Oson pul topish

Oson pul topish

      Oson pul topish ga 1 fikr bildirilgan

Internetda oson pul ishlash, yohud tez boy bo’lish, o’ziga yetarli darajada pul topish va asosiy ish o’rnidan bo’shab, uyda o’tirib hoxlaganicha internet orqali o’ziga kerakli bo’lgan mablag’ni yechib olib, hech qanday cheklovlarsiz hoxlagan narsalarni harid qilib, dunyo bo’ylab sayohat qilib, eng so’ngi markadagi mobil telefon sotib olib, odamlarga armon bo’lgan avtomobillarda sayir qilib, huddi kinolardagidek hayot surishni izlab yurgan insonlar uchun bu maqola ayni muddao bo’ladi.

Agar siz internetda pul ishlashga qiziqadigan bo’lsangiz, har kuni internetdan foydalanadigan bo’lsangiz, internetda oson gina tez vaqt ichida pul topishingiz mumkin, uning uchun hech qanday qiyin ishlarni bajarish shart emas, bor yog’i kuniga bir ikki soat vaqtingizni ajratsangiz bo’ldi, oyiga 200-500$ ko’kidan pul ishlashingiz mumkin va hech qanday cheklo’vlar yo’q, qancha pul ishlashingizni o’zingiz belgilaysiz, qancha pul kerak bo’lsa, hoxlaganingizcha ishlab topishingiz mumkin, bu ishlarni hattoki maktab o’quvchisi ham uddalay oladi, agar mening gaplarimga ishonmasangiz videorolikni ko’rsangiz, odamlar qanday qilib tez vaqt ichida real hayotingizdagi oylik maoshingizni bir hafta yoki 10 kun ichida ishlab topishingiz mumkin va vaqt chegaralanmagan, hoxlagan paytingizda saytga kirib, pul ishlashingiz mumkin degan reklamalarni uchratganingiz mumkin va albatta bunday reklamalarni ochib, o’qib ko’rgan bo’lishingiz ham mumkin.

Agar o’qib ko’rmagan bo’lsangiz, banner reklamalarini ko’rgan bo’lishingiz yoki Youtube kanalida pul ishlayotgan odamlarning videolarini ko’rgan bo’lishingiz mumkin. Bunday reklamalar hammaning diqqatini tortishi aniq. Men ham vaqtida bunday reklamalarni o’qib, har bittasini ko’zdan kechirib, pul ishlashga harakat qilib ko’rganman, nima deb o’ylaysiz, men reklama qilayotgan odamlarning aytishlaricha ular va’da qilgan pullarni ishlab topdimmi? Albatta yo’q va yana bir marotaba yo’q! Agar men bu pullarni ishlab topganimda sizga bu maqolani yozmasdim. Ha aynan siz uchun bu maqola tayyorlandi. Agar siz internetda pul ishlashga qiziqayotgan bo’lsangiz, yoki endi gina bu haqida ma’lumot olayotgan bo’lsangiz, internetda oson pul ishlashning iloji yo’q. Bor deb aytishim mumkin, agar sizda katta mablag’ bor bo’lsa, misol uchun 200-300 ming sum, bu pullarni tez orada 300-500 ming sum qilib qaytarib olishingiz mumkin va shuningdek bu pullarni tez orada yo’qotishingiz ham mumkin. Bunday yo’l bilan pul ishlash katta risk yaratadi. Bu yo’l bilan, tez orada pul ishlashingiz yoki tez orada pullaringizdan ayrilib qolishingiz mumkin. Hozirda internetda tez pul ishlash yo’lini reklama qilib, odamlarga o’rgatayotgan odamlar, mana shunday yo’l bilan pul ishlashni sizga taklif etishmoqda.

Ba’zi bir insonlar esa, asta-sekinlik bilan, pul ishlab, daromadingizni ko’paytirish yo’llari haqida videolarni tayyorlab, odamlarni o’z to’riga ilintirmoqda. Bugun siz internet orqali “Oson pul topish” mavzusiga oid barcha ma’lumotlarga ega bo’lasiz va men yo’l qo’ygan hatoliklarim haqida va kelajakda odamlar qanday hatoliklarga yo’l qo’yishi mumkinligi haqida barchasini aytib o’taman. Demak, boshladik.

Agar saytimdagi barcha maqolalarni o’qib chiqqan bo’lsangiz, ko’zingiz saytimdagi “oson pul ishlash” degan nomli maqolani o’qigan bo’lishingiz mumkin. Agar o’qimagan bo’lsangiz, tanishib chiqishingiz mumkin. Shu maqolada men internetda oson pul ishlash haqida aytib o’tganman va bitta saytni reklama ham qilganman. Yohud bu saytdan ro’yhatdana o’tgach, siz osongina pul ishashni boshlashingiz mumkin va topgan pullaringizni tez orada o’zingizning elektron hamyoningizga yechib olishingiz va men ham shu sayt orqali pul ishlayotganim haqida yozganman. Afsuski, bunga ishonib, reklama qilgan saytdan ro’yhatdan o’tib, pul ishlashni boshlagan insonlar soni yetarlicha. Men bunaqa bo’ladi deb o’ylamagandim ham. Ro’yhatdan o’tgan insonlar menga bu saytda pul ishlash juda qiyin, ko’p vaqt sarflash kerak va har bitta bajarilgan ish uchun kam pul to’lanadi, nimaga siz bu saytda oson pul ishlash mumkin deya yozib qo’yibsiz degan savol bilan menga murojat qilishlarini ko’p vaqt kutdim, aksincha mendan tezroq pul ishlash yo’lini o’rgating, qancha pul ishlab topdingiz, menga ham o’rgating pulini beraman degan savollarni o’qidim.

To’g’risi, agar men bunday savollarni o’qishimni hoxlamasam, bu maqolani yozmasligim kerak edi, yoki odamlarni aldamasligim kerak edi deyishingiz mumkin edi. Lekin, men buni sinab ko’rmoqchi edim va bir narsani tushundim. Odamlar ishonuvchan, men yozgan maqolalar qanday darajada to’g’riligi haqida o’ylab ko’rishmadi, tekshirishmadi ham. Faqat gina oson pul ishlash degan mavzuni o’qida va tez pul ishlash ilinjisida pul ishlashni boshlashdilar. Men, u saytdagi akkauntimni o’chirib tashladim. Chunki oson pul ishlash ilinjisida yurgan ro’yhatdan o’tgan odamlar soni ortib borayotganini ko’rdim. Odamlarni aldashga vijdonim yo’l qo’ymadi. Agar kimningdir menga bo’gan ishonchi yo’qolib, meni yomon ko’rib qolgan bo’lsa, hammagizdan uzr so’rayman. Hayot shunaqa, kimdir aldaydi, kimdir ishonib, tengsiz qimmatbaho vaqtini sarflaydi. O’sha saytdan pul ishlash uchun ro’yhatdan o’tgan insonlardan men uzr so’rayman, bundan ham yomonro’q bo’lishi mumkin edi. O’sha maqola sizni sinash uchun yozilgan edi. Afsuski, ba’zilari bu sino’vdan o’ta olmadi. Bir tarafdan menga ishonib o’sha saytdan ro’yhatdan o’tganingiz uchun ham rahmat. Hozir esa bor haqiyqatni yozaman.

Bu sayt va shunga o’xshash saytlarning hammasi, vaqt o’g’risidir. Bunaqangi saytlardan ro’yhatdan o’tgach siz pul ishlashni boshlaysiz va sizga har bir bajarilgan ish uchun 1-2 rubl to’lashadi bu 150-300 sum degani. Bu pullarni ishlab topgach, bunga qancha vaqtingiz ketgani va elektr energiyasi, ko’zingiz toliqqanini aytmasam ham bo’ladi, internetga ketgan megabaytlaringizni bir hisoblab ko’ring. Ho’sh hisobladingizmi, agar hisoblamagan bo’lsangiz, men aytaman siz minusdasiz, siz pul topaman deb pul yo’qotdingiz. Internetda pul ishlash imkonini beruvchi saytlarning barchasi ham shunday. Hozirda O’zbekistonlik internetda pul ishlayotgan odamlar bor shu saytlarda. Ularning qanday qilib pul ishlayotgani haqida aytadigan bo’lsam, sizga o’xshagan ishonuvchan odamlarni, har xil pul ishlash imkonini beruvchi saytlardan ro’yhatdan o’tishni taklif qiladi va siz orqali pul ishlashadi. Ular ishlab topayotgan pullarni sizdan olmaydi. Sayt egalari siznin o’sha saytga taklif qilgani uchun ularga pul berishadi. Ya’ni men birinchilardan bo’lib saytdan ro’yhatdan o’tgan bo’lsam, men refererman (boshqa odamlarni saytga chorlo’vchi va odamlarga qanday pul ishlash kerakligini o’rgatadigan oddiy inson), agar siz men taklif qilgan saytdan o’tgan bo’lsangiz, siz mening referalimsiz (sizning boshlo’vchingiz, o’rgatuvchingiz). Keyin esa men sizga pul ishlashni o’rgataman, bunday qilin, bunday ishlarni bajarsangiz ko’proq pul ishashingiz mumkin deyman. Siz esa ishonib, ish bajarasiz, topgan pulingizdan men sayt egalaridan foiz olib o’tiraman. Agar men o’sha saytga 100 odam taklif qilsam va har bir inson kuniga 10 rubl pul ishlasa men har biridan 1 rubldan olib o’tiraman. Yani kuniga 100 rubl sizlarni saytga taklif qilib, siz ishlab topgan puldan olib o’tiraman. Bu bilan sizning pulingiz kamayib qolmaydi, pulni sayt egalari berishadi. Qancha ko’p odamlarni taklif qilsam, shuncha pul ishlayman. Mana, nima uchun odamlar internetda pul ishlash oson, keling, ro’yhatdan o’ting, o’rgataman deydi. To’g’ri bu yo’l bilan ham pul ishlasa bo’ladi va ko’proq vaqt kerak. Odamlarni ishontirib, o’rgatishim kerak. Agar siz bu yo’l bilan pul ishashni hoxlasangiz, saytimda bu haqida maqolalar qo’shib boraman.

Yuqoridagilardan siz nima uchun odamlar pul ishlashni taklif qilayotganlarini, qancha pul ishlashingiz mumkinligi haqida bilib oldingiz. Agar sizga bunday pul ishlash yo’qadigan bo’lsa, be’malol ish boshlashingiz mumkin. Agar da siz, ko’proq pul ishlashni hoxlasangiz, vaqtingiz yetarli bo’lsa, bir-ikki yil vaqtingizni sarflab oyiga 3000-5000 rubl (450-750 min sum) pul ishlashni hoxlasangiz va buning uchun boshlanishiga o’z hamyoningizdan pul chiqarib, va’da etilayotgan pulga erishish uchun harakat qilishni hoxlasangiz, unda bu maqolani o’qishni davom ettiring.

Internetda pul ishlashning eng asosiy yo’li – sayt yaratish!

Bu-haqiqat! Hozirgi paytda chet davlatlari, misol qilib Rossiyaliklarni olaylik, ularda ishsizlar soni juda ham ko’p, sababi ularning xalqi ham ko’p. Ular ish topishdan qiynalgach, internet orqali pul ishlashga harakat qilishdi va albatta ular buning uddasidan chiqishdilar. Hozirgi paytda Rossiyaliklarning deyarlik 70 foizi internet orqali o’z bizneslarini rivojlantirmoqda. Real hayotdagi biznesini internet orqali keng ommaga tarqatib, biznesining rivojlanishiga, ko’proq foyda olishi uchun internetdan foydalanishmoqda. Hattoki, oddiy maktab o’quvchisi ham internet orqali pul ishlashmoqda. To’g’ri maktab yoshidagi bolalarning ko’pchiligi yuqorida aytib o’tilgan, tez orada boyib ketish, ko’p pul ishlash mumkin nomlli reklamalar orqali saytlardan ro’yhatdan o’tib, oyiga 2000-3000 pul topishmoqda. Ha, ularda vaqt ko’p! Asosan, vaqtini internetda o’tkazmoqda. Lekin, vaqt o’tishi bilan, ularning ichidan mashxur sayt egalari ham chiqadi. Sababi, ular har doim harakattadir. Har biri kelajakda katta biznes boshlash, qo’shimcha daromad topish ilinjisida, internetni o’rganishmoqda, odamlar qanday yo’l bilan pul topishini o’rganishmoqda va o’zlari ham buni sinab ko’rishmoqda. Yuqoridagi aytilgan saytlar orqali siz katta pul topa olmaysiz, lekin ular bu saytlarda pul ishlashmoqda, referallarni chaqirib, pul ishlashmoqda. Boshida ozgina pul topishi mumkin. Lekin, eng asosiysi, o’sha saytlardagi buyruqlarni bajarib pul topayotib, buyruqlarni beruvchilar uchun bu nima foyda beradi degan qiziqish bildirib, ularni o’rganib chiqishmoqda. Aniq qilib aytadigan bo’lsam, oddiy klik bosib pul ishlash imkonini beruvchi saytlarga kirsangiz, uning ichida har xil buyruqlar bor. Ularning ichidagi ba’zi birlarini misol tariqasida keltirib o’taman. Klik bosib pul ishlaydigan saytga kiring va faqat klik bosib pul topadigan buyruqlarni izlab toping, bu oson.

Keyin reklama egalari Google, Yandex izlash sistemalariga kirib mening saytimga kiring va saytimdagi reklamaga bitta klik bosib, o’sha saytga o’ting deyishadi. Shu ishni bajargach siz ishni bajarganingiz uchun 1-2 rubl berishadi, ba’zilari 0,20-0,70 rubl berishadi. Endi o’ylab ko’ring. Sayt egasi sizga reklamasini bitta klik bosib, o’tganingiz uchun sizga 0,20-2 rublgacha berishadi, o’zlari esa buning evaziga 3-5 rubl olishadi. Sizga esa bu pullarning bir parchasini berishadi. Bundan ko’rinib turibdi-ki, sayt egalari ko’proq pul ishlashadi. Klik bosib pul ishlash saytlardan ro’yhatdan o’tib katta pul ishlashning asosiy ma’nosi shunda. Rossiyaliklar buni allaqachon payqashdi va har biri o’zlarining saytlarini ochishdi. Vaqt o’tib, saytiga foydalanuvchilar tashrif buyurganidan keyin, ular saytiga reklama joylashtirishadi va yuqoridagi klik bosib pul ishlash saytlariga o’zlari vaqtida ishlagan buyruqlariga o’xshash buyruq yaratib, sizga reklama orqali topayotgan pullarining bir qismini berishadi. O’zlari esa, ko’proq pul ishlashadi. Ba’zi bir odamlar buni o’ylab ham ko’rishmadi. Faqat har kuni klik bosib, ozgina pul ishlagani uchun quvonchlari cheksiz holda, har kuni shu ishini davom ettirishadi. Men esa, sizning bu yo’lni bosib o’tmasdan oldin, aytib o’tmoqchiman. Internet orqali katta pul ishlashni hoxlasangiz klik bosib pul ishlash, har xil forex, pul tikish, kazino, pul tikib o’yin o’ynash, video ko’rib pul ishlash, youtube saytida pul ishlash dega mavzularga to’htamasdan, birinchi galda sayt ochish yo’llarini o’rganing, agar siz dasturlash tillarini bilsangiz, juda yaxshi, siz internetda o’zingiz hoxlagan pulingizni ishlashingiz mumkin, faqat buning uchun mehnat qilishingiz kerak. Faqat internetga kirib, har xil saytlarni ochib, o’qib o’tirguncha dastur yarating, o’zingiz hoxlagandek sayt yarating noldan boshlab, boshqarish oson bo’ladi. Agar siz dasturlash tillarini bilmasangiz, dasturlash tillarini o’rganish men uchun qiyin va ko’p vaqt talab qilinadi, bu qiyin desangiz, buning ham yechimi bor. Sayt yaratish uchun hozirgi paytda tayyor CMS lar bor. CMS-saytni avtomatik boshqarish imkonini berishadi. Kuchli dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan, o’rganishga oson, hech qanday kodlarni kiritib, noldan ishlash hojati yo’q, barchasi tayyor holda, faqat ozgina vaqtingizni ajratib, o’rganib chiqsangi bo’ldi. Bu ish qiyin emas, men ham bunga bir hafta vaqtimni ketirib, o’rganib oldim. Internetda hattoki, qanday qilib ishlatishni o’rgatadigan saytlar ham bor. Ularni o’qib, o’rganib, o’zingizning saytingizni yaratishingiz mumkin.

Agar siz internetda sayt ochish deb Google yoki Yandex da izlab ko’rsangiz, sayt ochish uchun html,css tilini o’rganishingiz kerak, undan so’ng php, c++ va boshqa  dasturlarni o’rganishingiz kerak, undan keyin esa sayt yaratishingiz mumkin va siz o’rganishni davom ettirishingiz kerak deyishadi. Bu uchun ancha vaqt ketadi va bularni hammasini kimdur o’rganishadi kimlardir ko’p vaqtini sarflab oddiygina bir sayt yarata olishmaydi va internet orqali pul ishlash mumkin emas, sayt yaratish qiyin, dasturlash tillarini o’rganish qiyin, umuman bo’maydigan narsa deyishadi. Bularning hammasining yechimi bu tayyor CMS lardir. Misol uchun, mening asosiy ishim dasturchilik emas, men o’z saytimga ega bo’lishni, foydali maqolalar yozib, internetda qo’shimcha pul ishlashni hoxlayman. Dasturchilik bilan shug’ullanmayman, diplomim boshqa va ishlaydigan ishim ham umuman boshqa. Lekin, ko’rib turibsiz-ki, mening o’zimning saytim bor va siz bu maqolani o’zim tayyor CMS orqali yaratgan saytda o’qib o’tiribsiz. Qanday kasb egasi bo’lishingizdan qay’iy nazar, maktab o’quvchisimisiz, talabamisiz farqi yo’q, siz ham o’z saytingizga ega bo’lishingiz mumkin.

Oson pul ishlash yohud bir kunda boy bo’lib ketish!

Internetda tez vaqt ichida boy bo’lib ketish mumkun emas, odamlar reklama qilayotgan tez orada ko’p pul ishlashga o’xshash reklamalarning hammasi yolg’on. Ularning qarmog’iga ilinib, siz ham boy bo’lish ilinjisida, qimmatbaho vaqtingizni yo’qotasiz, vaqt o’tgach ishlab topgan pulingizni hisoblab ko’rsangiz, real hayotda bir hafta yoki bir oy ichida ishlab topishingiz mumkin bo’lgan pullarni siz internet orqali bir yil yoki olti oyda ishlab topgan bo’lasiz va siz har kuni internetda ishlamasangiz, sizga pul o’zi kelib turmaydi. Pul ishlash uchun siz internetda har kuni ishlashingizga to’g’ri keladi. Ishlamasangiz pul yo’q.

Yana bir marotaba aytaman! Internetda oson pul ishlash imkoni yo’q, Agar iloji bo’lganida, odamlar har kuni ishga borib, yillar davomida ishlab, qanday ish bo’lsa ham ishlayveraman deb yurmasdi. Bor yo’g’I internetga kirib, bitta klik bosib, bir yilga yetadigan pulini bitta klik bosib, pul ishlashardi. Real hayotda qanday pul topayotgan bo’lsangiz, internetda ham huddi shunday! Foydali tarafi, asosiy ishingizga qo’shimcha daromad. Hoxlagan paytingizda, asosiy ishingizdan bo’sh paytida, vaqt topilganda internetga kirib pul ishlash imkonini beradi.

Internetda pul ishlashni hoxlasangiz, sayt yaratishga katta e’tibor qarating. Sayt yaratishni o’rganing. Bir-ikki yil mobaynida kuniga 2-3 soat vaqtingizni ba’zida bo’sh paytingizda 4-6 soat vaqtingizni ajratsangiz, har kuni kirib, klik bosib pul topayotgan odamlardan bir necha foiz ko’p pul ishlaysiz, faqat bunga sabr, mehnat, bilim kerak.

Nima uchun men sayt yarating deyabman?

Aytaylik, siz sayt yaratdingiz, o’zingizga yaqin bo’lgan mavzuda sayt yaratib, unga qiziqarli, odamlarga foydali maqolalarni, videolarni qo’shib borasiz, boshida bir-ikki yilda hech qanday pul ishlab topmaysiz, faqat pul chiqarasiz, Pul ishlash o’rniga vaqtingizni ketirib, pulingizdan ayrilasiz. Bu paytda esa, boshqa odamlar klik bosib, qandaydir qiymatdagi pulni ishlab topishmoqda. Siz esa minusdasiz, pul yo’q, vaqt sarflayabsiz, mehnay qilayabsiz, pul esa haligacha yo’q. Lekin, saytingizni rivojlantirayabsiz, maqolalar qo’shib borayabsiz, saytingizdan foydalanuvchilar soni esa sekin asta ko’paymoqda, pul esa haligacha yo’q, boshqalar esa oz bo’lsa ham pul ishlashayabdi. Vaqt o’tgach yaratgan saytingiz odamlarga yoqadigan, foydali bo’lsa, saytingizga odamlar tashrif buyurishadi, saytingizdagi odamlar soni ko’paya boshlashadi. Saytingizdan foydalanuvchilar soni 300-500 ga yetgach ana endi sizning davringiz keldi. Bu paytda esa oradan bir yoki ikki yil o’tgan bo’ladi. Yuqoridagi klik bosib pul ishlaydigan odamlar bu vaqt ichida 2000-4000 rubl pul ishlashgan bo’lishadi. Siz esa, bu paytda saytingizga vaqti-vaqti bilan yangiz maqolalar, qiziqarli videolarni joylashtirib borish bilan bir qatorda, saytingizga Google, Yandex izlash sistemalarining reklama agentligiga xat jo’natib, mening saytim bor 300-500 odam har kuni kirishadi. Saytimga reklama joylashtirmoqchiman deb ro’yhatdan o’tasiz va siz saytingizga reklama joylashtirasiz. Keyin esa, saytingizga tashrif buyurgan odamlar o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotni olgach, saytingizdagi reklamaga ko’zi tushadi, agar ularga reklama qiziq bo’lsa, reklamaga bosib, o’tib ko’rishadi. Ba’zilari esa, reklamaga e’tibor qaratishmaydi. Har kuni 300-500 foydalanuvchisiga ega sayt reklama orqali har kuni 100-200 rubl pul ishlashadi. Bu degani har kungi 300-500 foydalanuvchilardan kamida 100 tasi reklamaga kirishadi, o’qishadi. Sizga esa buning uchun hisobingizga pul tushadi. Har kuni 100 rubl ishlasangiz, bir oyda 3000 rubl ishlaysiz va siz bu uchun har xil qiziqarli maqolalarni qo’shasiz, saytingiz foydalanuvchilar sonini ko’paytirishga harakat qilasiz. Qancha ko’p foydalanuvchiga ega bo’lsangiz, ko’proq pul ishlaysiz.

Endi esa, siz odamlar reklama qilayotgan hattoki siz uxlayotganda ham pul ishlashingiz mumkin kabi pul ishlaysiz. Sababi, saytingizga odamlar hoxlagan paytida kirishadi, siz bu paytda uyquda bo’lishingiz mumkin, yoki asosiy ishingizda, yoki do’stlaringiz bian sayir qilib yurgan bo’lishingiz mumkin. Bu paytda esa bir-ikki yil avval hech qanday pul ishlab topmagan saytingiz sizga avtomatik pul keltirib turishadi. Odamlar saytingizdagi reklamani ko’rishadi, qiziqsa, o’tib ko’rishadi. Reklamadagi pulingiz yig’ilib turaveradi, vaqt o’tgach hammasin elektron hamyoningizga yechib olasiz. Boya aytib o’tgan klik bosib pul topadigan odamlar esa, har kuni ishlashadi, agar ishlashmasa pul topa olmaydi. Ular bir-ikki yil mobaynida topgan pulini siz 5-6 oy ichida saytingiz orqali reklama orqali topishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytingizda o’z reklamalarini joylashtirishni hoxlaydigan O’zbekistonlik odamlar ham sizga murojat qilishadi, narxini aytasiz, agar narxi yoqsa, reklama joylashtirishadi, pul esa hamyoningizda. Bir oylik reklama uchun qancha pul olishingizni o’zingiz belgilaysiz, qancha ko’p foydalanuvchiga ega bo’lsangiz, reklama berish narxi ko’proq bo’ladi. U taraflarini o’zingiz yaxshi bilasiz, qancha pul olishni o’zingiz qoyillatasiz-ku!

Ana endi qiziq tomoni boshlanadi, klik bosib pul ishlaydiganlar har kuni 3-5 soatlab ishlayverib toliqishadi, charchashadi. Ba’zida ishlamaydi ham va bu bilan pul topa olmaydilar. Siz esa, boshqa ishlaringizni davom ettiraverasiz, saytingiz esa reklamalar orqali sizga pul keltiraveradi. Saytingizga bir haftalab yangilik kiritmasangiz ham, vaqt topa olmasangiz, boshqa ishlaringiz paydo bo’lib qolsa, saytingiz pul keltiraveradi. Sababi, bundan bir-ikki yil oldin saytingizga joylashtirgan maqolalarni o’qish uchun odamlar tashrif buyurishadi. Lekin, iloji boricha bunday qilmang! Iloji boricha, saytingizga qo’shadigan maqolalarni ikki uch kun oldindan tayyorlab qo’ying. Saytingizga vaq ajrata olmay qolsangiz, tayyorlab qo’ygan maqolalar saytingizga avtomatik qo’shilib turiladi, foydalanuvchilaringiz siz band ekaningizni, saytga vaqt topa olmayotganingizni payqashmaydi ham. Foydali maqolalar avtomatik qo’shilib turibdi, siz esa o’z ishlaringizni bajaraverasiz, sayt foydalanuvchilari foydali maqolaga ega bo’lishadi. Mana sizga oson pul ishlash!

Yuqoridagi klik bosib pul ishlaydigan odamlar esa, muammo chiqib qolib, internetga kirib ishlashmasa, pul topa olishmaydi. Siz yaratgan sayt esa har kuni pul keltirib turadi. Eng asosiysi, mehnat qilishingiz kerak. Aytishadi-ku mashg’ulotlarda qiyin bo’lsa, jangda oson bo’ladi deb. Boshida qiynalasiz, charchaysiz, lekin kun keladi – siz o’z maqsadingizga erishasiz. Klik bosuvchilar esa, men internetda pul topaman, lekin oz, qanday qilib tez, oson va ko’proq pul ishlash mumkin degan mavzudagi maqolalarni o’qib, har xil saytlarga kirib, pul ishlashni izlab yurishadi va ba’zilari sizga havas bilan qarashadi.

Eng asosiysi, agar siz sayt yaratib, u orqali pul ishlashga erishsangiz, ko’p dam olib ketman, saytingizni e’tiborsiz qoldirmang, rivojlantiring! Bo’sh vaqtingiz bo’lsa, saytingizni sozlang, maqolalarni ikki-uch kun oldinga qilib tayyorlab qo’ying, muammo bo’lib, saytga vaqtingiz bo’lmasa, tayyor maqolalaringizni joylashtirib borasiz!

Mana, buni ba’zilari kitob qilib yozib, internet orqali pul ishlash deb infokurs yaratib, uni mo’maygina pul evaziga sotayotgan odamlarning kitobiga teng, balkim undan ham foydaliroq internetda pul ishlash yohud oson pul ishlash haqidagi ma’lumotga ega bo’ldingiz degan umidtaman! Eng asosiysi qaysi yo’lni tanlash o’zingizga bo’gliq.

Yaqin orada, yuqorida aytib o’tilgan CMS larda sayt yaratish haqida butun bir darslik (bepul) tayyorlayman. Noldan boshlab oxirigacha sayt yaratishni o’rgataman, oson, qulay, tushunarli. Keyingi maqolalarimning barchasi ham shu mavzuga oid darsliklar ketma-ketlikda joylashtiriladi. Boshidan ohirigacha qanday qilishni birma-bir o’rgataman. Buning uchun esa, mehnat qilish kerak, vaqt kerak. Saytni WordPress CMS da yaratamiz. Bu CMS dunyoga mashxurdir. O’zbekistonlik saytlarning ko’pchiligi mana shu CMS da yaratilmoqda. Keyingi sayt yaratish haqidagi darslarning hammasiz WordPress CMS haqida bo’ladi. Bu maqola orqali o’zingizga kerakli hulosani chiqarib oldingiz degan umidtaman. Agar sayt yaratishga qaror qilgan bo’lsangiz, saytimiz bilan birga bo’ling. Barchasi hali oldinda!

1 comment on “Oson pul topish

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan