Blogger-bu kim?

Blogger o’zi kim?

      Blogger o’zi kim? ga 5 fikr bildirilgan

Blogger – bu internetda shaxsiy blog yaratib va uni boshqaruvchi va o’z blogiga har kuni yangi maqolalar qo’shib boradigan siz va bizga o’xshagan insonlar. Blog har bir insonning shaxsiy kundaligiga o’xshab ketadi. Faqat kundalikning internetda joylashgan turi. Blogni yurituvchi odam blogger hisoblanadi. Barcha odamlar blogger bo’lishi mumkin. Faqat u o’z blogiga odamlarga qiziqarli bo’lgan maqolalarni qo’shib borishi kerak va yaratgan blogi odamlarga foydali bo’lishi kerak. Bloggerlar maqola yozishni yoqtirishadi. Agar siz har kuni maqola yozishga qiynalsangiz. Sizdan yaxshi blogger chiqmasligi mumkin. Blog yaratildimi unga har kuni yangi,qiziqarli maqolalar qo’shilib borilishi kerak.

Odamlarning blogger bo’lishiga nima sabab bo’ladi?
Eng ko’p tarqalgani bu – pul. Bloggerlar juda yaxshi pul topishadi. Agar uning blogi foydali, qiziqarli, har kuni yangi maqola qo’shilib borilsa va u yaratgan blogiga ko’p odamlar kirsa.
Ikkinchisi – ko’pchilik odamlar maqola yozishga qiziqishadi, internetda taniqli blogger bo’lishni hoxlaydigan insonlar hisoblanadi. Blog yaratish va uni boshqarish, yangi maqolalarni qo’shib boorish jurnalistlarga juda mos keladi. Biznesmenlar va katta firmalar, kompaniyalar ham o’z bloglarini yaratadi. Bu esa biznesining, firmalarining,kompaniyalarining rivojlanishiga yordam beradi.

Aslida bloggerlar 3 turga bo’linadi:

  1. Video bloggerlar
  2. Maqolachi bloggerlar
  3. Foto bloggerlar

Video bloggerlar – bloglini video shaklida yuritadi. Albatta, bu videolar Youtube saytida joylashtiriladi. Hozirda ko’pchilik insonlar videobloglari orqali ham mo’may gina pul ishlab topishayapti.Foydali taraflari odamlar videolarni ko’rishga ko’p qiziqishadi. Video blogger bo’lsangiz, tez orada taniqli bo’lishingiz aniq.

Maqola yozuvchi bloggerlar – bu an’anaviy tekst formatidagi bloglar hisoblanadi. Bunda bloggerlar maqola yozib borishadi. Foydali taraflari barcha 3 turdagi bloggerlikni o’z ichiga oladi.Tekst formatidagi maqolaga ham foto, ham video joylashtirsa bo’ladi. Mana sizga zamonaviy blog.

Foto bloggerlar – bunda odamlar o’z bloglariga foto joylashtirib borishadi. Albatta, o’zlari shaxsiy tushirgan fotolarni. Internetdagi tayyor fotolarni joylashtirish be’foyda.Ko’pchilik odamlar foto blog yaratishda instagramdan foydalanishadi. Sotsial tarmoqlarda pul ishlash sal qiyinroq lekin, ishlasa bo’ladi. Instagramchilarni ham foto bloggerchilar desak ham bo’ladi.
Bloglarni shaxsiy domen va hosting sotib olish orqali, tayyor, bepul blog konstruktorlar orqali va sotsial tarmoqlar orqali yaratish mumkin.
Blog yaratish va blogger bo’lish uchun eng avvalo blogingiz uchun mavzu tanlab olishingiz kerak. Blogingizda aynan bir mavzu asosida maqola qo’shib boorish juda foydali. Misol uchun sizning blogingizda bitta O’zbekiston bo’yicha sayoxat haqida maqola bor, blogingizga kelgan odam shunga o’xshash boshqa maqolalarni o’qimoqchi bo’lib, boshqa maqolalarga qarasa, u yerda qushlar haqida, velosiped, mashina, kiyimlar, telefonlar haqida maqola bo’lsa u odamni qiziqtirmay qo’yadi va blogingizni tark etadi. Balkim, blogingizga qaytib kelmasligi ham mumkin. Agar bir necha mavzudagi blog yaratmoqchi bo’lsangiz, har bir mavzuga alohida bo’lim ajratishingiz kerak. Blogingizdan foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.
Mana blog nima va blogger kim ekanligi haqida bilib oldingiz. Siz ham o’z blogingizni yarating va taniqli bloggerlarning biri bo’lishingizga ishonaman.

 

5 comments on “Blogger o’zi kim?

    1. Arman Esimbaev Post author

      Blogda faqat tekst foto video ma’lumotlar bo’ladi. Admin erkin fikr bildiradi. Blog mavzusiga oid maqolalar qo’shishadi. Bir-biri bilan fikrlashadi. Sayt da esa asosan forum chat bo’ladi. Hozirda sayt va blog ni bir biridan farq qilmaydi desak ham bo’ladi. Chunki saytdagi chat forum va boshqalarni blog ga ham o’rnatsa bo’ladi.

      Reply
  1. Мирзохид

    Мен сизнинг тавсиянгизга асосан Блог яратдим https://xikoyalar.blogspot.com. Ушбу блогимга ёзилган маълумотларни алохида алохида килиб ажратиб куйишим керак манимча лекин уддалай олмаяпман ёрдам бераоласизми?

    Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan