Oson pul topish yohud boy bolish sirlari

Oson pul topish yohud bir kunda boy bo’lish

Hozirgi paytda internet orqali pul topish, asosan ko’proq pul ishlashga qiziqadigan odamlar soni juda ham ko’payib ketdi va har kuni internetga kirganidan keyin, har xil reklamalarda ko’rsatilayotgan oson pul topish yo’llari yohud bir soat ichida 100$-500$ pul ishlab topish mumkin degan reklama bannerlarining ustiga bosib, kirib ko’rishadi. Kimdir esa, o’sha saytlar vada qilgan pullarni ishlab topishga harakat qilishadi. Lekin, pul to’lashga kelgan paytda esa, hech narsasiz qolib ketganlar soni ancha. Faqatgina sarflangan qimmatbaho vaqti qoldadi holos. Bugungi maqolada siz internet orqali qancha pul ishlab topish mumkin, bunga qancha vaqt ajratish kerak va qaysi yo’l bilan pul topish biz va siz uchun foydali ekanligi haqida gaplashamiz.

Hozirda internet orqali pul topish imkonini beruvchi saytlar soni juda ham ko’payib ketdi. Hamma bunga qiziqib, pul ishlashga kirishib ketganlar. Hozirgi paytda internetda buyruqlarni bajarish, sotsial tarmoqlarda guruhlarga qo’shilish, like bosish, Youtube sayti orqali pul ishlash juda ommalashib ketgan. Bu yo’l bilan pul ishlab topish mumkin, lekin ishlab topish mumkin bo’lgan pul narxini hisoblab ko’rishga hech kim qiziqib ko’rmagan, faqatgina pul ishlashni boshlab yuborgan.

Misol uchun buyruqlarni bajarish evaziga, sizga 0,5-3 rubl pul to’lashadi. Agar siz 3 rubllik buyruqlarni bajarmoqchi bo’lsangiz, unda deyarlik 5-10 daqiqa vaqtingizni sarflaysiz. Agar 0.50 rubllik buyruqlarni bajarmoqchi bo’lsangiz, unda kamida 3-5 daqiqa vaqtingiz sarflanadi. Shu tariqa siz buyruqlarni bajarsangiz, reklamalardagi o’sha vada qilingan ko’p pulni siz ishlab topishingiz mumkin deyilgan. Engi eng qizig’i shundaki, hamma shu buyruqlarni bajarib, sotsial tarmoqlarda guruhlarga qo’shilib, like bosish orqali pul ishlashga kirishib ketadi. Bunday ishlarni har kuni bir necha soatlab bajaravergach odam charchaydi. Ertasi kuni, charchash tufayli qo’li unchalik ishga bormaydi. Bir oy o’tgach esa ishlab topgan pullarini hisoblab qarasa, kompyuter uchun sarflangan elektr energiyasiga va o’zi uchun bitta Pepsi va Lavashga yetadigan pul ishlab topgan bo’ladi. Endi esa bu inson yanada ko’proq pul ishlashni hoxlab qoladi va o’ziga referallarni izlay boshlaydi. U ham reklamalardagidek ko’p pul vada qilib odamlarni shu saytga jalb qiladi va ular topgan pullardan foyiz olib o’tirishadi. Lekin vaqt o’tgach taklif qilgan odamlari ham bir oylik topgan pulini hisoblab qarashsalar, tepada aytib o’tilgan narsalarga gina puli yetishini bilib qolishadi. Keyin esa ularning ayrimlari referral qidirishadi, ayrimlari esa ko’p pul ishlash ishtiyoqi bilan kelgan insonlar, saytni tark etishadi va internet orqali pul ishlash haqidagi tasavvurlari o’zgarib ketadi va boshqalarga ham internetda pul ishlash imkoni yo’qligi haqida va bir oy ichida o’zi ishlab topgan pulini aytishadi va ko’pchilik internet orqali pul topishdan bosh tortishadi. Endi har xil buyruqlarni bajarish orqali qancha pul topishingiz mumkinligini hozir barchasini ochiqchasiga hisoblab beraman.

Bitta buyruqni bajarish uchun eng kamida 5 daqiqa ketadi. Bitta buyruq uchun to’lanadigan pul esa 0.5-3 rubl. Bir soatda 60 daqiqa bo’lsa, bitta buyruqni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni bo’lamiz.

60 daqiqa / 5 daqiqa = 12. Demak, biz bir soat ichida 12 ta buyruqni bajarishimiz mumkin ekan. Endi shu bir soat ichida qancha bul topishimiz mumkinligini hisoblaymiz.

12 * (0.5-3rubl) = 6-36rubl.

O’rtacha 1 soat ichida 30 rubl topadigan bo’lsangiz, buyruqlarni bajarish uchun kuniga 2 soat vaqtingizni ajratsangiz umumiy ishlab topgan pulingiz 60 rubl yani 9000 ming sum hisoblanadi. Har kuni bir oy davomida 2 soat ishlab tursangiz bir oyda  1800 rubl yani 270 ming sum pul ishlab topishingiz mumkin. Agar saytga referallar yig’sangiz va ko’proq vaqt ajratib, ko’proq buyruqlarni ishlasangiz, bir oyda 400-500 ming sum ishlab topishingiz mumkin. Bularning hammasini hisoblab chiqish juda oson. Ba’zilari oyiga 300-500 ming sum ishlab topsa bo’larkan deb qiziqib, pul ishlab ko’rishi mumkin. Lekin, bu ish oson emas. Sabr kerak, chidashingiz kerak va har kuni buyruqlarni bajarishingiz kerak. Bir kun ishlamay qolsangiz, oy ohirida pulingiz kamayib qolishi mumkin. Ishlasangiz pul topasiz, ishlamasangiz pul yo’q. Kimdur, referallarni yig’ish orqali pul topaman deyishi mumkin. Lekin, referallar qancha vaqt bunaqa ishlarni ishlashi mumkin. O’zingizchi? O’zingiz qancha vaqt shu orqali pul ishlab topishingiz mumkin?

Bazi insonlar bu saytlar orqali mo’maygina pul ishlashmoqda, bular vaqtida aqlini ishlatganlar, ular saytda buyruqlarni bajarib pul ishlashmagan, ular o’zlarining pullarini tikib, referal yig’ishga sarflashgan, investitsiya qilishgan, hozirda esa ularda kamida 3000 ta referallar bor va ular har kuni 500-1000 rubl pul chiqarib olishadi. Faqat gina aqlini ishlatib, investitsiya kiritib, referallar yig’ish bilan shug’ullanganligi uchun.

Siz ham o’zingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Ishlab ko’ring, agar uddalasangiz pul topishingiz mumkin. Faqat siz ham aqlingizni ishlating.

Sayt orqali pul ishlash

Internetda passiv daromadga ega bo’lishning eng ishonchli yo’llaridan biri bu internetda o’zingizning shaxsiy web saytingizni ochish, uni rivojlantirish va ommaviylashtirishingiz kerak. Keyin esa, saytingizda reklamalarni joylashtirish orqali pul ishlashingiz mumkin. Bu yo’l orqali hozirda ko’pchilik insonlar pul ishlashmoqda. Faqat oldindan aytib qo’yish kerak-ki, internetda shaxsiy web saytingizni yaratganingizdan keyin, sayt orqali tez orada pul ishlab topishingiz mumkin emas. Sababi, siz boshida saytingizni rivojlantirib olishingiz kerak, saytingizga har kuni yangi maqolalarni qo’shib turishingiz kerak bo’ladi. Saytingizga qancha ko’p foydalanuvchilar kirsa, shunga yarasha reklama orqali pul ishlashingiz mumkin. Lekin, saytingizni shunday darajaga yetkazish uchun esa, bir-ikki yil vaqt sarflanadi.  Shu vaqt ichida siz saytingiz orqali hech qanday pul ishlab topa olmaysiz. Faqat gina siz pul sarflaysiz. Ha, internetda saytingizni yaratish uchun pullik domen va hosting sotib olishingizga to’g’ri keladi. Keyin esa, iloji boricha har kuni saytingizga foydali, qiziqarli ma’lumotlarni kiritib borishingiz kerak.

Saytingizdan foydalanuvchilar soni ko’paygandan keyin esa, har kuni  300-500 ta foydalanuvchi kirib tursa, siz reklama joylashtirasiz va shu reklama orqali sizning saytingiz pul keltirib turadi va bu passiv daromad hisoblanadi. Yani, siz boshqa ishlaringiz bilan shug’illanayotgan paytingizda, uhlayotgan paytingizda ham saytingiz ishlab turadi, saytga joylashtirilgan reklama esa sizga passiv daromad keltirib turaveradi. Faqat bu darajagacha erishish uchun esa, yuqorida aytib o’tilgan 1-2 yil davomida tinmay mehnat qilishingiz kerak. Har kuni saytingiz uchun 2-3 soat vaqtingizni ajratib, saytingizga yangiliklar qo’shib borsangiz, saytingizni ommaviylashtirish uchun reklama qilib tursangiz, vaqt o’tib siz ham saytingiz orqali pul ishlashingiz mumkin. Bitta sayt  bir oyda 1 mln – 5 mln gacha pul keltirishi mumkin. Bu darajaga qanday qilib erishishni esa, birgalikda bajaramiz. Agar internetda sayt yaratib, shu saytingiz orqali pul ishlashni hoxlasangiz, unda bizning saytimizda qanday qilib WordPress CMS da sayt yaratish mumkinligi haqida ketma-ketlikdagi darslar mavjud. Shu darsliklarni ketma-ketlikda o’rganish va bajarish orqali siz o’zingizning saytingizni yaratishingiz mumkin. Yoki sayt yaratishni hoxlamasangiz yuqorida aytib o’tilgan buyruqlarni bajarish orqali pul ishlashingiz mumkin. Qaysi yo’ni tanlaganingiz haqida pastda o’z fikringizni qoldirishingiz mumkin.

Qaysi yo’lni tanlash o’zingizga bog’liq. Faqat bugungi kuningizni o’ylab, o’zingizni, qimmatbaho vaqtingizni arzonga sotib qo’ymang!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan