kerakli maqola

Salom! Endi birgamiz!

      Salom! Endi birgamiz! ga fikr bildirilmagan.

Barcha sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Men o’z ishimni davom ettirish uchun ertangi kundan boshlab ishga kirishaman. Oradan ancha vaqt o’tib ketibdiki, saytim qarovsiz qolib ketibdi. Orada shuncha ishlar bo’lib o’tdi. Sayt haqida o’ylash, bo’sh vaqt topish juda qiyin bo’ldi. Ishlarim ko’payib ketdi. Hech narsaga ulgurmay qoldim. Sayt yaratish bo’yicha umuman ohirgi kunlari o’ylamay qo’ygandim. Mana, nasib qilib, shu kun keldi ki, men yana ish faoliyatiga qaytdim. Endi esa, saytga yangi maqolalar qo’shib boriladi. Boshlagan ishimizni ohiriga yetkazib qo’yishimiz kerak. Sayt yaratish bo’yicha darsiklarni joylashtirishim kerak. Foydali maqolalarni yozishim kerak. Bajarish kerak bo’lgan ishlar soni bir soniya ichida ko’payib ketdi. Saytimga haliyam odamlar tashrif buyurayotgani meni hayratga soldi. O’zi bugun esimga tushub, sayt qanday ahvoldaligini bir ko’rish maqsadida kirgandim. Saytdan foydalanuvchilar haliyam bor ekan, rahmat sizlarga. Shaxsiy kabinetda fikrlar to’lib yotibdi. Hamma sayt yaratish bo’yicha maslahatlar so’rashgan, sayt faoliyati nega to’htab qolganligi haqida so’rashmoqda va sayt yaratish bo’yicha yangi maqolalar haqidayam so’rashmoqda. Bularning barchasini jamlab bitta maqolada sizlarga javob bermoqchiman. Sayt yaratishda mana menda sodir bo’lgandek to’htalishlar bo’lib turadi. Saytni tashlab qo’yishimdan avval, sayt yaratish uni boshqarish, maqolalar yozishga bo’lgan qiziqishlarim pasayib ketgandi. Hech shu maqola yozishga kelganda qo’lim ishga  bormay qolgandi. Demak, charchabman. Har kuni asosiy ishda ishlayman, do’stlarim, oilam, uy ishlari bilan band bo’lib, mana oradan shuncha vaqt o’tib ketibdi. Lekin, shunga qaramasdan, saytimga kirib turadigan insonlar haliyam bor ekan va ular yangi maqolalarni kutishmoqda ekan. Endi, do’stlarim, hech qanday to’htalishlar bo’lmaydi. Faqat olg’a harakatlanamiz. Yangi maqolalarni yozishga ertadan boshlayman. Iloji boricha har kuni yangi maqola qo’shib borishga harakat qilaman. Hosting va domen vaqti ham yetib qolibdi. Uning uchun ham pul to’lashim kerak ekan. SHu ishlarni bir yo’lga qo’yib olsam, keyin sizlar uchun foydali darsliklarni, maqolalarni joylashtirishga kirishaman. SHu kungacha, mening saytimga tashrif buyurib, yangi maqola qo’shganmi yoki yo’q deb saytga kirib yurgan insonlar, sizga katta rahmat aytmoqchiman. Ertadan boshlab ishga kirishaman. Demak, tayyor turing do’stlar! Darsliklarimizni davom ettiramiz va siz ham o’z saytigizni albatta yaratasiz! Do’stlar, endi birgamiz!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan