruktorlarda sayt yaratishning noqulayliklari va yoqimsiz taraflari ko’proq ekanligiga ishonch hosil qildingiz.

Men bu bilan bepul web konstruktorlar yomon demoqchi emasman. Ular juda foydali va juda yaxshi. Faqat siz internetda sayt yaratishni, blog yaratishni, saytni boshqarishni yoki o’zingizning shaxsiy plagin va scriptlarni amalda sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz gina foydali bo’ladi. Web konstruktorlardan faqat gina tajriba orttirish va o’rganish uchun foydalanganingiz maqul. Bu konstruktorlarda kelajagi bor sayt yaratib bo’lmaydi, pul ham ishlab bo’lmaydi. Pul ishlash mumkin. Lekin bunaqangi saytlardan ishlab topgan pullarga bir kunlik ovqat ham sotib ola olmaysiz. Agar siz saytingizning ko’p yillar davomida ishlab turishini hoxlasangiz va saytingiz orqali 100-1000 $ va undan ham ko’p pul ishlashni hoxlasangiz, ikkilanmay pullik hostingni tanlang, ikkinchi darajali domen sotib oling va bundan keyin hech kim sizning saytingizni o’chirib tashlay olmaydi. (O’zingizdan boshqa, albatta  ) Saytingizga sizning ruxsatingizsiz hech kim reklama joylashtira olmaydi. Saytingiz uchun ajratilgan hajm siz tanlagan hosting tarifiga bog’liq bo’ladi. Qancha kerak bo’lsa, pulini to’lab olaverasiz. Agar siz internetda sayt ochishni bilmaydigan bo’lsangiz va o’rganmoqchi bo’lsangiz be’malol bepul konstruktorlarni tanlab, sayt yaratishni o’rganishingiz mumkin.

Mana sizga bepul web konstruktorlar ro’yhati:

  • Ucoz.com
  • Setup.com
  • Jimdo.com
  • Wix.com
  • Livejournal.com
  • Blogger.com

Yuqorida ko’rsatilib o’tilgan bepul web konstruktorlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’taman.

-Ucoz da sayt yaratish:

Bu sayt barchaga tanish. Internetda sayt yaratishni hoxlagan odamlar birinchi bo’lib shuni tanlaydi. Sababi, bu web konstruktorda saytingizni boshqarish oson. Lekin men bu saytni tanlashingizni maslahat qilmayman. Sababi, saytingizni shu web konstruktorda yaratgandan so’ng saytingizga katta qilib o’zining reklamasini joylashtirib qo’yadi. Saytingizning yon tarafi ko’rinmay qoladi.

-Setup da sayt yaratish:

Bu ham bepul sayt yaratish imkonini beradi. Har doyim pochtangizga saytingizni yaxshilash haqida maqolalar kelib turadi. Bu foydali taraflaridan biri. Barchasini o’rgatib turishadi. Menimcha sayt yaratishni o’rganish uchun yomon bepul hosting emas.

-Jimdo da sayt yaratish:

Bu ham yuqorida aytilgan bepul konstruktordek sizga xizmat qiladi. Sayt yaratish, uni boshqarish va yaxshilash haqida maqolalarni pochtangizga yuborib turishadi.

-Wix da sayt yaratish:

Hozirgi paytda internetda o’zining bepul web konstruktorini juda ko’p reklama qilishi oqibatida, bundan foydalanayotgan odamlar soni tezda ko’payib ketdi. Sayt yaratish juda ham oson.

-Livejournal da sayt yaratish:

Bu konstruktor asosan blog yaratishga moslashgan. Sayt va blog o’rtasidagi farqni bilish uchun saytimizda alohida maqoladan bilib olishingiz mumkin. Bu ham internetda o’zining juda ham ko’p foydalanuvchilariga ega bepul web konstruktorlaridan biri.

-Blogger da sayt yaratish

Bu ham asosan shaxsiy blog yaratishga moslashgan. Lekin, bu eng yaxshi ko’rgan bepul konstruktor hisoblanadi. Chunki, ular saytingizda o’zining reklamalarini joylashtirmaydi. Saytingiz uchun ajratilgan joy hajmi (MB) chegaralanmagan. Hoxlagan reklamangizni qo’yishingiz mumkin. Yana bir yaxshi tarafi, saytingizning mobil versiyasi ham bor. Agar sizning saytingizga kompyuterdan kirsa, saytingizning katta ko’lamdagisini ko’rsatishadi, mobil telefonlardan kirishsa, saytingizning mobil versiyasini ko’rsatishadi. Bu esa siz yaratgan saytdan foydalanishni yengillashtiradi. Yana bir foydali tarafi, bu konstruktor dunyoga mashxur Google kompaniyasiga tegishli. Saytingizning nusxasini ko’chirib olish imkoniyatini ham berishadi. Google izlash sistemasida saytingizning birinchi o’rinlarda turish imkoniyati bochqa bepul konstruktorlarga solishtirganda ko’proq. Sababi, bu o’zining konstruktori da.

Mana, bepul sayt yaratish bo’yicha aniq va to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldingiz deb o’ylayman. Bugundan-oq sayt yaratishni, uni qanday boshqarishni va o’rganishni boshlang. Faqat, bepul web konstruktorlarda ko’p qolib ketmang. O’zingizni rivojlantiring, o’rganing va pulli hostinglardan foydalanib, o’zingiz hoxlagandek sayt yarating. Saytingizda pul topishga kelsak, barchasi o’zingizga bog’liq.

Sayt yaratishni,saytni boshqarishni va saytni qanday qilib rivojlantirishni bepul konstruktorlarda o’rganib olgan bo’lsangiz, pullik hostingni tanlab, shaxsiy nomingizga domen sotib olib, sayt yarating. Mana, internetda bepul sayt ochish sirlarini ham bilib oldingiz. Endi esa, qaysi birini tanlash sizga bog’liq.

46 comments on “Bepul sayt yaratish

    1. Arman Esimbaev Post author

      Maqoladan o’zingizga yetarli darajada ma’lumot oldingiz deb o’ylayman Haydarali. Yaqin orada Internetda pul ishlash haqidagi to’liq va aniq maqola saytga joylashtiriladi. O’tkazib yubormang!

      Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Arzimaydi. Saytimizga kirib turing. O’zingizga qiziq bo’lgan savollar bo’lsa be’malol so’rashingiz mumkin.

      Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Uzbek sizning savolingizga qaraganda, siz maqolani diqqat bilan o’qib chiqmaganga o’hshaysiz. Yuqoridagi maqolada qanday qilib sayt yaratish haqida ma’lumot berib o’tganman. Agar siz bularga tushunmagan bo’lsangiz, unda mana bu sayt nomlarini brauzeringizda terib, saytga kirib ko’ring. Agar siz rus tilini yaxshi bilsangiz, qiynalmasdan 10 daqiqada sayt ochib olishingiz mumkin. Albatta, bu saytlarda ko’p qolib ketmang, chunki bu boshlang’ich bo’lim. O’rganib bo’lgach shaxsiy hosting va domen sotib olib o’zingizning saytingizni yarating, shunda sayt mutloq sizga tegishli bo’ladi. Agar siz tepadagi bepul sayt ochish imkonini beruvchi saytlardan o’zingiz uchun sayt ochmoqchi bo’lsangiz, sayt egasi siz bo’lmaysiz, siz faqat boshqaruvchi sifatida qolib ketasiz. Bu bepul sayt yaratishlarning hammasi dastlabki bilimlarni olish uchun, o’rganish uchundir.

      Reply
      1. Islam Isakov

        Pulsiz vaqtincha ishlash kerak ekanda. Saytni organgandan keyin ochirib tashlash shartmi yoki shart emasmi?

        Reply
        1. Arman Esimbaev Post author

          Islam qanday qilib sayt yaratish, uni boshqarish, saytga maqola qo’shish haqida asosiy tushunchalarga ega bo’lganingizdan keyin, bepul sayt yaratish imkonini beruvshi konstruktorlar umuman kerak emas. Bu huddi bir mashg’ulot. O’rganasiz va keyin amalda qo’llaysiz. Bepul yaratgan saytingizni o’chirib tashlashingiz ham mumkin. Vaqt o’tgach agar ulardan foydalanmasangiz avtomatik o’chiriladi. O’rganib bo’lgach pulli hosting va domen sotib o’lib o’zingiz sayt yarating. Shunda hech qanday cheklovlarsiz ishlaysiz. Saytingiz qanday bo’lishini, o’zgaritirish kiritishingiz o’zingizning qo’lingizda bo’ladi va hech kim sizning saytingizni vaqt o’tgach o’chirib tashlay olmaydi konstruktorlardagi kabi.

          Reply
      1. Arman Esimbaev Post author

        Nodir bu gapni nima maqsadda va nimaga asoslanib aytganingizga tushunmadim. Yoki sizga sayt yaratish haqidagi maqola yoqmadimi. Fikringizni nima manoda aytilganini aniq qilib yozsangiz

        Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Salom, Jamshid. Saytimga tashrif buyurganingizdan hursandman. Agar saytimga qancha foydalanuvchi kirishi haqida qiziqayotgan bo’lsangiz, saytimning pastki tarafida statistika bor. Saytimga har kuni kiruvchi foydalanuvchilar soni ko’rsatilib turibdi.

      Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Hozircha kuniga 60-80 foydalanuvchi bor saytimda. Agar web sayt yaratish boyicha barcha darsliklarni toliq yozib chiqsam, foydalanuvchilar soni albatta kopayadi. Sababi maqolalar foydali va ba4cha insonlar ozlari sayt yaratishi mumkin bu darsliklardagi barcha ishlarni bajarganidan keyin. Saytimizning rivojiga oz ulushingizni qoshasiz degan umidtaman. Faqat darsliklar haqida odamlarga xabar jonatishning ozi kifoya.

      Reply
  1. Sardorbek

    Salom kak.uz sayti foydalanuvchilari men .tk da domen ololmayabman har xil maqolalarni ham o’qib chiqdim. Bazi birovlar telefondan xatolik deb aytishmoqda. Menga .tk domen( xizmat haqi bepulga) oberadigan insonlar bo’lsa emailimga xabar yuboring yoki tel qiling. Email: Taloqtepa@gmail.com
    Tel: +998939052501

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Tk domeni bu vaqtinchalik. Hohlagan paytida o’chirib qo’yishlari mumkin. Shuning uchun bu domenni olishni tavsiya etmayman. Agar vaqtinchalik uchun foydalanmoqchi bo’lsayiz. Balkim, urinib ko’ring

      Reply
  2. Sherali

    Asslomu aleykum, pullik hosting va domenlarni sotib olgan saytga HTML CSS PHP larni ōzimiz yozib joylashtiramismi? Javob uchun oldindan raxmat. Iloji bōlsa javobni emailga ham yuborsangiz…

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Ha, albatta. O’zingiz ishlagan saytingizni joylashtirishingiz kerak. Hammasini o’zingiz bajarishingiz kerak bo’ladi

      Reply
  3. Hayot

    Salom. Men ok.ru ga oxshash sayt qilmoqchi edim. WordPressda shuni qilsa boladimi. Javob uchun rahmat.

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Yo’q buni iloji yo’q. Sotsial tarmoqlar uchun yaratilgan CMS lar bor. Ushalardan foydalanib sayt yaratishingiz mumkin

      Reply
  4. Arman Esimbaev Post author

    Pullik saytlarda ham tayyor CMS larni o’rnatsangiz ichida admin bo’limida saytni boshqarish imkoniyatlari mavjud

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Telefonda sayt tayyorlab bolmaydi. Agar siz telefondan internetga ulanib sayt yaratgan bolsangiz osha servisning saytiga kirishingiz kerak

      Reply
  5. Sardor

    Salom,savolim saytda yoki blogda foyda faqat reklamadan keladi shunaqami? Yana bir savol uzbek tilidagi saytlarni Google AdSense tasdiqlamas ekan ?

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Foyda olish yoli kop faqat fantaziyangizga bogliq. Misol uchun infobiznesni yolga qoyishingiz mumkin, adsense barcha tillardagi saytlarni qabul qiladi va saytingizning darajasi ham bogliq emas

      Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan