Oson pul ishlash

Oson pul ishlash

      Oson pul ishlash ga 10 fikr bildirilgan

Hozirgi paytda hamma internetda oson pul topishni o’ylaydi. Qanday qilib internetda oson pul ishlasam bo’ladi degan savollarga javob izlay boshlaydi.Bugungi maqolamda men sizlarga internetda pul topishning oson yo’llari haqida aytib o’taman. Internetda mashxur bo’lgan pul ishlash sayti hozirgi paytda internet foydalanuvchilariga pul ishlash imkoniyatini bermoqda. Deyarlik, barcha insonlar internetda pul topishni shu yo’l bilan boshlagan. Bugun men sizlarga klik bosib pul ishlash imkoniyatini beruvchi bir mashxur sayt haqida maqola tayyorladim. Sayt nomi SeoSprint deb nomlanadi. Bu saytning bunchalik darajada mashxur bo’lishining sababi, internet foydalanuvchilariga pul topish imkoniyatini yaratib berganida va odamlarning ishlab topgan pullarini vaqtida to’lashi bilan tezda internetda ommaviylashib ketdi. Hozirgi paytda bu saytdan 220 ming odam ro’yhatdan o’tgan va har kuni 3 mingdan ortiq odamlar ro’yhatdan o’tib pul ishlashmoqda. Bu saytga bir vaqtning o’zida 3 mingdan ortiq odamlar kirib, pul ishlashadi. Endi bir o’ylab ko’ring, agarda bu saytda pul ishlash mumkin emas bo’lganida, shuncha odam bu saytdan ro’yhatdan o’tib nima qiladi, har kuni 3 mingdan ortiq odamlar onlaynda nima uchun o’tiradi. Chunki, ular bu sayt orqali pul ishlashmoqda. Siz ham shular qatoridan joy egallab, bu sayt orqali pul ishlashingiz mumkin. Ko’pchilik odamlar bunaqangi saytlar orqali pul ishlab bo’lmaydi deb aytishadilar. Bunday saytlardan ro’yhatdan o’tgach oyiga bor yo’g’I 1000 rubl ishlab topsa bo’ladi deb yozishadi. Lekin, men bu gaplarning barchasiga qarshiman. Bu sayt orqali ishlab topadigan pulingizning qiymati cheklanmagan. Hammasi o’zingizga bog’liq. Aqlingizni ishga solsangiz, o’zingiz hoxlagandek natijaga erishishingiz mumkin. Bu sayt haqida salbiy fikrlarni umuman bu saytda pul ishlay olmaganlar, qandaydir natijalarga erisha olmaganlar, erinchoq, ishyoqmaslar bu saytda pul ishlab bo’lmaydi deb yozishadi. Avval, mening saytimdagi maqolalarni o’qigan bo’lsangiz, men aytib o’tgandim, internetda pul ishlashingiz uchun, siz real hayotdagidek tinmay mehnat qilishingiz kerak, ko’p o’qib, ko’p o’rganishingiz kerak, shunda gina o’zingiz istagan natijaga erishishingiz mumkin. Bugun men shu sayt haqida to’liq ma’lumot berib o’taman. Bu sayt orqali qanday qilib pul ishlash mumkin, bu saytda ishlab topayotgan pullaringizni qanday qilib ikki-uch barobarga ko’paytirish mumkinligi haqida aytib o’taman.

SeoSprint orqali pul ishlash

Seosprint sayti orqali pul ishlashni boshlagan odamlar soni O’zbekistonlik yoshlar ichida bor yo’g’i 200 odam bo’lishi mumkin. Bizlarning yoshlar bu sayt orqali pul ishlashga urinib ko’rishgan, lekin vaqt o’tishi bilan, bu saytda bir oy ishlab, oy ohirida bor yo’g’i 300 rubl pul ishlab topgan insonlarni ham ko’rganman. Bugun men sizlarga bu sayt orqali eng asosiy pul ishlab topish imkoniyatlari haqida aytib o’taman. Demak, asosiy pul ishlab topish yo’llari haqidagi maqolani boshladik.

SeoSprint saytidan ro’yhatdan o’tish uchun bu yerga bosing va siz ro’yhatdan o’tgach mening referalim bo’lasiz. Hoxlasangiz mening referalim bo’lmasligingiz ham mumkin. Menga farqi yo’q. Kim men bilan ishlashni hoxlashsa, men faqat shu insonlarga gina yordam berishim mumkin. Seosprint sayti orqali ko’proq daromad olish sirlari haqida o’rgatib turaman va ro’yhatdan mening referalim sifatida o’tgach, men sizga har bir ishlab topgan pulingiz uchun belgilangan miqdorlarda bonuslar belgilab qo’yganman va har haftada pulli konkurslarni belgilab qo’yganman. Siz mening referalim bo’lib ro’yhatdan o’tgach, siz pul ishlay boshlaysiz va bundan tashqari men tarafdan yana qo’shimcha bonuslarga ega bo’lasiz. Agar siz mening referalim bo’lsangiz, sizning hisobingizdan hech nima ketmaydi. Siz mening referalim bo’lganingiz uchun sayt administratorlari menga bonus beradi, men esa bu bonusni siz bilan birgalikda bo’lishaman. Demak, eng avvalo saytdan ro’yhatdan o’tishdan oldin, sizda Webmoney elektron hamyon bo’lishi kerak, Qiwi bo’lsa ham bo’laveradi, agar elektron hamyonni qanday ochishni bilmasangiz shu maqolaga o’z fikringizni, savolingizni jo’natishingiz mumkin va men sizning har bir savolingizga maqola tayyorlab, sizning savolingiz bo’yicha katta aniq va to’liq bir maqola yozib tayyorlayman. Agar da sizda elektron hamyon bor bo’lsa unda juda ham yaxshi, pastdagi bannerga bosib ro’yhatdan o’ting.

SEO sprint - Всё для максимальной раскрутки!

Seosprint saytidan ro’yhatdan o’tish uchun yuqoridagi bannerga bitta klik bosing va siz shu saytga kirasiz. Keyin esa saytning o’ng tarafida Регистрация ro’yhatdan o’tish tugmasini bosasiz va Ismingizni, E-mail manzilingizni kiritasiz va rasmdagi ko’rsatilgan harflarni belgilangan katakchalarga yozganingizdan keyin Продолжить davom etish tugmasini bosasiz. Undan keyin esa sizga saytdan ro’yhatdan o’tishdan oldin sayt qoidalari haqida savollar berishadi. Ularga javob berishingiz uchun shu saytning butun qoidasini o’rganib, o’qib chiqishingizga to’g’ri keladi. Bunga ko’p vaqtingizni sarflamasligingiz uchun pastda ro’yhatdan o’tishda sizga beriladigan savollarning to’g’ri javoblari varianti ko’rsatilgan rasmni joylashtirdim. Shu rasmdagidek qilib savollarni belgilang va ro’yhatdan o’ting.

seosprint javoblari

 

Saytdan ro’yhatdan o’tib bo’lgach, sayt sizga loginingiz, E-mail manzilingiz, saytga kirish uchun parolinigiz va PIN kod raqamlarini eslab qoling deb xabar ko’rsatadi. Bularning hammasini yozib oling. Bu ma’lumotlar saytdan ishlab topgan pullaringizni elektron hamyoningizga yechib olish vaqtida va saytga kirib pul ishlash vaqtida kerak bo’ladi. Keyin esa E-mail manzilingiz va kodni kiritib saytga kirasiz, keyin esa shaxsiy profilingizga kirib, Webmoney yoki Qiwi elektron hamyoningizni kiriting, telefon raqamingizni kiriting, bundan keyin sizning telefon raqamingizga sms keladi, sms da ko’rsatilgan kodni kiritganingizdan keyin, saytdan ro’yhatdan o’tishda sizga berilgan PIN kodni kiritib barcha o’zgarishlarni tasdiqlaysiz. Endi esa siz sayt orqali pul ishlashni boshlashingiz mumkin. Bunday amallarni bajarishingizning sababi, akkauntingizni yo’qotib qo’ymasligingiz uchun va shu sayt orqali ko’proq pul ishlab topish uchun shunday qilishingiz kerak.

Demak, aytaylik siz saytdan ro’yhatdan o’tdingiz, saytga kirganingizdan keyin, saytning chap tarafida Заработать pul ishlash bo’limi bor. Ularning ichida saytlarni serfing qilish, xatlarni o’qish, savollarga javob berish kabi pul ishlab topish imkoniyatlari mavjud. Bularning hammasini miyyangizdan chiqarib tashlang. Bu yo’llar bilan siz bu saytda umuman hech narsa ishlab topa olmaysiz. Asosiy e’tiboringizni Выполнение задании buyruqlarni bajarib pul ishlash bo’limiga qarating. Bu bo’limda odamlar sizga har xil buyruqlarni, ishlarni taklif qilishadi. Masalan, siz Google da belgilangan bir savolni kiritib, buyruq beruvchi odamning saytiga o’tasiz, saytdagi bir-ikkita mavzularini ochib ko’rasiz va keyin saytdagi reklamaga bitta klik bosib o’tasiz. Keyin esa sizga shu ishlaringiz uchun 2 tsentdan 100 dollargacha pul to’lashadi. To’lanadigan pulning qiymati qancha ko’p bo’lsa, bu ishni bajarish vaqti va qiyinchiliklari ham ko’p bo’ladi.Shuning uchun eng avvalo o’rtacha narxlardagi buyruqlarni bajaring. Agar siz rus tilini yaxshi bilsangiz, saytda be’malol pul topib ishlashingiz mumkin. Agar siz rus tilini yaxshi bilmasangiz, unda siz bu sayt orqali pul topa olmasligingiz mumkin, chunki bu saytdagi barcha ishlar qanday bajarilishi kerakligi faqat rus tilida yozilgan.

Referallar orqali pul ishlash

Bu SeoSprint saytining eng yoqimli pul ishlab topish bo’limi hisoblanadi. Aytishadi-ku, 100 rublni o’zing ishlab topguningcha, 1 rubldan pul ishlab topadigan 100 ta odaming bo’lsin deb. Bu saytdan ro’yhatdan o’tgach, sizga referallarni chaqirish imkonini beruvchi maxsus link beriladi. Shu link orqali odamlar saytdan ro’yhatdan o’tsa, bu odam sizning referalingiz hisoblanadi. Agar sizning referalingiz 100 rubl  ishlab topsa, sizga sayt administratorlari 10 rubl to’lashadi, Endi o’ylab ko’ring, sizda 100 referal bor ularning har biri kuniga 100 rubldan pul ishlashsa, siz 1000 rubl egasiz bo’lasiz, endi o’ylab ko’ring sizning referallaringiz soni 200-500-1000 ta ham bo’lishi mumkun va siz shuncha pul ishlab topishingiz mumkin. Bir qarashda aytish oson, lekin bunday darajadagi referallarni topish uchun tinmay mehnat qilish kerak, o’zingiz o’rganishingiz kerak va boshqalarga ham o’rgatishingiz kerak. Agar siz pastdagi bannerga bosib ro’yhatdan o’tib, mening referalim bo’lsangiz, men sizga shu sayt orqali qanday qilib ko’proq pul ishlab topish mumkun, qanday qilib referallarni yig’ish kerakligi haqida o’rgatib boraman va kunlik, haftalik va oyik bonuslar bilan ta’minlayman. Siz qancha ko’p ishlasangiz, shunga yarasha bonusga ham ega bo’lasiz. Saytdan ro’yhatdan o’tish uchun pastdagi bannerga bitta klik bosing. Agar da sizda ro’yhatdan o’tish bo’yicha, sayt orqali pul ishlash haqida, elektron hamyon ochish haqida qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, be’malol o’z fikrlaringizni shu maqola ohirida qoldirishingiz mumkin. Barcha savollaringizga javob beraman va shu sayt orqali pul ishlashni o’rgataman. Mening referallarim uchun esa qo’shimcha bonuslar ham bor.

SEO sprint - Всё для максимальной раскрутки!

10 comments on “Oson pul ishlash

    1. Arman Esimbaev Post author

      Agar siz shu saytdan ro’yhatdan o’tgan bo’lsangiz, saytning chap tarafida balans ko’rinib turadi. Bu pullarni siz elektron hamyoningizga o’tkazib olishingiz mumkin. Agar sizda elektron hamyon yoq bolsa, unda hamyon ochishingizga to’g’ri keladi. Bu internetdagi saytlardan ishlab topgan pullaringizni yig’ib olishingiz, o’zingizning hisobingizga o’tkazib olishingiz uchun

      Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Salom Izzat. Elektron hamyon ochish uchun ularning saytiga kirib ro’yhatdan o’tish kerak. Buning uchun sizga telefon raqamingiz Email kerak bo’ladi. Webmoney hamyon ochish uchun webmoney.ru saytiga kirib ro’yhatdan o’tasiz. Bo’ldi. Agar qiwi hamyon kerak bo’lsa qiwi.ru saytidan ro’yhatdan o’tasiz. Bu juda oson. Ro’yhatdan o’tish (регистрация) tugmasini bossangiz, keyin nima qilishingiz kerakligini saytning o’zi ko’rsatib turadi. Internetda pul topishni istasangiz eng avvalo hamyon ochib oling. Topgan pullaringizni o’sha hamyonga yig’ib borasiz. Eng asosiysi hamyon bitta telefon raqamiga bir marta gina ochiladi. Shunning uchun o’zingizning telefon raqamingizdan ro’yhatdan o’ting va telefon raqamingizni yo’qotib qo’ymasligingiz kerak. Aks holda ichidagi barcha pullaringizdan ayrilib qolishingiz mumkin. Yoki uni qayta tiklash uchun bir haftadek vaqtingiz ketib qoladi. Chunki har bir bajarilgan amal uchun (pul to’lash, pul o’tkazish, saytga kirish) telefon raqamingizga raqamli kod kelib turadi. O’shani kiritib turishingiz kerak. Hamyon uchun qo’yilgan parolingiz ham qiyiniroq bo’lsin. Aslo, oson turdagi parollarni qo’ymang, masalan 12345678 yoki tug’ilgan yilingiz oyingiz. Iloji boricha har xil harflarni qo’shing, bunday oson parollarni programmalar oson gina topishi mumkin. Masalan KaK.Uz95kAk.uZ mana shu parolni hech qanday programma topa olmaydi. Shunga ahamiyat bering. Kichik va katta harflar va sonlardan iborat parol qo’ying. Bu hamyoningizdagi pullardan ayrilib qolishning oldini oladi. Ishlaringizda omad tilayman! Javob tushunarli va foydali bo’ldi deb o’ylayman. Savollaringiz bo’lsa, be’malol javob berishga tayyorman.

      Reply
  1. Izzat

    Salom Arman Esimbaev! Avvalo uzr so`rayman mavzuga doir savol bermaganim uchun va savolim javobsiz qolsa ham hafa bolmayman. Mani qiziqrirgan masala Youtube-da videoni ko`rganlar soniga qarab pul ishlanadi, ammo ishlangan pulni qanday olsa bo`ladi yoki bu pullarni qanday qilib yechib olsa bo`ladi alohida kartalari bormi?

    Reply
  2. Kozimjon

    Salom Arman Esimbayev. Men seosprint saytidan ro’yhatdan o’tdim. Lekin men parolni bilmayapman. Telefonimga parol va pin-kod bo’yicha sms keldi. Keyin e-mail va parol kiritsam parol xato deyapti. Iltimos menga yordam bersangiz. Yana qanday ishlarni amalga oshirishim kerak.

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Boshida sizga kelgan parol va loginingizni to’g’ri terishingiz kerak bo’ladi

      Reply
  3. Asliddin Tuxtaev

    Salom. Ana shu Seosprint ga o’xshash yoki v-like ga uxshash saytni uzb ga yaratsa bulmaydimi? Uzbda ishlatib bulmaydimi yoki buni kupchilik tushunmaydimi?

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Ozbekistonda ishlasa boladi buning uchun bank hisob raqam ochish va tadbirkor sifatida royhatdan otish kerak keyin saytni kuchli qilib yaratish kerak texnik tarafini. Hullas ishi kop shuning uchun bunga qol urishmayabdi bizlarda

      Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan