Saytni bepul rivojlantirish sirlari

Saytni bepul rivojlantirishning 12 siri

Yaratgan saytingiz internet do’konmi, yoki informatsion portalmi, umuman qanday mavzuda ekanligidan tashqari, yangi  yaratilgan saytingizni rivojlantirishingiz, ommaviylashtirishingiz kerak. Agar siz bu bo’yicha kerakli ishlarni amalga oshirmasangiz, sayt yaratganingiz bilan, unga hech kim kirmaydi, bu bilan siz internet do’koningiz orqali o’z maxsulotlaringizni sota olmaysiz, yoki informatsion portal bo’lsa, saytingiz orqali reklamalar joylashtirish orqali pul ishlay olmaysiz. Ko’plab foydalanuvchilariga ega bo’lmagan saytlarda, kim o’zining reklamasini pul berib joylashtirishadi. Bunday saytlarda reklama beruvchilar uchun foyda yo’q. Chunki, reklama beruvchilar uchun odamlar kerak, sizning saytingiz orqali ularning internet do’koniga odamlar kirishi kerak, agar bitta narsa yoqib qolsa, uni harid qilishi kerak, yoki doimiy foydalanuvchisiga aylanib qolishi kera. Saytingiz foydalanuvchilar soni qancha ko’p bo’lsa, sizning saytingizga reklama joylashtirishni hoxlo’vchilar soni o’z-o’zidan ko’payishadi. Shuning uchun yangi yaratgan saytingizga maqola qo’shish bilan birgalikda, uni rivojlantirish, ommaviylashtirishga harakat qiling. Eslab qoling! Foydalanuvchilariga ega bo’lmagan, yoki oz foydalanuvchilariga ega bo’lgan sayt, hech qachon sizga pul olib kelmaydi. Faqatgina vaqtingizni bekor sarflagan bo’lasiz.

Bugun esa yangi yaratgan saytingizni internetda bepul  rivojlantirishning 12 ta siri haqida bilib olasiz. Bularning hammasini amalda qo’llasangiz, bir-ikki oy o’tgach, saytingizga yangi foydalanuvchilar kelayotganini ko’rishingiz mumkin.

Saytni bepul rivojlantirishning 12 siri

  1. “Google Мой Бизнес” da ro’yhatdan o’tish. Ko’pchilik insonlar bunday servisning borligi haqida ham bilishmasalar kerak. Agar siz ham bu haqida ma’lumotga ega bo’lmasangiz, “Google Мой Бизнес” kalit so’zini brauzeringizda terib, ma’lumot qidirib ko’ring.

“Google Мой Бизнес” ning avzallik taraflari

  • Sayt, firma, internet do’kon, real hayotdagi do’koningizning ishlash vaqti, qaysi kunlari ishlaydi, telefon raqamlarini kiritishingiz mumkin.
  • Google Maps (Гугл Карты) da saytingiz, firmangiz, do’koningiz qayerda joylashganligini belgilab qo’yishingiz mumkin. Hozirda, ko’pchilik insonlar, ko’chalar qayerda joylashganligini, binolar qayerda, ofis, maktablar, universitetlar qayerda joylashganligini bilishi uchun Google Maps dan foydalanib, qidirishadi. Agar siz o’zingizning saytingizni, firmangizni yoki do’koningizni shu Google Maps ga kiritgan bo’lsangiz, unda barcha Google Maps foydalanuvchilariga ko’rinib turadi.
  • Google+ da shaxsiy sahifa ochish va saytingiz, firmangiz to’g’risida malumotlarni joylashtirib borish. Google+ bilasiz izlash sistemalarida (Google, Yandex) asosan Google da tez indeks qilinadi, yani Google+ ga qo’shgan har bir ma’lumotingiz, maqolangiz tez orada izlash sistemalarida ko’rini b turadi. Bu esa, biznesingiz rivojiga katta yordam beradi. Saytingizga qo’shimcha odamlarni yig’ish uchun ham albatta.
  • Internetda sizning brendingizni izlashsalar , misol uchun: “Coca Cola” deb izlasangiz Google da brauzeringizning chap tarafida to’liq ma’lumotlar kiritilganligini ko’rishingiz mumkin. Bu ham biznesingizning rivoji uchun katta yordam beradi.

Saytni bepul rivojlantirish sirlari

“Google Мой Бизнес” ni yaxshilab to’ldirgan bo’lsangiz, saytingiz, firmangiz, do’koningiz internetda birinchi o’rinlarga chiqib olishi mumkin. Bir marta yaxshilab harat qilsangiz, bir umr saytingiz uchun yangi foydalanuvchilarni, firma yoki do’koningiz uchun yangi mijozlarni olib kelaveradi.

  1. Saytingizni “Saytlar katalogi” (Каталоги сайтов) ga qoshish. Odamlar internet oraqali ma’lumot qidirishayotganda, bazilari saytlar katalogiga murojat qilishadi. Bu yerda har xil mavzularga oid saytlar katalogi bo’ladi va shu mavzuga oid saytlar ham bo’ladi. Agar siz ham shunday kataloglarga o’zingizning saytingizni joylashtirsangiz, oz bo’lsa ham foydalanuvchilarga ega bo’lishingiz mumkin. Bunaqangi saytlar katalogi juda ham ko’p. Ularning ichida pullik va bepullari ham bor. Bizga esa bepul saytlar katalogi ham yetadi. Buning uchun siz internetda “Бесплатные каталоги сайтов” deb qidirasiz va ularning ichidan keraklisini tanlab, shu katalogga o’zingizning saytingizni qo’shishingiz mumkin. Qancha ko’p kataloglarga o’zingizning saytingizni qo’shsangiz, shuncha sayt uchun foyda keltirgan bo’lasiz, har kuni bitta katalogga o’zingizning saytingizni qo’shib borsangiz, vaqt o’tib o’z natijasini beradi. Agar siz yaratgan sayt rus tilida emas, o’zbek tilida bo’lsa va saytingizga ko’proq O’zbekistonliklar kirishini hoxlasangiz, unda internetda “Saytlar katalogi” deb izlang va o’zimizning O’zbekistondagi saytlar katalogi chiqadi va siz o’z saytingizni shu kataloglarga joylashtirishingiz mumkin.
  2. Forumlarda va sotsial tarmoqlarda gaplashing. O’zbekistondagi forumlar va umuman sotsial tarmoqlarda odamlar bilan gaplashing, ularni qiziqtirgan savollariga javob bering va shu bilan birga saytingizni reklama qilib boring.
  3. Sotsial tarmoqlarda saytingizning guruhini oching va saytingizdagi yangiliklar anonsini, o’zgarishlarni guruhga joylashtirib boring, guruhingizga ko’plab odamlarni taklif qiling. Hozirgi paytda sotsial tarmoqlar soni juda ham ko’p, ularning ichidan eng qulaylisini va mashxurlarini tanlab olib, ularda guruh, yoki shaxsiy saxifangizni yarating. Bu bilan siz saytingizga sotsial tarmoqlar orqali keluvchi odamlarga ega bo’lasiz va aynan shu insonlar saytingizning doimiy foydalanuvchisiga aylanadi.
  4. Email obuna. Bunda siz saytingiz uchun Email obuna bo’lish plaginini o’rnatishingiz kerak, yoki maxsus saytlardan ro’yhatdan o’tib, saytingizga Email obuna bo’lish tugmasini joylashtiring. Bu bilan siz doimiy foydalanuvchilaringizga ega bo’lasiz va saytingizga yangi maqolalar, o’zgarishlar, ma’lumotlar kiritlgan paytida, Email orqali ularni habardor qilishingiz mumkin.
  5. Saytingiz nomini barcha joylarda qoldiring. Iloji bo’lsa, internetda saytingizning nomini qoldirishga harakat qiling. Bu bir tarafdan SPAM bo’lishi mumkin, agar iloji bor bo’lsa, saytingizga link qoldiring. Bu bilan siz qo’shimcha foydalanuvchilarga ega bo’lishingiz mumkin.
  6. OLX va shunga o’xshash e’lonlar taxtasida o’z saytingiz haqida ma’lumot joylashtiring. Bu bilan siz saytingizga link qoldirishingiz mumkin emas, lekin tekst formatida qoldirishingiz mumkin. Saytingizda qanday maqolalar bor shu haqida ma’lumot bering, chiroyli rasmlarni qo’ying, sayt mavzusi qanday va odamlarga qanday foyda keltiradi shu narsalarni yozib, reklama qilishingiz mumkin.
  7. Foydali maqola yozing. Agar saytingizga joylashtirgan maqolalaringiz foydasiz bo’lsa, uni hech kim o’qimaydi va shu bilan birga hech kim saytingizga kirmaydi. Shuning uchun dolzarb masalalar bo’yicha, qiziqarli maqolalar, saytingiz uchun tanlagan mavzu asosida qiziqarli maqolalarni yozishga harakat qiling.
  8. Do’stlaringiz sizning saytingiz haqida o’z fikrlarini sotsial tarmoqlarda qoldirishini iltomos qiling. Saytingiz haqida o’z fikrlarini videoga olib, sotsial tarmoqlarda, internet saytlarida yoki Youtube saytida joylashtirishni iltimos qiling. Bu ham sizning saytingizning rivojlanishiga katta yordam beradi.
  9. Boshqa saytlar uchun maqola yozing. Bir qarashda nimaga men boshqa saytlar uchun maqola yozib berishishim kerak dersiz. Lekin, buning foydasi ham katta. Sayt egalarining hozirgi paytdagi eng dolzarb muammolaridan biri bu odamlarga foydali va oldin bu maqola hech kimda chop etilmagan maqolalarga muhtojlikdir. Siz saytingiz mavzusiga oid bo’lgan boshqa saytlarni izlab topasiz va unga oldin hech kimda chop etilmagan va odamlar uchun foydali maqola yozib berishingiz, evaziga esa siz yozgan maqola ostida saytingizga link (saytingiz nomi) qoldirishini so’raysiz. Agar boshqa sayt egasi rozi bo’lsa, maqolangizni tayyorlang. Maqola shunday qiziqarli bo’lsinki, siz kelajakda yozadigan boshqa maqolalaringizni o’qishi uchun saytingizga obun a bo’lsin. Shu bilan siz saytingizga qo’shimcha odamlarni jalb qilishingiz mumkin. Faqat, maqolalaringizni foydalanuvchilari ko’p bo’lgan saytlarda joylashtiring. Har kuni 100 ta odam kiradigan saytlar uchun maqola  yozib berish va link qoldirish befoyda.
  10. Youtube da o’z kanalingizni oching. Bu saytdan foydalanuvchilar juda ham ko’b, O’zbekistonliklar ham shu saytdan aktiv foydalanishadi. O’z kanalingizni ochib, saytingizdagi har bir qo’shilayotgan maqolalar uchun videorolik tayyorlang va Youtube da joylashtiring. Keyin esa, shu joylashtirilgan video ostida saytingizga link qoldiring. Video ichida ham saytingizni reklama qiling.
  11. Elektron kitob yarating. Siz saytingizni qanday mavzuda ochdingiz? Shu mavzu asosida bepul kitob yarating, bu kitob ichida esa foydali maslahatlarni yozing. Bitta elektron kitob 20-30 bet bo’lsa yetarli. Bu kitoblar orqali ham odamlarga foyda keltirasiz, shu bilan birgalikda saytingiz foydalanuvchilar sonini ham ko’paytirib olasiz. Endi har bir kitobni bepul tarqatavermaysiz albbatta, ko’proq vaqt sarflanganlari uchun va dolzarb bo’lgan mavzularga oid darslik kitoblaringizni pul evaziga sotishingiz mumkin. Bu esa saytingizni rivojantirib olganingizdan keyin bo’ladi. Ungacha bepul kitoblarni yarating, uning ichida o’zingizning saytingiz nomi haqidayam yozing. Odamlar sizning shu bepul yozgan kitobingizga baho berishadi.  Pullik elektron kitoblaringizni odamlar sotib olishi yoki olmasligi ham shu bepul kitobingizga bog’liq. Agar shu bepul elektron kitob orqali odamlarga yordam bera olsangiz, keyingi kitoblaringizni ham kutib qolishadi. Elektron kitoblarni oddiy Microsoft Word dasturida yozing, keyin esa uni PDF formatda saqlang, bo’ldi birinchi elektron kitobingiz tayyor bo’ladi.

Mana, bugungi maqolamiz juda ham ko’p cho’zilib ketdi, buni yozish uchun ham ancha vaqt sarfladim. Bugungi maqolam sizlarga foydali bo’ldi deb o’ylayman. Maqola bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, be’malol o’z fikrlaringizniqoldiring. Eng asosiysi, maqolalarni faqat o’qiyvermang, o’zingiz ham buni amalda bajarib ko’ring!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan