Blogni boshqarish sirlari

Blogni boshqarish sirlari

      Blogni boshqarish sirlari ga fikr bildirilmagan.

Internetda shaxsiy blogingizni yaratgandan keyin,har kuni blogingizga yangi maqolalarni qo’shib turishingiz kerak. Sababi, blogingizga kelgan odamlar sizning blogingizga yangi maqolalarni o’qish uchun kelishadi. Agar sizning blogingizda yangi maqolalar yo’q bo’lsa, odamlar sizning blogingizga kamdan-kam kira boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan agar blogingizga maqola qo’shmay yuraversangiz umuman odamlar kirmay qolishi mumkin. Bloggerlikning oltin qoyidasi – har kuni yangi maqola. Bu maqola o’ziga hos qiziqarli va odamlarga foydali bo’lishi kerak. Blogimga yangi maqola qo’shishim kerak deb har xil foydasiz harflardan iborat bo’lgan so’zlarni qo’shib, shuni maqola deb blogingizga qo’shsangiz, blogingizdan foydalanuvchi odamlar soni so’zsiz pasayadi. Demak, bugun men sizlarga blogni boshqarish sirlari bilan tanishtirib o’taman.

  1. Blogingizga har doyim yangi maqola qo’shib turishingiz kerak. Maqolalar qiziqarli va odamlarga foydasi tegadigan va katta hajmda bo’lishi kerak va chiroyli rasmlar bo’lishi kerak. Agar iloji bor bo’lsa video qo’shsangiz juda yaxshi bo’ladi. Maqolalaringiz avtori siz bo’lishingiz kerak. Barcha maqolalarni o’zingiz yozishingiz kerak. Internetdagi boshqa saytlarda joylashtirilgan maqolalarni ko’chirib olib, blogingizga joylashtirmang. Buning uchun Google, Yandex sizning blogingizga BAN berishi mumkin.
  2. Blogingiz dizayniga e’tibor bering. Siz yaratgan blogingizning dizayni katta ahamiyatga ega. Agar blogingiz dizayni hunuk bo’lsa, siz blogingizga joyashtirgan maqolalar qanchalik qiziqarli va foydali bo’lmasin, odamlar blogingizga qaytib kelish imkoniyati juda past bo’ladi. Blogingizga tanlagan dizayn sizga yoqishi mumkin. Lekin, odamlarning barchasi ham sizdek emas. Ulardan blogingiz dizayni haqida savol-javob o’tkazing. Blogingizdan foydalanuvchi odamlar, blog dizayni haqida o’z fikrlarini aytadi. Shunga qarab hulosa chiqarasiz.
  3. Blogingizdagi reklamalar sonini kamayttiring. Lekin, blogdan olinadigan asosiy foyda shu reklamalar orqali-ku deyishingiz mumkin. Lekin, o’ylab ko’ring, agar blogingizda 3-5 ta reklama bo’lsa, bu blogingizning chiroyini buzadi. Odamlar ko’pincha maqola o’qish o’rniga, diqqati reklamalarga qaratiladi. Odamlar reklamalarni yoqtiraverishmaydi. Blogimga ko’p reklama qo’ysam, ko’p pul topaman degan o’ylaringizni boshingizdan chiqarib tashlang. Bitta gina yaxshilab bezatilgan va blogingizning qulay taraflarida joylashtirilgan reklama orqali ko’p pul ishlashingiz mumkin. Hozirgi paytda odamlar katta-katta reklamalarga emas, balki blogingizdagi bir chetda kichkina chiroyli fotoga juda ham qiziqib qolishadi va albatta unga bosib ko’radi.  Mana sizga pul ishlash !
  4. Blog bu asosan sizning kundalik daftaringiz. Saytdan blogning farqi nimada bilasizmi? Blogning saytdan farqi blogni boshqaruvchi odam o’zi haqida, real voqealarga asoslanib maqola yozishadi. Bugun hayotida qanday qiziqarli voqealar bo’lganligi haqida, ertaga qanday ishlar qilishi haqida va qanday yutuqlarga erishayotganligi haqida yozib borishadi.
  5. Biror bir yangi narsa haqida bilib qolsangiz, u haqida darro’v yangi maqola yozing. Agar siz bu yangilikni birinchi marta siz ko’rgan yoki eshitgan bo’lsangiz va blogingizda bu haqida yangi maqola yozsangiz, bir-ikki kun ichida blogingizga kiruvchi odamlar sonining ko’payishini kutavering. Agar da siz yangiliklarni, yangi chiqqan ma’lumotlar, yaqin orada trendga chiqishi mumkin bo’lgan narsalar haqida o’qigan bo’lsangiz, bu haqida yangi bir maqola yaratib, saytingizga yoki blogingizga joylashtiring. Misol uchun yangi yil nomi chiqganidan so’ng, siz o’z saytingizda O’zbekistonda yangi yil nomi e’lon qilindi degan mavzuga o’xshash yangi maqola qo’shsangiz bir-ikki oy mobaynida sizning maqolangiz izlash sistemalarida (Google, Yandex) birinchi o’rinlarga chiqib oladi va sizning saytingizga odamlar tashrif buyura boshlaydi. Ba’zi bir odamlar yangi yil nomi qanday ekanligini bilmaganidan, internet orqali qidirib ko’radi, agar siz bu mavzuga oid maqolani birinchilardan bo’lib joylashtirsangiz, sizning saytingizdagi maqola izlash sistemalarida yuqori o’rinlarni egallaydi va odamlar sizning saytingizga kirib, o’ziga kerakli maqolani o’qishadi. Bundan maqsad esa, saytingizga odamlarning ko’proq kirishidir. Keyin esa, siz qo’shgan yangi maqolani o’qib bo’lgach, sayt nomiga e’tibor qaratishadi va saytingizdagi qo’shimcha maqolalarni ham qiziqishib, boshqa maqolalarni ham o’qishadi. Agar saytingizda qiziqarli va foydali maqolalar bor bo’lsa, keyingi gal sizning saytingizning nomini yodlab qolishadi yoki saqlab qo’yishadi. Yangi, qiziqarli, foydali maqolalani o’qishni hoxlab qolsa, sizning saytingizga kirishi mumkin. Chunki siz yangiliklarni tez fursat ichida yozib turasiz yoki qiziqarli maqolalarni qo’shib turishingizga ishonadi va bu inson sizning saytingizning doimiy foydalanuvchisiga aylanadi. Bu faqat yil nomiga bog’liq emas, sizning saytingizning mavzusi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’zingiz tanlagan sayt, blog mavzusiga oid yangiliklarni qo’shib turishga harakat qiling.
  6. Blogingizdan foydalanishda qulayliklar yaratig. Agar siz blogingizni har xil mavzularga bag’ishlab yaratgan bo’lsangiz, unda har bir mavzuni alohida bo’limlarga ajrating va maqolalaringizni tegishli bo’limlarga qo’shib boring.
  7. Blog tez ishlashi kerak. Agar sizning blogingiz sekin ishlasa, unda odamlar buni kutib turmay, chiqib ketishadi. Shuning uchun blogingizning tez ishlashiga, brawzerlarda tez ochilishini taminlang. Ortiqcha plaginlar va scriptlarni o’rnatmang.
  8. Maqolalaringizga blogingiz foydalanuvhilari tomonidan fikrlar qoldiriladi. Shu fikrlarga javob qaytaring va o’z fikrlaringizni ham yozing. Blogingiz foydalanuvchilari bilan har doyim aloqada bo’ling. Ularni qiziqtirgan barcha savollariga iloji boricha javob berishga harakat qiling.
  9. Blogingizdagi maqolalar uchun video tayyorlang.Blogingizga qo’shayotgan maqolalaringizga mos videolarni qo’shing. Odamlar hozir videolarni juda ham yashi ko’rishadi. Har bir blogda video lavhalar bo’lishi kerak.
  10. Blogingizda konkurslar o’tkazing.Blogingizda har xil tanlovlar va konkurslar o’tkazib turing. Bu blogingizdan foydalanuvhi odamlarga siz befarq emasligingizni bildiradi. Konkurslar va tanlovlar barchaga yoqadi. Asosan, yutuqni qo’lga kiritish

Mana, blogni boshqarish haqidagi asosiy sirlarni ham bilib oldingiz. Endi esa shu qoyidalarga amal qilgan holda blogingizni boshqarishni davom eting. Sizga va blogingizning ommaviy bo’lishida omadlar tilayman.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan