Domen nima

Domen nima o’zi?

      Domen nima o’zi? ga fikr bildirilmagan.

Domen haqida tushuncha berib o’taman. Domen – bu sayt nomi. Saytga domen tanlashda hatolikga yo’l qo’ymaslik kerak. Domen bu faqat harflardan iborat bo’lganligi bilan,sizning saytingizning mashxur bo’lishida katta ahamiyatga ega. Agar siz domeningizni yaxshi tanlasangiz,agar domen qisqa va odamlar yodida tez saqlanib qoladigan bo’lsa, unda sizning saytingizdan foydalanuvchi odamlar soni ko’payadi. Sababi sizning saytingizga bir marotaba domenni yozib kirgan odam, agar sayt domeni oson,yodda qoladigan va chiroyli bo’lsa shu domen nomi uning yodida saqlanib qoladi va sizning saytingizga be’malol yana kirishi mumkin. Saytingiz foydalanuvchilari sizning saytingizni reklama qilishida domen katta ahamiyatga ega.Misol uchun: bumeningsaytim.uz dan ko’ra sayt.uz domeni odamlar yodida tez saqlanib qoladi. Shuning uchun agar o’zingizga chiroyli domen tanlashni hoxlasangiz, tezda domen sotib oling. Chunki chiroyli domenlarni allaqachon boshqa odam sotib olgan bo’lishi mumkin.

Siz yaratmoqchi bo’lgan saytingizz mavzusiga mos ravishda sayt domenini tanlashingiz kerak. Bu juda katta ahamiyatga ega. Misol uchun: siz avtomobillar haqida sayt yaratmoqchi bo’lsangiz auto, tanishuv saytini yaratmoqchi bo’lsangiz tanishuv,meditsina haqida sayt yaratmoqchi bo’lsangiz med qilib tanlashingiz kerak. Agar shaxsiy sayt yaratmoqchi bo’lsangiz va bu saytda o’zingiz haqida,o’zingizning qiziqishlaringiz haqida yozmoqchi bo’lsangiz o’zingizning ismingizga bog’liq domen sotib olishingiz kerak. Misol uchun: arman.uz. Internetda uz domenlardan boshqa ru,com,org,net,tv,info va boshqa domenlar ham bor faqat ular juda qimmat va bunday domenlarni sotib olish uchun sizga webmoney hamyon kerak bo’ladi. Sizning saytingiz O’zbekistonli yoshlar uchun bo’lsa uz domenini tanlaganingiz maqul. Qanaqangi domen tanlash o’zingizga bog’liq.

Tanlagan domen band bo’lsa nima qilish kerak?

Eng chiroyli,qisqa domenlar boshqa kompaniyalar va oddiy odamlar tomonidan sotib olingan bo’lishi mumkin. Agar siz tanlagan domen band bo’lsa, boshqa domenni tanlab ko’ring. Agar siz tanlagan domen band bo’lib va siz shu domenni sotib olishni judayam hoxlayotgan bo’lsangiz,shu domenning vaqti tugashini kutishingiz kerak. Agar siz tanlagan domenni yana bir yilga cho’zdirgan bo’lsa,sizga yoqqan domenni sotib olgan odam bo’shatishni hoxlamasa, shu domenni sotib olgan odam bilan gaplashib ko’ring,agar sizga sotsa ish pishdi. Sotib olasiz va o’z saytingizga qo’yasiz. Lekin ko’pchilik odamlar sotib olgan domenni bo’shatishmaydi,boshqa odamlarga sotmaydi. Afsus, agar siz tanlagan domen band bo’lsa boshqa domen tanlashga to’g’ri keladi.

Ho’sh siz saytingiz uchun domenni tanlab bo’lgandan keyin shartnomada ko’rsatilgan narxni to’laysiz. Domen sizga bir yilga beriladi. Yani siz domenni sotib olganda faqat bir yilga pul to’lab sotib olasiz. Keyingi yil kelganda yana shu narxni to’lab kelasi yili yana sotib olishingiz kerak. Xullas domen uchun har yili pul to’lab turishingiz kerak. Agar har yili domen uchun pul to’lab turilmasa, sizdan domenni olib qo’yishi va boshqa odamlargaa sotib yuborishi mumkin. Domen narxlariga keladigan bo’lsak, 01.01.2018 kuni domen narxlari xolati uz domeni uchun bir yilga 25.000 sum to’lash kerak.

Eng asosiysi qancha mashaqqatlar bilan tayyorlanayotgan va kelajakda saytingizdan katta pullar topish maqsadida yaratilgan saytingiz uchun domen tanlashda adashmang. Domen tanlashda bir marotaba hatolikga yo’l qo’yib keyin afsuslanib yurmang.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan