pul ishlash, pul tejash, pul sarlash

Pul tejash sirlari

      Pul tejash sirlari ga fikr bildirilmagan.

Pul ishlash oson emas, lekin pul topishdan ko’ra uni tejash juda ham qiyin. Qancha pul topish haqida bosh qotiruvchi insonlar oramizda juda ham ko’p. Lekin ishlab topilgan pullarni tejash, pullarni maqsadli sarflash haqida hech kim unchalik ko’p o’ylab ko’rmaganligi aniq. Bu maqolada pullarni qanday qilib tejash, ularni maqsadli sarlash haqida eng asosiy uchta yo’nalish haqida yoziladi. Agar bunga amal qilsangiz, ishlab topgan pullaringizning nimalarga sarflanayotganligi, qancha pulingizni havoga uchirayotganingizni haqida bilib olasiz.

  1. Pul sarflanmaydigan kunni belgilab oling.

Bu bo’limni bajarish uchun siz eng avvalo bitta kunni yoki bir necha kunni hech qanday pul sarflamay o’tkazishingizga to’g’ri keladi. Tushlik uchun va yo’l harajatlaridan tashqari albatta. Chunki bularni cheklab bo’lmaydi. Aks holda salomatligingiz va ishlaringizga zarari tegishi mumkin. Bu bo’limdan asosiy maqsad, ortiqcha pul sarflashning oldini olishdir. Yani, yo’lda, do’konlarda har xil kiyim-kechaklar, fast foodlar, ichimliklar, mayda-chuyda ko’zga ko’rinmas narsalarga ortiqcha pul sarflamasligingiz kerak.

Agar siz bu bo’limga amal qila olmasangiz, hamyoningizni uyda unutib, qoldirib qo’ygandek tuting. Bu ish berishi mumkin. Albatta, o’zingizni boshqara olsangiz gina.

Agar har bitta xafta ichida bitta yoki ikkita kunni pul sarflamasdan o’tkazsangiz, demak siz bir oyda 4-8 kun pul sarlamagan bo’lasiz. Chama bilan bitta odam uchun bir kunga 10 000 – 20 000 sum pul sarflansa, siz bir oyda 40 000 – 160 000 sum pulingizni tejagan bo’lasiz.

  1. Naqd pullaringizni tejashni o’rganing.

Pullaringizning ko’p sarflanib ketishining yagona sababi bu naqd pullardir. O’zingiz bilan asosan plastik kartochkani olib yuring. Bu esa ko’cha-ko’yda naqd pulga har xil foydasiz narsalarni sotib olishni cheklashda yordam beradi.

  1. Oylik tejashga amal qiling.

Bir oy davomida, har kuni sarlayotgan barcha pullaringizni va nimalarga sarflayotganingizni qoldirmay yozib boring, oy ohirida esa barchasini hisoblab chiqing. Undan keyin esa, qaysi narsalarga ko’p pul sarflayotganingizni, qanday narsalarga behudaga pul sarlaganingiz, nimaga ko’proq pul sarflayotganingizni tekshirib chiqing. Keyingi oydan boshlab, pullaringizning ko’proq bo’limini sarflayotgan narsalaringizga cheklo’v qo’ying. Misol uchun siz bir oy davomida fast food, ichimliklarga 100 000 – 150 000 sum sarflayotgan bo’lsangiz. Bunga cheklo’v qo’yishingiz shart. Agar 30 000 – 40 000 sumga bozordan fast food uchun kerakli masalliqlarni sotib olsangiz, arzonga tushadi. Yo’l harajatlarini hisoblab chiqing. Agar taksi xizmatidan ko’proq foydalanayotgan bo’lsangiz, uni ham cheklashga harakat qiling. Mahalliy transportlardan foydalanishga harakat qiling.

Bu amallar bir qarashda sizga yoqimsiz, oddiy, foydasiz bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin, bunga e’tibor berib qarasangiz, yil davomida ikki-uch oylik maoshingizni tejashingiz mumkinligi haqida bilib olasiz. Agar bu uchta bo’limga amal qilib ko’rsangiz, yil ohirida o’zingiz hoxlagan narsalarni sotib olishingiz mumkin. Telefon, kompyuter, noutbuk, mayishiy texnikalar, yangi kiyim-kechak, dunyo bo’ylab sayohat. Bularning soni cheksiz. Eng asosiysi, o’zingizni ko’p cheklab qo’ymang. Ayniqsa, kundalikli ovqatlanish, yo’l transporti, to’y-bazmlardan tejashga urunmang. Bu hayotingizda o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi. O’ylaymanki, bu maqola sizga ozgina bo’lsa ham foydali bo’ldi. Bu maqolaning keyingiz qismlari ham saytimizda chop etiladi. Hozir esa, shu uchta asosiy bo’limlarga amal qiling. Agar uddalasangiz, keyingi pul tejash va maqsadli sarflash haqidagi maqolalarni o’qib, ularga amal qilishingiz mumkin. Dunyo bir sumdan yaraladi. Shuni unutmang!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan