Oson pul ishlash

Boy bo’lish sirlari

      Boy bo’lish sirlari ga 2 fikr bildirilgan

Bu maqolani o’qigach, siz bir zumda boy bo’lib ketishingiz mumkin deb ayta olmayman, lekin o’zingizda kuch topa olishingiz, motivatsiya olishingiz mumkin. Demak boy bo’lish sirlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’taman. O’ylaymanki sizga bu maqola qiziqarli va foydali bo’ladi.

Boy bo’lish sirlari

Maqsadga erishish: Oson emas

Sizga kerak bo’ladi:

-Erkinlik

-Tinimsiz mehnat

-Kuch, g’ayrat

-O’zingizni anglash

-Vaqt

-Vaqt

-Vaqt

1-qadam

Qaror qabul qiling.

Ha, ha huddi shunday, oson gina birinchi qadam. Balkim, bu kimlarga dir qiyin bo’lishi mumkin. Eng asosiysi o’zingiz hoxlagandek, siz qaror qabul qilishingiz kerak. Men albatta boy bo’laman, men buni uddalayman va har qanday to’siqlarni yengib o’taman. Qanday qaror qabul qilishingiz o’zingizga bog’liq.

2-qadam

Oldingizga katta-katta maqsadlar qo’ying.

Agar siz oldingizga kichik maqsadlarni qo’ysangiz, ungacha yetaklaydigan yo’l siz uchun yutuqli bo’lmasligi mumkin. Bir narsaga erishishni hoxlasangiz, undan kattasini maqsad qilib oling. Xalqimiz bekorga aytishmagan: Osilsang baland dorga osilgin. (To’g’ri ma’noda emas)

3-qadam

Har doyim o’rganing va bilim oling!

Har kuni bor yo’g’i yigirma minut, yarim soat vaqtingizni bilim olishga, kelajagingiz uchun foydasi tegadigan narsalarni o’rganing. Bilim olishdan, o’rganishdan to’xtagan odam – bu jonsiz odam.

4-qadam

Mashaqqatli yo’llarni, qiyinchiliklarni o’zingiz yengib o’ting.

Biz tirik ekanmiz, har bir boshlanayotgan kunimizda har xil qiyinchiliklar, boshqotirmalar mayda-chuyda muammolar paydo bo’ladi. Albatta, bularning barchasini o’zingiz hal qilishga odatlaning. Hech bir muammoni boshqasiga ishonib topshirmang. Bunday ishlarni o’zingiz bajarsangiz, kelajakda tug’ilishi mumkin bo’lgan kattaroq muammolarni ham o’zingiz yechimini topishingizda yordam beradi.

5-qadam

Har doyim pullaringizni qayerga sarflayotganingizni, qancha pul topayotganingizni, qanday narsalarga pul sarflayotganingizni hisob-kitob qilib boring. Asosiy daromad keltiradigan ishingizdan tashqari, yana bitta-ikkita qo’shimcha daromad keltiruvchi yo’llarni izlab toping. Boy bo’lishning asosiy sirlaridan biri shu hisoblanadi.

6-qadam

Har kuni oldingizga aniq maqsadlarni qo’ying va ularga qachon, qaysi vaqtda erishishingiz kerakligi haqida kundalik yozib boring va albatta bularni amalda bajaring. Aniq maqsadlarsiz, aniq bir muddatga belgilanmagan maqsadlar – bular faqat oddiy gina orzu halos.

Kundalik daftarchangizni ko’zingiz ko’p tushadigan joylarga qo’ying, undagi yozilgan maqsadlarni o’qing, amalda bajaring. Agar million sum pul ishlashni hoxlasangiz, maqsadingizni yozing va qaysi vaqtgacha buni uddalachingiz kerakligi haqida muddatni kiriting. O’zingizni hech qachon aldamang. Qo’yilgan maqsad sari har kuni bitta-ikkita qadam tashlang va albatta siz bunga erishasiz. Yodingizdan chiqarmang – sizning o’ylagan narsalaringizning hammasi amalga oshadi, faqat bunga ishonishingiz kerak.

7-qadam

Tanish bilishlar, do’stlar sonini orttiring.

Yangi do’stlar bilan tanishing, maqsadlaringiz bir xil bo’lgan odamlar bilan gaplashing. Siz maqsad qilib qo’ygan yo’lni allaqachon bosib o’tgan insonlardan dars oling, har bir aytgan so’zlariga ahamiyat bering. Barcha odamlarning aytganlarini tinglang, fikrlarini eshiting, lekin asosiy qarorni o’zingiz qabul qiling.

8-qadam

Kitob o’qing.

Agar siz oldingizga katta maqsad qo’ygan bo’lsangiz, unga erishish uchun sizga bilim kerak bo’ladi. Buning hammasi kitobda. Albatta, o’zingizning maqsadlaringizga yechim topib berishi, yordam berishi mumkin bo’lgan kitoblarni o’qing. Agar biznesga qiziqadigan bo’lsangiz, men sizga pastdagi uchta kitobni o’qishni taklif qilaman.

Бодо Шефер – Законы победителей;
Роберт Кийосаки – Богатый папа, бедный папа;
Наполеон Хилл – Думай и богатей.

O’ylaymanki, yuqoridagi berib o’tilgan ma’lumotlar siz uchun foydali bo’ldi. Agarda sizni qiziqtirayotgan savollar bo’lsa, be’malol so’rashingiz mumkin. Men albatta har biringizga javob beraman. Eng asosiysi maqsad sari dadil qadam tashlang. Ertangi kuningizning qanday bo’lishini, hozir o’zingiz belgilaysiz!

2 comments on “Boy bo’lish sirlari

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan