Saytni rivojlantirish va SEO

Saytni rivojlantirish va SEO

Mana, ko’plab insonlarni qiziqtirib kelayotgan, internetda saytni rivojlantirish, saytni ommaviylashtirish va SEO (Search Engine Optimization) mavzusi bo’yicha maqolamiz tayyor bo’ldi. Bugungi maqolamizda siz internetda o’zingizning shaxsiy brendingizni, agar siz shaxsiy firmaga ega bo’lib, maxsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz, internet  do’koningiz yoki internetdagi shaxsiy web saytingizni rivojlantirish, uni ommaviylashtirish uchun qanday ishlarni bajarish kerakligi va umuman SEO haqida ma’lumot olasiz.

Saytni rivojlantirish, saytni ommaviylashtirish, internet do’kon egasi bo’lsangiz, sayt orqali tovarlar sotilish hajmini ko’paytirish yoki informatsion sayt egasi bo’lsangiz, saytingizga joylashtirilgan info maqolalaringizning izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinlarga qanday qilib chiqarish haqida bosh qotirgan bo’lishingiz mumkin. Ba’zi bir insonlar, yani sayt egalari esa, saytni rivojlantirish va SEO haqida o’ylab ham ko’rishmaganlar, faqatgina sayt yaratishgan va unga maqolalar, ma’lumotlar qo’shgan, u sayt esa uzoq vaqtlar  o’tib, asta-sekin rivojlanib borgan. Saytni rivojlantirish va SEO haqida to’liq o’rganib bo’lganingizdan keyin, siz saytingizni, internet do’koningizni, yoki shaxsiy brend ostida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlaringizning sotilish hajmini ko’paytirishingiz mumkin, yoki internetda informatsion sayt egasi bo’lsangiz, saytingizga ko’proq foydalanuvchilar kirishi va ommaviylashtirishingiz mumkin.

Saytni SEO (Search Engine Optimization) rivojlantirish

SEO – to’liq nomlanishi Search Engine Optimization, izlash sistemalari uchun (Google, Yandex) sayt ko’rsatkichlarini yaxshilash. Yildan yilga saytlarni SEO rivojlantirish aktual muammolardan bo’lib kelmoqda. Sababi, agarda kimdur saytini, internet do’konini, shaxsiy brendini izlash sistemalarida (Google, Yandex) SEO tarafdan yaxshi rivojlantira olsa, saytdan foydalanuvchilar soni ko’p bo’ladi, sayt izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinlarga chiqib oladi, agar internet do’kon SEO tarafdan rivojlantirilgan bo’lsa, unda saytga qo’shilgan tovarlar izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinlarga chiqib oladi. Bu esa, biznesingizning rivoji uchun, yani sotayotgan tovarlaringizning hariydorlarining ko’payishiga olib keladi. Mana shuning uchun, internetda o’z do’konlariga ega bo’lgan odamlar SEO rivojlantirish bo’yicha har kuni bosh qotirishadi, saytiga yangi maxsulot qo’shishdan avval uni SEO taraflarini o’rganib chiqishadi, tovarni qanday nomlash kerak, ularga qanday izoh qoldirish kerak, unga qanday rasmlarni joylashtirish kerak, bularning hammasi oldindan o’ylanib, ishlar bajariladi, kerakli fayllar tayyorlanadi va internet do’koniga joylashtiriladi. Agar sizning internet do’koningiz SEO tarafdan yaxshi optimizatsiya qilingan bo’lsa, internet do’konga qo’shilgan yangi maxsulotingiz izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinlarni egallaydi.

Agar siz shaxsiy web yaratgan bo’lsangiz, unga ko’plab foydalanuvchilar kirishini hoxlasangiz, saytingizga qo’shilayotgan har bir ma’lumotlarga katta ahamiyat bering. Qo’shayotgan ma’lumotlaringizni odamlar izlayaptimi yoki yo’q, ko’proq qanday savollarni, kalit so’zlarni kiritib izlashmoqda, shularni bilib olishingiz kerak va kalit so’zlarga asoslanib saytingizga maqola qo’shishingiz kerak.

Endi yana bir tarafi shuki, hozirgi paytda ko’plab informatsion saytlar o’zlariga ko’plab insonlarni jalb etishi uchun SEO rivojlantirishga katta ahamiyat berib yuborishadi va saytiga qo’shayotgan har bir maqolasi odamlar uchun  emas, balki SEO ga asoslanib, izlash sistemalarida (Google, Yandex) qanday kalit so’zlari ko’proq qo’llanilayotgan bo’lsa, o’sha kalit so’zlarni maqola ichida qayta-qayta yozishadi, oqibatda maqola o’qilishi, ma’no tarafidan tushunarsiz holatga keladi. Agar siz informatsion sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, saytga qo’shayotgan har bir maqolangizning nomini bitta kalit so’zlarga asoslanib yozing, qolgan maqola matni bo’limini esa odamlar uchun foydali qilib yozing. Agar shu tariqa davom etsangiz, saytingiz izlash sistemalarida (Google,Yandex) yuqori o’rinlarni egallashi mumkin.

Saytni SEO rivojlantirish uchun shu sohada ishlayotganlarga saytingizni ishonib topshirishingiz mumkin, ular ko’pincha dasturchilar hisoblanadi. Ular asosan saytingizni texnik tarafdan ko’zdan kechirishadi. Saytdagi texnik hatoliklar, keraksiz plaginglar, scriptlarni olib tashlashadi, keraklilarini qo’shishadi. Sayt shablonidagi ortiqcha kodlarni olib tashlashadi, saytga kirganda uning tez ochilishi, foydalanuvchilar uchun qulay bo’lishi va saytga kelgan odam ko’proq vaqt shu saytda qolishini ta’minlaydi. Misol uchun bitta odam saytga kirsa, undagi bitta maqolani o’qishadi, maqolani o’qib tugatgandan keyin esa, u inson saytni tark etadi, buning oldini olish uchun esa unga bundan ham qiziq bo’lgan maqolalarni ko’rsatisha boshlashadi va agar foydalanuvchi bunga qiziqsa, u maqolalarni ham o’qishadi va vaqt o’tgach bu inson sizning saytingizga o’rganib qolishadi va doimiy foydalanuvchingizga aylanadi.

Saytingizni rivojlantirishning yana bir yo’li bu sotsial tarmoqlardir. Hozirgi paytda sotsial tarmoqlardan foydalanayotgan insonlar soni ko’payib ketdi. Saytingizga qo’shayotgan maqolalaringizning hammasini sotsial tarmoqlarda guruh yaratib unga saytingizdagi maqolalaringiz bilan bo’lishing, har bir qo’yilgan Like, do’stlari bilan baham ko’rish (Поделиться) bularning hammasi ham sayt rivoji uchun katta ahamiyatga ega. Agar sizning saytingiz sotsial tarmoqlarda o’z guruhiga va foydalanuvchilariga ega bo’lmasa, unda sizning saytingizning ommaviylashishi, rivojlanishi ancha vaqtga cho’zilib ketadi. Shuning uchun sayt yaratganingizdan keyin, sotsial tarmoqlarda saytingiz nomi bilan guruh yarating va unga ko’plab do’stlaringizni taklif qiling. Mana shu sotsial tarmoqlar orqali sizning saytingizdagi joylashtirilgan maqolalarni o’qishi mumkin. Bu esa saytingiz uchun yana bitta qo’shimcha foydalanuvchi degani. Boshida har bir foydalanuvchiga ega bo’lish uchun tinmay kurashasiz. Barcha saytni rivojlantirsh ishlarini amalga oshirasiz, vaqt o’tgach saytingizga kuniga  500-1000 foydalanuvchi kirganidan so’ng, saytingizning o’zi rivojlana boshlaydi. Yani o’sha 500-1000 insonlar sizning saytingizda joylashtirilgan foydali maqolalarni o’qishadi, agar bu maqolalar qiziqarli bo’lsa, uni sotsial tarmoqlarda tarqatishadi va shu bilan saytingiz o’z-o’zidan rivojlanib boraveradi. Sizning bajaradigan ishingiz esa, saytingizga foydali, qiziqarli ma’lumotlarni, maqolalarni qo’shish hisoblanadi.

Kalit so’zlardan foydalanish SEO rivojlantirish asosi

Internetda odamlar agarda qandaydir ma’lumot izlashi kerak bo’lsa, ular izlash sistemalariga (Google,Yandex) kirib, o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumot to’g’risida so’zlarni kiritishadi va ma’lumot izlashadilar. Mana shu kalit so’zlar hisoblanadi. Siz saytingizga yangi maqola qo’shishdan avval, sayt uchun tanlangan mavzu asosida ko’proq qanday ma’lumotlarni qidirishadi, shunga e’tibor qaratishingiz kerak. Misol uchun, odamlar internetda shaxsiy web saytini ochishga qiziqishadi va shu to’g’risida ma’lumotlar qidira boshlashadi. Aytaylik, bitta inson “Sayt yaratish darsliklar” deb izlash sistemalariga (Google,Yandex) yozib, ma’lumot qidira boshlashadi. Agar mening saytimda shu kalit so’zlardan iborat bo’lgan maqola bor bo’lsa, izlash sistemalari (Google,Yandex) mening saytimdagi shu kalit so’z ostidagi maqolalarni ko’rsatishadi va mening saytimga bitta foydalanuvchi tashrif buyuradi. Agar bu kalit so’z orqali har kuni odamlar juda ko’p ma’lumotlar qidirishsa, mening saytimga shuncha darajada odamlar kirishi mumkin. Bir kunda “Sayt yaratish darsliklar” deb ma’lumot qidirishsa va mening saytim SEO tarafdan yaxshi ishlangan bo’lsa, saytimdagi maqolalar foydali bo’lsa, izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinda turishi mumkin. Agar siz saytingizga maqola qo’shishdan avval, maqola uchun qanday nom berishga qiynalayotgan bo’lsangiz, qanday kalit so’zlarni kiritishni bilmayotgan bo’lsangiz, unda izlash sistemalari (Google,Yandex) sizga o’zlari yordam berishadi. Internetda “Google Adwords” va “Wordstat Yandex” deb izlasangiz tegishli mavzudagi sayt ochiladi keyin ro’yhatdan o’tganingizdan keyin, kalit so’zlarni belgilangan joyga kiritasiz va odamlar bir oy davomida siz kiritgan kalit so’z bo’yicha necha marta ma’lumot izlashganlarini ko’rsatib beradi. Eng ko’p qo’llanilgan kalit so’zlardan foydalanib, maqolangizga nom bersangiz, vaqt o’tib sizning maqolangiz izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinlarda turishi mumkin. Eng asosiysi kalit so’zlardan foydalanish kerak, meyorida albatta. Juda ham ko’b kalit so’zlardan foydalanib yozilgan maqola odamlarga tushunarsiz bo’lib qolishi mumkin.

Agar siz saytingizni endigina yaratgan bo’lsangiz va foydalanuvchilar soni oz bo’lsa, saytingizga kalit so’zlardan foydalanmasdan turib, maqolalarni kiritish befoyda. Misol uchun “Uy ishlarini qanday qilib tez bajarish mumkin” kalit so’zi bilan maqola yozsangiz, bu bo’yicha odamlar oz ma’lumot qidirishi mumkin va bu yozgan maqolangiz izlash sistemalarida (Google,Yandex) birinchi o’rinlarda turgani bilan, saytingizga odamlar kirishmaydi, sababi bunga ehtiyoj yo’q odamlarda. Agar siz saytingizga “Uy qurish” kalit so’zidan foydalanib maqola yozsangiz, bu kalit so’z bo’yicha ko’plab odamlar ma’lumot qidirishadi. Shu tariqa, yuqorida aytib o’tgan “Google Adwords” va “Wordstat Yandex” ga kirib, sizning saytingiz mavzusiga oid, ko’proq qanday ma’lumotlarni, qanday kalit so’zlardan foydalanib izlashmoqda, shunga e’tibor bering va maqola yozayotgan paytingizda, shu kalit so’zlaridan foydalanishga harakat qiling.

Mana, siz SEO haqida va internetda saytingizni rivojlantirish haqida dastlabki tushunchalarga ega bo’ldingiz. Bu hali hammasi emas. Agar saytingiz yangi bo’lsa, hali qiladigan ishlaringiz juda jam ko’p. Internetda saytni rivojlantirish, qanday qilib ommaviylashtirish va ko’proq odamlarni yaratgan saytimizga jalb qilish kerakligi haqida maqolalar qo’shilib boriladi. Ularning hammasini amalda qo’llab ko’rsangiz, saytingizni  ommaviylashtirishingiz mumkin. Bugungi maqolamiz sizga  foydali bo’ldi deb o’ylayman. Agarda SEO va saytni rivojlantirish to’grisida sizda qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, be’malol shu maqola ostidagi fikr qoldirish bo’limida o’z savollaringizni qoldirishingiz mumkin. Barcha savollaringizga iloji boricha aniq qilib javob qaytaraman.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan