Internetda pul ishlash

Internetda pul ishlash

      Internetda pul ishlash ga 11 fikr bildirilgan

Internetda pul ishlash sirlari, umuman pul topish sirlari haqida odamlar  Google, Yandex saytlarida ko’plab izlashmoqda. Bunga o’zim ham qiziqib ko’rdim va men ham internetda pul topish haqida ma’lumotlarni o’zbek tilida qidirib ko’ra boshladim. Afsuski, hech bir saytda, umuman internetda pul ishlash haqidagi to’liq ma’lumotni topa olmadim va men shu maqolani yozishga harakat qildim. Bu maqola umuman internet olamida qanday qilib pul ishlash mumkin degan savolga dastlabki tushuncha berishiga aminman. Internetda pul topishga qiziqayotgan, pul ishlashni endi boshlamoqchi bo’lgan odam uchun, eng avvalo qanday qilib pul topsa bo’ladi, qanday uslublar bor, pul topishning qanday yo’llari va sirlari bor ekanligiga qiziqib qolishadi.

Bu maqolada internetda pul topishning asosiy yo’llari haqida yozilgan. O’zingiz hoxlagan bo’limni tanlang va shu bo’limni aniq o’rganib oling. Internetda odamlar tez va oson pul topib, tezroq boyib ketishni, uy-joy, avtomobil, chet ellarda sayoxat qilishni va uydan chiqmasdan, o’zi hoxlagan paytda internetga kirib, bugungi kuni uchun kerakli bo’lgan summani bor yo’g’i kompyuter tugmasining bittasini bosib, hoxlagan pulini olib, zo’r yashashni hoxlashadi. Lekin, sizga aytarim, internetda bunday yo’l bilan pul ishlashning umuman iloji yo’q. Buni tushunishingizni hoxlayman. Bir o’ylab ko’ring! Real hayotingizda pul ishlash uchun eng avvalo, siz ish qidirasiz, agarda tez fursat ichida ish topsangiz, bir-ikki hafta o’rganish uchun sinovda yurasiz, keyin esa ishingiz ish beruvchiga yoqqan bo’lsa gina siz ishga qabul qilinasiz. Ish esa har haftada olti kun ertalabki soat to’qqizdan kechki soat besh-oltigacha davom etadi. Bor yo’g’i tushlik uchun bir soat beriladi. Siz shu tarzda o’z ishingizni boshlaysiz, shu ishda qolib, oylik maosh olishingiz uchun siz charchash nimaligini bilmay, qiyinchiliklarga ilojsiz chidab, barcha ishlaringizni a’lo darajada bajarsangiz gina oy ohirida o’z maoshingizni olasiz.

Ho’sh umumiy tushuncha paydo bo’ldi deylik. Endi esa buni internet bilan solishtiring. Internetda ham kundalikli hayotingizdagidek ish bajarishingiz kerak. Tinmay mehnat qilib, internetda pul ishlashning har xil sirlarini o’rganib, bu ishlarni a’lo darajada bajarsangiz gina vaqt o’tishi bilan oylik maosh kabi pul ishlashingiz mumkin. Internetda pul ishlashning eng avzallik tarafi shunda-ki, siz belgilab qo’yilgan vaqt davomida ishlamaysiz, ertalab turib soat to’qqizda internetda ishingizni boshlamaysiz, eng asosiysi, ishlab topadigan pulingizning chegarasi yo’q, qancha ko’p harakat qilsangiz, mehnat qilsangiz, shu ishingizga yarasha pul topasiz, hoxlagan paytingizda, vaqtingiz bo’sh paytda bir-ikki soat internetda ishlasangiz kifoyadir. Lekin, boshida internetda ko’zga ko’rinarli darajada pul ishlash uchun sizga ancha vaqt kerak bo’ladi. Aniq qilib aytadigan bo’lsam, bir oy vaqt aniq ketadi. Agar da siz internetda pul ishlash yo’llari, uning sirlari haqida, ishlar qanday bajariladi, unga qancha narx beriladi, qaysi saytlar odamlarni aldab, ishlab topgan pullarini qaytarib bermaydi, qaysi biri ishonchli bularning hammasini o’rganib olishingiz kerak.

Bu degani, real hayotingizdagi ishingizdan bosh tortmang, aksincha asosiy ishingizni internetda pul topish bilan birgalikda olib boring. Internetda pul topish uchun ertalabdan kechgacha kompyuter oldida o’tirib, kechqurun 1 dollar pul topganingizdan keyin, internetda pul topib bo’lmaydi, meni aldashibdi, buning hammasi yolg’on ekan degan so’zlarni aytmaslik uchun, internetda pul topishga bo’lgan hoxishingiz yo’qolmasligi uchun, har kuni bo’sh vaqt topib, bir-ikki soat vaqtingizni internetda pul topishga sarflasangiz bo’lgani. Ba’zi odamlar menga yozishadi-ki, siz internetda pul ishasa bo’ladi deb meni aldabsiz, buning umuman iloji yo’q, sizning aytganingizdan ham ko’p vaqtimni internetda pul topishga sarfladim. Lekin, arzimagan besh-o’n dollarni deb shuncha vaqtim zoya ketdi deb yozishgandi. Shu saytni yaratishimdan maqsad ham internetda pul topish mumkinligini, qaysi saytlarda qancha pul topishimni amalda ko’rsatish uchun va sizga o’hshagan internetda pul ishlashni hoxlaydigan odamlar uchun darslik, qo’llanma, yordamchi sifatida shu saytni yaratdim. Saytda vaqti-vaqti bilan qiziqarli maqolalar qo’shilib turiladi.

Lekin, maqolalar soni oz, ko’p vaqt ichida saytga yangi maqolalar qo’shilayabdi deb yozganlar ham bor. Shuni biling-ki, men bir maqolani saytga qo’shishga tayyorlashim uchun ikki-uch kun davomida, kuniga ikki-uch soat vaqtim ketadi. Chunki, har bir maqola to’liq va aniq bo’lishi kerak. Maqola mavzusini aniq qilib yetkazib berish kerak. Shuning uchun har bir maqolani yaxshilab o’qib chiqing. Internetda pul topishga ishonmaydiganlar uchun esa, internet orqali pul topish mumkin bo’lgan yo’llarni yozib ko’rsataman. Vaqt o’tishi bilan har oyda qancha pul topishimni ham ko’rsatib o’taman. Pastdagi internet orqali pul topish yo’llari ishonchli, daromadli hisoblanadi va internetdagi barcha odamlar shu yo’llar bilan pul ishlab kelmoqda. Demak maqolaning asosiy mavzusiga keldik.

Internetda pul topish yo’llari

  1. Buyruq bajarib pul ishlash – bu ish juda ham oson. Buni hattoki maktab bolasi ham eplay oladi. Siz buyruqlarni bajarib pul topish imkoniyatini beruvchi saytlar ro’yhati bilan tanishib chiqasiz va shu saytdan ro’yhatdan o’tib har xil buyruqlarni bajarib pul topasiz. Buyruqlar narxi 1 tsentdan boshlab 100 dollargacha boradi. Narx qancha ko’tarilsa, bu ishlarni bajarish vaqti ham bajaradigan ishingizning soni ham ko’payadi. Pul ishlashning bu yo’li asosan internetda pul ishlashni endi boshlayotganlar uchun desam adashmayman. Chunki, men ham internetda pul topishni aynan shu yo’l bilan boshlaganman. Mana vaqt o’tib, o’zimning saytimni yaratishgacha keldim. Siz ham buni takrorlashingiz mumkin. Bu yo’l orqali qaysi saytlarda pul topish mumkin, qaysi biri ishonchli ekanligini bilishni hoxlasangiz, saytimizda yangi maqolalar qo’shilib boriladi. Bu maqolalarda qaysi sayt orqali pul topish ishonchli, qanday qilib ro’yhatdan o’tish, ishlab topgan pullarni qanday qilib o’z hisobingizga yechib olish mumkinligi haqida yoziladi.
  2. Avtomatik tarzda pul ishlash – bu yo’l bilan internetda pul ishlash uchun kompyuteringizga asosiy dasturni o’rnatib qo’yasiz, keyin esa shu dastur sizning o’rningizga reklama qilinayotgan saytlarni birma-bir ochib ko’rib, sizga pul keltira boshlaydi. Buning uchun siz faqa kompyuteringizni va internetingizni yo’qib qo’yishingiz kerak. Dunyoga mashxur bo’lgan Bitcoin pul birligi ham shu yo’l bilan topiladi. Eslatib o’taman hozirgi paytda 1Bitcoin=15.000 dollarni tashkil qiladi.
  3. Sotsial tarmoqlarda pul ishlash – hammamiz ham har kuni shu sotsial tarmoqlardan whatsapp, telegram, facebook, vkontakte, odnoklassniki, instagram foydalanib kelamiz. Bular orqali ham pul ishlasa bo’ladi. Buning uchun siz pul ishlash imkonini beruvchi saytlardan ro’yhatdan o’tasiz va o’zingiznin sotsial tarmoqlardagi akkauntlaringizni qo’shasiz va pul ishlashni boshlaysiz. Pul ishlab topish uchun bor yo’g’i har xil qiziqarli guruhlarga qo’shilish, u yerga o’z do’stlaringizni chaqirish, like bosish, fikr qoldirish, do’st bo’lish mana shu ishlarni bajarib pul topasiz. Sotsial tarmoqlarda qancha ko’p akkauntingiz bor bo’lsa, ko’proq ish bajarishingiz mumkin.
  4. Kopirayting – ruscha so’z, bunda asosan har xil mavzularga oid maqolalarni yozib berish, ularni sotish orqali pul ishlashingiz mumkin. Har bir maqola 1000 harfni o’z ichiga olgan holda 1 dollar hisoblanadi. Maqola hajmi qancha ko’b bo’lsa, narxi ham shuncha ko’p bo’ladi. Agar siz jurnalistikaga qiziqsangiz yoki maqola yozishga qiziqsangiz shu yo’l bilan pul ishlashingiz mumkin.
  5. Freelance – bu yo’l bilan hozirda ko’pchilik shug’ullanib kelmoqda. Frilanser bo’lib ro’yhatdan o’tasiz, dasturlashni, maqola yozishni, sayt yaratishni, grafika dizayneri yoki fotoshopni yaxshi bilsangiz, bu orqali pul topishingiz mumkin. Bor yo’g’i ish bajarishdan oldin, ishingizni qoyillatishingiz kerak. Shu bilan mijozlaringiz ham ko’paya boshlashadi. Qanday ish qo’lingizdan kelishidan qat’iy nazar, hammaga ish topiladi.
  6. Kaptcha terish – har xil saytlardan ro’yhatdan o’tish paytida sizdan rasmdagi so’zlarni belgilangan joyga kiritishingizni so’raydi. Ana shunday so’zlarni, harflarni terib pul topishingiz mumkin. Bu internetda pul ishlashning eng past bahodagi ish hisoblanadi. 1000 dona rasmdagi so’z yoki harflarni kiritish uchun 1-2 dollar to’lanadi.
  7. Hamkorlik qilish – bunda siz hamkorlik qilib pul topish imkonini beruvchi ishonchli saytlardan ro’yhatdan o’tasiz va u yerda har xil narsalar sotiladi. Shu tovarlarni olib, uni sotib oladigan odam qidirish sizning ishingiz hisoblanadi. Bitta sotgan narsangiz uchun 1-10 dollarga cha pul ishlashingiz mumkin. Buning uchun o’zingizning shaxsiy saytingizni yoki sotsial tarmoqlarda o’z guruhingizni ochib, sota boshlashingiz mumkin.
  8. YouTube orqali pul ishlash – buning uchun siz youtube da o’z kanalingizni yaratishingiz kerak va kanalingizga har xil qiziqarli videolarni joylashtirib borasiz. Odamlar sizning videolaringizni ko’rgani uchun va video ichida reklamaga bosib uni o’qigani uchun ham pul to’lashadi. Hozirda ko’pchili odamlar shu yo’l bilan ham pul topishmoqda. Buning uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. Kanalingizga ko’plab tomoshabinlarni jamlashingiz kerak.
  9. Photoshop orqali pul ishlash – bu dastur juda ham ommaviylashib ketdi. Hamma insonlar rasmlarini montaj qilishadi. Reklama bannerlarini tayyorlashadi. Agarda siz photoshop dasturini yaxshi biladigan bo’lsangiz, internet o’zingizning xizmatlaringizni sotishingiz mumkin. Yani, har xil reklama bannerlarini tayyorlash, rasmlarni montaj qilish, logotip yasash, sayt maketini tayyorlash va boshqalar.
  10. Fayllar almashish – bu pul topishning eng oson yo’li desam adashmayman. Agarda sizda qiziqarli, odamlarga foydali fayllar fotolar, videolar bor bo’lsa, ularni fayllar almashish saytiga joylashtirasiz va sizga shu faylni yuklab olish uchun link (fayl manzili) beradi. Shuni odamlarga tarqatasiz. Har 1000 ta yuklanib olingan fayl uchun sizga 5-10 dollar miqdorida pul berishadi. Odamlar joylashtirgan fayllaringizni qancha ko’p yuklab olsa, shuncha ko’p pul topasiz. Sizning bajaradigan ishingiz link (fayl manzili) qoldirish, ularni internetda tarqatish.
  11. Rasmlarni sotish – agarda siz fotograf bo’lsangiz, rasmga olishga qiziqsangiz, chiroyli rasmlarni jamlab, rasmlarni sotish imkonini beruvchi saytlarda joylashtirasiz va sizning rasmingizni sotib olsa, siz ham o’z pulingizga ega bo’lasiz. Rasmlaringiz juda ham chiroyli bo’lishi kerak va avval internetda umuman joylashtirilmagan bo’lishi kerak. Umuman internetda mavjud bo’lgan rasmlarni joylashtirib pul ishlayman degan hayollarni umuman boshingizdan chiqarib tashlang. Chunki bunaqangi rasmlarni hech kim sotib olmaydi. O’zingizni rasm sotib oluvchi o’rniga qo’yib ko’ring. Rasmlarni shoshmasdan, eng yaxshisini saylab sotib olasiz. Boshqalar ham shunday. Eng asosiysi rasmlarning chiroyliligiga ahamiyat bering.
  12. Bepul reklama joylashtirish saytlarida pul ishlash – bu saytlarda asosan odamlar o’ziga kerak emas narsalarni sotish orqali pul ishlashadi. Hattoki, hozirgi paytda odamlar bu yo’l bilan pul ham ishlashmoqda. Bu juda oson, yaqin odamlaringizga, do’stlaringizga kerak bo’lmagan narsalarni arzon narxlarda sotib olasiz va uni undan kattaroq pulga sotish. Bu oddiy uslub, faqat harakat qilishingiz kerak.
  13. Xitoy bilan biznes – Rossiyada bu yo’l bilan pul ishlash allaqachon ommaviylashib ketgan. Hozirgi paytda O’zbekistonliklar ham Xitoy do’konlaridan xarid qilib kelmoqda. Ba’zilari uni bir-ikki baravar ko’proq pulga sotishni uddalayabdi. Siz ham bunda o’zingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Buning uchun sizga elektron hamyon (ichida puli bilan) kerak. Faqat, bitta kamchilik bor, buyurtma qilgan narsalaringiz bir oyda O’zbekistonga yetib keladi. Shuning uchun buyurtma berayotgan paytda, ko’proq narsalarni olishga harakat qiling. Xitoy do’konlaridan narsalarni harid qilayotganingizda ularning sifatiga katta ahamiyat bering. Xitoy do’konlarida reklama qilinayotgan narsalarning rasmiga qarasangiz juda ham chiroyli ko’rinadi, shunga qiziqib buyurtma berib, uni bir oy kutib, buyurtmangiz kelganidan keyin esa, siz o’ylagan narsangizdan ham hunuk chiqishi mumkin. Xitoy do’konlaridan yaxshi narsalarni harid qilish uchun, odamlar har bir narsaga fikr qoldirishadi. Buyurtma qilib olgan narsalarning fotolarini ham joylashtirishadi. Ularni solishtiring. Eng yaxshisini va trenddagi narsalarni sotib olishga harakat qiling.
  14. Forumlarda pul ishlash – siz bor yo’g’I pul to’lanadigan forumlardan ro’yhatdan o’tasiz va odamlar bilan har xil mavzularda gaplasha boshlaysiz. Har bir yozgan fikringiz uchun forum administratorlari sizga pul to’lashadi. Faqat siz rus tilini yaxshi bilishingiz kerak. Chunki bular asosan Rossiya forumlari va eng asosiysi har xil bo’lmag’ur narsalarni, odamlarga foydasiz narsalarni yozmang. Buning uchun forum administratorlari sizga ban berishi mumkin.
  15. Infobiznes – bu eng foydali va daromadli hisoblanadi. Bunda asosan siz har xil ma’lumotlarni sotish evaziga pul ishlaysiz. Agar da siz meditsina, avtomobil, sayt yaratish, pul ishlash, biznes yaratish, dasturlash tillarini bilsangiz, barcha bilimlaringizni sotib pul topishingiz mumkin. Buning uchun o’zingiz yaxshi biladigan bitta sohani tanlab shu bo’yicha darsliklarni yaratasiz va uni sotuvga chiqarasiz. Darsliklaringiz elektron variyantida bo’ladi. Darsliklar asosan video, audio va pdf kitob formasida bo’ladi. Asosan video darsliklar ko’plab sotib olinadi. Chunki kitob o’qish ko’plab insonlar uchun zerikarli, hamma video darsliklarga o’rganib qolishgan. Eng asosiysi, tanlagan mavzuni yaxshi bilishingiz kerak. Aks holda odamlarga foydasiz narsalarni sotish evaziga, kelgusida umuman infobiznesda pul ishlab topa olmasligingiz mumkin.                                        
  16. Videolarni ko’rib pul ishlash – bu juda oson ish. Siz faqat reklama qilinayotgan videolarni ko’rib o’tirasiz va shu orqali pul ishlay boshlaysiz. Qancha ko’p videolarni ko’rsangiz, shuncha ko’p pul ishlaysiz. Faqat buning bitta minus tarafi bor, bu internet trafigi. Agar sizda internet limitsiz bo’lsa, be’malol pul ishlashni boshlasangiz mumkin. Agar da sizda internet trafik cheklangan bo’lsa, umuman bu ish bilan shug’ullanmang. Chunki internet trafigingiz tezda tugab qolishi mumkin. Pul topaman deb o’zingizning pulingizdan ayrilib qolmang!
  17. O’yinlar orqali pul ishlash – bunday pul topish yo’li hammaga yoqadi. Internetda o’zingiz yoqtirgan o’yinlarni o’ynaysiz va shu bilan birga pul ham ishlaysiz. Bunda siz bitta o’yindan ro’yhatdan o’tib, o’ynashni boshlaysiz, keyin esa o’yin ichidagi har xil rekvizitlarni sotishingiz, akkauntlaringizni sotishingiz mumkin. Yana bitta yo’li bu pul tikib o’yin o’ynash. Bunga har xil internet kazinolar, shaxsiy web saytlar orqali pul tikib o’ynaysiz. Bunda katta pul ishlashingiz mumkin va yana katta miqdorda qarzdor bo’lib qolishingiz ham mumkin. Shuning uchun eng avvalo o’zingiz yaxshilab o’ylab, barcha noqulayliklar, qiyinchiliklar, yoqimsiz taraflari hamma-hammasini yaxshilab o’ylab ko’ring keyin esa yechim qabul qiling. Aytishim mumkin-ki, hozirda har xil strategiyalar bor, shularni amalda qo’llab yaxshigina pul topayotgan insonlar ham bor. Bunday strategiyalarni qo’llagan holda o’yin orqali pul ishlash uchun sizda pul rezervi bo’lishi kerak. Rezerv qancha ko’p bo’lsa, yutish imkoniyati, pul ishlash imkoniyati ham shuncha katta bo’ladi. Agarda siz azartli bo’lsangiz, bu yo’l bilan pul topishga harakat qilmang. Ko’p pul topaman deb o’yin azartiga kirib ketib, butun dunyosini uyini, avtomobilini, pullarini yo’qotgan insonlar ham yo’q emas.
  18. Dasturlarni o’rnatish orqali pul ishlash – hozirgi paytda hammamizda android da ishlaydigan telefonlarimiz bor. Shu telefonimizga har xil dasturlarni yuklab olish evaziga siz pul ishlab topishingiz mumkin. Bunda asosan har bir yuklab olingan dastur uchun 5 rubldan 100 rublgacha pul to’lashadi. Qancha ko’p dastur yuklab olsangiz shunga yarasha pul ishlab topasiz. Eng asosiysi internet trafigingiz ko’p bo’lishi kerak, ba’zi dasturlar hattoki 100 mb gacha borishi mumkin.
  19. Saytlarni serfing qilish – bunda asosan siz shu yo’l bilan pul topish imkonini beruvchi saytlardan ro’yhatdan o’tasiz va kompyuteringizga serfing qilish uchun dasturni o’rnatib olasiz va uni ishga tushirasiz, bo’ldi. Kompyuteringiz ishlab turgan paytda va internetga ulangan holda dasturni bir marta ishga tushirasiz, dastur esa sizga avtomatik tarzda pul keltira boshlaydi. Lekin, bu yo’l bilan katta pul ishlab topishingiz mumkin deb ayta olmayman. 10-20 dollar topishingiz mumkin.
  20. Sim karta orqali pul ishlash – agarda sizda ko’p sim kartalar bor bo’lsa, bularni pul qilib olishingiz mumkin. Buning uchun har xil saytlarda, sotsial tarmoqlarda, har xil onlayn o’yinlardan shu sim karta orqali ro’yhatdan o’tasiz, keyin esa shu akkauntni sotasiz. Buning uchun ko’proq sim karta kerak bo’ladi. Asosiysi, pul topaman deb, aloqa operatorlaridan katta miqdorda qarzdor bo’lib qolmang.
  21. Anketa to’ldirish – buning uchun siz har xil savollarga javob berish orqali anketa to’ldirasiz va har bitta to’ldirilgan anketa uchun 10 rubldan 100 rublgacha pul ishlashingiz mumkin. Anketalar har oyda 5-10 bo’lishi mumkin. Buni asosiy pul topish yo’li qilib olmang. Boshqa pul topish yo’llariga qo’shimcha sifatida foydalaning.
  22. Maqolalarni sotish – agarda siz har xil mavzularga oid maqolalar yozishga qiziqsangiz, kompyuterda tez matn tera olsangiz, har xil qiziqarli maqolalarni yoza olsangiz siz bu yo’l bilan pul topishingiz mumkin. Barcha saytlar uchun qiziqarli va odamlarga foydali maqolalar juda ham kerak. Mana shu sayt egalariga siz o’z maqolalaringizni sotishingiz mumkin yoki maqolalar sotish saytidan ro’yhatdan o’tib, o’zingizning maqolalaringizni sota boshlashingiz mumkin. Eng asosiysi maqolalar foydali qiziqarli, hatolarsiz yozilgan bo’lishi, hozirgi paytda aktual bo’lgan mavzularda maqola yozishingiz kerak.
  23. Fikr qoldirish – bu yo’l bilan pul topayotgan odamlar soni juda ham ko’p. Buning uchun siz har xil narsalar haqida o’z fikringizni qoldirishingiz kerak. Masalan, siz yaqin kunlarda qanday narsalarni sotib oldingiz, qaysi kafe va restoranlar xizmatidan foydalandingiz, qanday telefon sotib oldingiz, qanday ovqat iste’mol qildingiz, bularning barchasiz haqida o’zingizning fikringizni qoldirishingiz mumkin. Odamlar sizning fikrlaringizni qancha ko’p o’qisa, har bir o’qilgan fikr uchun pul to’lashadi. Demak, qiziqarli narsalar haqida qancha ko’p fikr qoldirsangiz shuncha pul ishlashingiz mumkin.
  24. Bitcoin – hozirgi paytda bitta bitcoin narxi 15 ming dollarni tashkil qiladi. Lekin, shunga yarasha bitta bitcoinni ishlab topish ham shuncha qiyin. Buning uchun siz bitcoin pul beruvchi saytlardan ro’yhatdan o’tasiz va sizga har bir soatda satoshi berib turadi. Bularning hammasini yig’gan holda pul topasiz. Men o’z fikrimni bildiradigan bo’lsam, bu eng foydasiz pul ishlab topish yo’li hisoblanadi. Bitta bitcoin ishlab topish uchun butun umringiz yetmay qoladi. Bitcoin ishlab topish uchun har xil saytlar sizga har soatda qandaydir sonlarga ega satoshi berib turadi, bu o’zimizning ko’cha tilimizda kopeyka dir. Bir tanishimni misol qilib o’taman. Tanishim har kuni asosiy ishida bo’sh paytda bitcoin yig’ish saytlaridan satoshi (kopeyka) yig’adi. Keyin undan so’radim, shu yo’l bilan qancha pul ishlab topding desam, ikki oy ichida 9 dollar deb javob berdi. Shuncha ketgan vaqtiga achindim. Agar har bir soatda menga kelib bor yo’g’i qaleysan do’stim deb turganida shu pulni o’zim ham berardim ikki oy ichida. Bu yo’lni O’zbekistonliklar uchun umuman ravo ko’rmayman. Umuman bu yo’l bilan pul topishni hayolingizdan chiqarib tashlang. Qadrli vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang.
  25. Sayt yaratish va sotish – agarda siz web master bo’lsangiz yoki endi gina sayt yaratishga qiziqa boshlasangiz, bu yo’l daromadli hisoblanadi. Buning uchun siz sayt yaratishni bilishingiz kerak. Chiroyli, qulay saytlarni odamlarga ishlab berish orqali pul ishashingiz mumkin. Hozirda bitta sayt yaratish 500 mingdan 3 milliongacha boradi. Yana siz o’zingiz uchun sayt yaratib unga odamlarni yig’ib, qiziqarli va foydali sayt yaratsangiz va sizning saytingizga odamlar ko’p tashrif buyursa, siz saytingizda reklama joylashtirsh evaziga pul topishingiz mumkin. O’zbekistonlik yoshlarga men taklif qiladigan pul ishlab topishning eng daromadlisi mana shu deb javob beraman. Men umuman tushunmayman, bu qiyin demang, o’rganing, hammasini bir kunda o’rganishga harakat qilmang. Asta-sekin o’rganishni boshlang. Odam dunyoga kelganidan keyin mustaqil yurib keta olmaydi. Chaqaloq yurib ketishi uchun qancha vaqt kerak, yurib ketishi uchun qanday to’siqlarni yengib o’tishi kerak, necha marta yerga yiqilib o’rnidan turishi kerak. Sayt yaratishni o’rganish ham shunga o’xshash, vaqt va mehnat kerak va albatta qiziqish bo’lishi kerak.

Mana internetda pul ishlash bo’yicha tayyorlangan maqolam ham tugadi. Bu maqolani yozish uchun 3 kun vaqtim ketdi. Sababi, har bir maqola to’liq va aniq bo’lishini hoxlayman. Agar da shu ro’yhatda qaysi dir pul topish yo’li yo’q bo’lsa, hayratlanmang. Sababi, internetda pul topish imkoniyatlari juda ham ko’p. Bularning hammasini ketma-ket yozaversam, maqolam kitob holatiga kelib qoladi. Shuning uchun hozirda internetda mashxur bo’lgan pul topish yo’llari haqida yozdim. Vaqt o’tishi bilan bu maqolaning ikkinchi soni ham chiqib qolishi mumkin.

Hozircha shu, endi asosiysi har bitta yozilgan pul topish yo’li haqida har bittasiga aniq va to’liq qilib maqola yozish. Saytimni vaqti-vaqti bilan kuzatib turing. Foydali maqolalar har xaftada ikki uch marta qo’shilib turiladi. Ba’zilari undan ham kam. Chunki, har kuni be’mani, foydasiz narsalarni, saytimga maqola qo’shishim kerak degan hayollar bilan, qiziqarli emas, tushunarsiz maqolalarni qo’shishga qarshiman. Shuning uchun bitta maqola yozishga ancha vaqt talab qilinadi va natijasi ham shunga yarasha zo’r bo’ladi. Umuman olganda internetda pul ishlab topish yo’llari mana shulardan iborat. Bularning hammasini birma-bir o’qib chiqing. O’zingizga qiziq bo’lgan pul topish yo’llarini tanlang va o’z bilimlaringizni oshiring. Maqolam sizga foydali va qiziqarli bo’ldi, o’zingizga qiziqarli bo’lgan internetda pul topish yo’lini tanladingiz deb o’ylayman.

Qaysi pul topish yo’lini tanlaganingiz, yana saytimda qanday mavzuga oid maqolalar qo’shilishini hoxlaysiz, bu maqola haqida o’zingizning fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin. Sizning fikringiz men uchun muhum!

 

11 comments on “Internetda pul ishlash

    1. Arman Esimbaev Post author

      Salom Azizbek. Internetda sayt yaratishga qiziqishingiz bu kelajakda katta yutuqlarga erishishingizda yordam beradi. Chunki internet orqali hamma o’ylagan narsalaringizni amalga oshirishingiz mumkin. Faqat bunga bilim va mehnat kerak. Huddi real hayotdagidek. Ishlaringizga omad tilayman. Saytimizdagi maqolalar sizga foydasi tegadi degan umidtaman

      Reply
  1. Behzod

    Assalomu alekum ishlar bilan charchamaypsizmi men websayt yaratishga qiziqaman lekin nimadan boshlashni bilmayman iltimos amaliy yordam bering telegram +998996758792
    Xammasini bosqichma bosqich urganishni xoxlayman

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Behzod salom. Web sayt yaratish uchun darsliklarimizni ketma ketlikda bajarib borsangiz hammasini organib olasiz. Faqat vaqt kerak. Saytdagi darsimizni boshidan boshlab oqib chiqing va ozingiz ishlab koring sayt yaratishni. Bu juda oson va maqolalarda qaysi ishni va qanday bajarish kerakligini yozib qoyibmiz. Hozircha shu ishlarni bajarib turing. Vaqt topganimda keyingi darslikni chiqaraman.

      Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Elbek, sayt yaratibsiz, hursandman. Saytni rivojlantirish uchun saytingizda yangi maqolalarni qo’shib boring va sotsial tarmoqlarda guruh yaratib unga odamlarni yig’ing va saytingizdagi maqolalarni reklama qiling. Yoki pul sarflab O’zbekistonlik saytlarda reklama qiling. Tez foyda beradi… Eng asosiysi vaqt kerak. Misol uchun men yaratgan saytga kuniga 50-80 odam kiradi. Lekin, men reklama qilmadim. Faqat maqolalarni Google dan izlab kirishadi. Saytimni reklama qilishdan avval saytga foydali ma’lumotlarni qo’shish kerak. Reklama qilganingiz bilan odamlarga foydasi tegadigan narsa bo’lmasa, odamlar saytingizga qaytib kirishmaydi. Agar yaqinda sayt yaratgan bo’lsangiz, saytga foydali maqolalar video fotolarni joylab boring. Ma’lumotlar yetarli darajada bo’lsa, misol uchun 100 ta foydali maqola bo’lsa, saytni reklama qilishingiz mumkin. Agar kam bo’lsa, foydasi yo’q reklamaning. Odamlarga faqat bo’m-bo’sh saytni reklama qilgan bo’lasiz. Odamlar saytingizga qaytib kelishi uchun ularga kerakli bo’lgan ma’lumotlar bo’lishi kerak. Hozircha saytingizni maqolalar bilan boyiting. Reklama ikkinchi o’rinda. Agar foydali maqolalar bo’lsa, odamlarning o’zlari topishadi saytingizni

      Reply
  2. Umid

    Birinchi marta uz domenidagi saytda internet orqali rasm sotib pul ishlash mumkunligi yozilibdi. Ungacha umuman uchratmagan edim. Adminga rahmat. Aynan shu sohadan habari bor odam sifatida o’z fikrlarimni bildirmoqchi edim. Albatda rasm va nafaqat rasm shuningdek turli hildagi videolar(qisqa video uzunligi 10 sekunddan 50 sekundgacha), illustrator programmasida chizilgan rasmlar shuningdek qo’lda chizilgan rasmslar( agar siz klassik rassom bo’lsangiz) joylab pul ishlab olsa bo’ladi. Aynan ishlab olasiz topib emas. Chunki internetda pul huddi hayotdagidek mehnat qilib topiladi. Men jiddiy daromadni nazarda tutyabman oila boqsa uy joyga oshinsa bo’ladigan daromadni. Albatda internetda ishlash o’z qulayliklariga ega. Sizlarga agar qiziqqan bo’lsangiz bu borada bir oz ingliz tilini bilish talab etiladi va tehnik jihatdan to’gri rasmga ola bilish( ishoning men man degan 5d mark3 yoki 4 shart emas)

    Reply
  3. Umid

    Ha aytganchi chiroyli rasmlar emas haridorgir kerakli rasmlar microstock larda yahshi sotiladi. Bu soha microstock deyiladi unda pul topadiganlar stocker deb ataladi . Qanday ramlar sotilarkin deb qiziqsangiz shutterstock.com ga kirib ko’ring eng ko’p sovdoni shu sayt amalga oshiradi ( unga o’hshash saytlar juda ko’p) Bu saytdagi mashxur rasmlarni ko’rib konglingizni cho’ktirmang. Hammaga ham super modellarni rasmi kerak emas va hammaga non topiladi. Aytishadiyu karvon mingta rizqi bo’lak. Agar qiziqsangiz emailingizni yoki telegramingizni qoldiring comment da. Agar Admin bu sohaga qiziqsa yahshigina maqola yozishga yordam berishim mumkun.

    Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan