mashg'ulotlar, mashq, sport, ovqatlanish, belok, uglevod

Mashg’ulotlardan keyin qanday ovqatlanish kerak?

Agar siz mashg’ulotlardan so’ng, siz kutgan natijalarga erishishni hoxlasangiz, nafaqat mashg’ulotlarning aniq va toza bajarilishiga, balki mashg’ulotlardan keying ovqatlanish ratsioniga ham ahamiyat berishingi kerak. Mashg’ulotlardan keyin qanday ovqat yesangiz, barchasi ham sizning formangizga tasir qiladi. Bu maqolada keltirilib o’tilgan to’g’ri ovqatlanish haqidagi maslahatlar, mashg’ulotlaringizning natijaligini oshirishga va siz ko’zlagan chiniqqan formaga ega bo’lishga yordam beradi.

Bir narsani bilib olishingiz kerak, mashg’ulotlarni qanday maqsadlarda amalga oshirganingizga qarab ovqatlanish ham bir-biridan farqlanadi. Agar siz mashg’ulotlarni muskullarni katta qilish, mashg’ulotlarni muskullar vaznini oshirishga qaratgan bo’lsangiz, unda barcha mashg’ulotlarni bajarib bo’lgach, dastlabki ikki soat ichida ovqatlanishingiz kerak bo’ladi.

Demak, agar da siz muskullar massasini katta qilishni hoxlasangiz, eng yaxshisi, mashg’ulotlaringizni tugatgach, dastlabki yarim soat ichida yengil ovqat tanavvul qiling. Har kuni mashg’ulotlar bilan shug’ullanuvchi odamlarning ratsioni to’g’ri yo’lga qo’yilib olishi kerak, chunki mashg’ulotlar bajargan odamga ko’proq miqdorda qabul qiladigan ovqatlari ichida belok va uglevodlar bo’lishi kerak. Moylar miqdori esa aksincha, kamroq bo’lishi kerak. Chunki moylar belokning odam organizmiga tarqalishiga, qabul qilinishiga to’sqinlik qiladi. Siz yegan ovqatlaringizning hammasini organizmingiz muskullaringizning qayta tiklanishiga va rivojlanishiga sarflaydi

Mashg’ulotlarda sarflangan energiyani tiklash uchun tez muddat ichida uglevodli ovqatlarni tanavvul qilishingiz kerak. Eng yaxshisi, bu uglevodlarni har xil ichimliklar (spirtli ichimliklar, alkogol miqdori oz bo’lsa ham bor bo’lgan ichimliklar ko’zda tutilmagan, alkogolli va spirtli ichimliklar qat’iy ma’n etiladi), sharbatlar orqali qabul qilganingiz yaxshi.

Agar imkoniyati bor bo’lsa, uglevodlarga boy bo’lgan ovqatlarni tanavvul qiling. Masalan, guruch, non, banan, yuqori sifatli undan ishlangan makaron. Yaxshi foyda keltiruvchi va tez tayyor bo’luvchi ovqatlar, kasha, ovsyanka, grechka ham organizmingiz uchun yetarli darajada belok va uglevodlarni yetkazib beradi. Organizm uchun faqat gina 60-100 g oralig’ida uglevodlar kerak. Agar aniq xisob-kitob kerak bo’lsa 1kg og’irligingizga 1g uglevod kerak bo’ladi. Agar sizning vazningiz 60-70 kg bo’lsa, demak siz 60-70g uglevodni ovqat va sharbatlar orqali qabul qilishingiz kerak bo’ladi.

Mashg’ulotlardan so’ng har xil mevalarni iste’mol qiling, mevali sharbatlarni iching. Bu muskullaringizning ishlashi uchun juda foydali. Organizmingiz uchun kerak bo’ladigan belokning miqdori 20-30g bo’ladi. Bu beloklarni esa tovuq go’shtidan, tuxum sarig’idan, moysiz go’shtdan, moysiz sutli mahsulotlardan (sut, pishloq, tvorog), moysiz baliqlarni tanavvul qilish orqali olishingiz mumkin.

Ovqatlanish ratsionidan kofein bor bo’lgan mahsulotlarni olib tashlashingiz kerak. Bu qoidaga mashg’ulotingizning tugashidan keyin ikki-uch soat davomida amal qilishingiz kerak. Agar da bu qoidaga amal qilmasangiz, har xil mahsulotlardan organizmga kelib tushgan beloklarning hazm qilinish jarayoniga halaqd qilishi mumkin. Moylar nafaqat beloklarning organizm tarafidan hazm qilinishiga, balki uglevodlarning ham hazm qilinishiga halaqd berishi mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan