Shaxsiy blog yuritishdagi hatoliklar

Internetda blog, sayt yaratish juda qiyin emas, oson desak ham bo’ladi. Bor yog’i blog, sayt haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo’lib olsangiz bo’ldi. Hozirgi paytda, barcha hosting provayderlar blog yoki sayt yaratish uchun bir zumda CMS larni o’rnatish imkonini berayabdi. Bitta-ikkita klik bosganingizdan so’ng o’z saytingizga, blogingizga ega bo’lasiz. Asosiy ishlar undan keyin boshlanadi. Bu maqolada siz blog yuritishdagi asosiy hatoliklar bilan tanishib chiqasiz. Maqolani to’liq o’qib bo’lgach, qo’shimcha savollaringiz bor bo’lsa, shu maqola ostida fikr qoldirishingiz, savol berishingiz mumkin.

Blog mavzusini noto’g’ri tanlash:

Internetda o’zining birinchi shaxsiy blogini yaratmoqchi bo’lganlarning ko’pchiligi blog mavzusini tanlash haqida umuman o’ylamaydi desam hatolashmagan bo’laman.Sababi, internet olamida o’zining blogini yaratish paytida ko’pchilik odamlar asosan bor etiborini :

Qanday qilib shaxsiy  blog yaratish mumkin?

Qanday qilib internetda pul topish mumkin?

Blog uchun qanday shablon tanlash kerak?

Blogni qayerda yaratish mumkin?

Qanday qilib blogni ommaviylashtirish mumkin?

Shunga o’xshash savollarga javob izlagan holda, o’zining blogini yaratishga harakat qiladi. Deylik, blog yaratdi. Endi blogni foydali maqolalar bilan to’ldirishni o’ylashadi. Ana shu yerda ular qiyinchiliklarga duch kelishadi da, o’ylanib o’tirmasdan hayoliga kelgan, o’ziga qiziqarli ko’ringan har xil mavzularga tegishli bo’lgan maqolalarni blogiga joylashtira boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan blog ichidagi maqolalarni o’qiy boshlagan odamlar bir-biriga to’g’ri kelmaydigan mavzulardagi maqolalarni ko’ra boshlaydi. Bu esa blogiga tashrif buyurgan foydalanuvchilarning asosiy maqsadidan yiroqlashtiradi. Aniq qilib aytganda, agar siz blog yaratmoqchi bo’lsangiz, blog mavzusi faqat bitta qilib tanlashingiz kerak. Misol uchun men yaratgan blog mavzusi “Info portal” hisoblanadi. Men shu sayt ichida barcha mavzularga oid  maqolalar yozib boraman. Demak, agar mening blogimga odamlar tashrif buyursa, ularning maqsadi har xil, yani o’ziga kerakli bo’limga o’tib, shu yerdagi maqolalarni o’qishi mumkin. Agar siz barcha mavzular bo’yicha maqolalar yozishni hoxlasangiz, info portal yaratasiz, yoki bitta mavzu tanlaysiz va shu saytingiz mavzusiga oid odamlarga foydali maqolalarno qo’shib borasiz. Agar siz internet biznes mavzusidagi blogingizga avtomobillarni sozlash, qo’shiq aytish haqidagi maqolalarni joylashtirsangiz, bu saytingiz foydalanuvchilariga qiziq bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun blog yaratmasdan oldin, mavzu tanlang. Shunday mavzu tanlang-ki, siz tanlagan mavzu bo’yicha bor bo’lgan barcha savollarga oydinlik kirita oladigan, odamlarga foydasi tegadigan maqolalarni kiriting. Ana shunda gina siz o’zingiz yaratgan blogni yaxshi rivojlantirishingiz mumkin. Men ko’pchilik bo’sh vaqtimni internetda o’tkazaman. Buni xobbi desak ham bo’ladi. Internetga sarflagan vaqtimdan hech ham achinmayman. Sababi, men har kuni internet olami haqida yangi narsalarni o’rganib boraman va o’zimning tajribamda sinab ko’rib, odamlarga foydasi tegadigan maqolalar yozib boraman. Hullas mavzu tanlashda adashmang. Hozirgi paytda internetda yaratmoqchi bo’lgan blog mavzusiga qarab qancha pul topish mumkinligi haqida chama qilib aytib beradigan saytlar ham ko’payib ketdi. Masalan, shunday saytlarning biriga kirasiz va blogingiz uchun tanlagan mavzuni kiritasiz va sizga bir oyda qancha pul topish mumkinligini ko’rsatib berishadi. Asosan, ko’p pul topish mumkin bo’lgan blog mavzulari bular avtomobillar, go’zallik, finans, biznes, meditsina, forex, qurilish. Shu mavzularni tanlab, blog yaratsangiz, siz ko’proq pul topish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Sababi, internetda bunday mavzulardagi bloglar juda ham ko’p va bularning barchasi o’z bloglarini reklama qila boshlashadi. Lekin, bu degani shu ko’rsatilgan mavzulardan boshqasini tanlasangiz, siz blogingizda oz pul topasiz degani emas. Gap sizning qanchalik darajada siz tanlagan mavzuni bilishingizda. Hullas, men faqat info portal mavzusiga, har xil mavzularga oid maqolalarni yozishga qiziqaman va o’zim ham bilmaganlarimni o’rganib boraman. Siz ham shunday qiling. Blogingiz uchun tanlangan mavzu bo’yicha ko’p o’qing, ko’p izlaning.

Agar qo’shiq aytishga qiziqsangiz shu mavzuda blog yarating, bilganlaringizni va endi o’rganayotgan narsalar haqida yozing, kompyuter o’yinlariga qiziqsangiz shu haqida blog yarating, sayoxatga qiziqsangiz shu maqolada blog yarating. O’zingiz qaysi shaharlarda bo’lganligingiz haqida yozing, fotosuratlar joylashtiring. Aniq qilib aytsam, ko’pchilik odamlar o’zi yoqtirgan, o’zi biladigan mavzu tanlamay blog yaratganlar vaqt o’tishi bilan blogni tashlab ketishadi. Sababi, blog mavzusi. Bu mavzuga qiziqmaganligidan shunday qilishadi.

Blogni rivojlantirish uchun internetdagi barcha saytlarda o’z blogiga yo’naltiradigan link qo’yish :

Bir qarashdan bu yaxshi, siz yaratgan blog tomon yo’naltiradigan link qancha ko’p bo’lsa, tashrif buyuruvchilar soni ham ko’payadi. Tanganing ikkinchi tarafi ham borligini unutmang azizlar! Yangi yaratilgan blog uchun ko’plab link qo’yish bu havfli. Dunyoga mashxur izlash sistemalari bo’lgan Google, Yandex saytlari buni avtomatik tarzda payqashadi. Ularning bunday ishlarni bajaruvchi botlari bor. Agar yangi yaratilgan blog uchun linklar soni ko’payib ketsa, izlash sistemalari sizning blogingizga vaqtinchalik ban berishadi. Bu esa sizning blogingizning izlash sistemalaridagi reytingi pastlab ketishiga olib keladi. Hullas, link qo’ymang demayman, qo’ying faqat har kuni bitta, ikkita sizning blogingizga yo’naltiruvchi link qo’ying. Bu esa blogingizning PR vaТИЦ darajalarining oshishiga olib keladi. Internetda sizning blogingizga yo’naltiruvchi linklarni avtomatik tarzda joylashtirib beruvchi saytlar juda ham ko’p. Bu saytlar pul talab qilishadi. Pul to’lagandan keyin esa, ular sizning saytingizga yo’naltiruchi linklarni har kuni  mingtalab qo’yishadi. Bu esa sizning blogingiz izlash sistemalarida (Google,Yandex) ban olishi muqarrar degani. Blog uchun link qo’yishni hoxlasangiz har kuni 2-3 linklarni odamlar ko’p kiradigan saytlarda joylashtiring. Misol uchun, sotsial tarmoqlar.

Blogdagi maqolalarni optimizatsiya qilish:

Siz blog yaratdingiz deylik, ho’sh odamlar sizning blogingizga nima uchun kirishadi? Albatta, blogingizda joylashtirilgan maqolalarni o’qish uchun. Agar siz blogingizdagi maqolalarni yaxshi optimizatsiya qilmasangiz, bu ham foydalanuvchilaringizning sonini bir ko’rsatkichdan yuqorilamasligiga olib keladi. Aniq qilib tushintiradigan bo’lsam, men o’zimning blogimga internetda pul ishlash haqida maqola qo’shmoqchiman. Demak, maqola mavzusi “internetda pul ishlash” agar odamlar Google yoki Yandex da internetda pul ishlash deb yozsa mening blogim shu izlash bo’yicha birinchi o’rinlarda turishi mumkin, agar maqolalar yaxshi optimizatsiya qilingan bo’lsa. Maqola mavzusini yozgandan so’ng, mavzuning asosiy qismini yozishga kirishasiz, boshida mavzuga oid so’z bilan boshlashingiz kerak. Sababi, izlash sistemalari yozgan maqolangizning boshlanishini ma’lumot izlovchilarga ko’rsatib turishadi. Hullas amaliyatda ko’rsataman:

Maqola mavzusi :

Internetda blog yaratish

Maqola boshlanishi boshida:

Internetda blog yaratish uchun bepul va pullik hostinglardan foydalanib ochish mumkin. Blog yaratish uchun pastdagi ko’rsatmalarga amal qilsangiz, siz ham o’z blogingizga ega bo’lishingiz mumkin.

Ko’ryapsizmi, men tanlagan maqola mavzusidagi “blog yaratish” so’zi maqola boshlanishida uch marotaba qaytalangan, maqola mavzus bilan to’rt marta bo’ladi. Bu bilan izlash sistemalari sizning maqolangizni “internetda blog yaratish” qidiruv savoli bo’yicha birinchi o’ringa chiqarib qo’yadi va blogingizga tashrif buyuruvchi odamlar soni ham orta boshlaydi. Google va Yandexda maqolalaringiz birinchi o’rinda turganlari qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Bu blogni rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri. O’ylab ko’ring odamlar internetda ko’pincha qanday so’zlarni yozib, ma’lumot qidirishadi? Eng ko’b qidiriladigan savollarga javob tariqasida maqolani yuqorida aytganimdek qilib maqola yozing. Mana sizga blogingiz uchun yangi va ko’p odamlar deb Google va Yandex maqolangizni birinchi o’ringa chiqarib qo’yishadi. Odamlar asosan izlash sistemalarida birinchi va beshinchi o’rinlarda turgan bloglardagi maqolalarni o’qishadi. Keyingi o’rinlardagi bloglarga esa, agar savollariga javob topa olishmasa gina kirib ko’rishadi. Lekin, maqolalaringiz rostdan ham foydali bo’lishi kerak. Yuqorida ko’rsatganimdek uch qator maqola yozsangiz, blogingizga kirgan odam o’z savollariga javob topa olmay ketib qolishadi. Kelasi safar, qaytib kelishi nomalum. Agar maqolangiz foydali bo’lsa, odamlarni qiziqtirgan savollariga javob topib bera oladigan foydali maqola yozsangiz, ular albatta kelasi safar o’zlarida savollar paydo bo’lganda, birinchi bo’lib sizning blogingizdan izlashadi. Blogingizga joylashtiradigan maqolalarning foyaliligiga birinchi o’rinda e’tibor qarating.Yana e’tibor talab qiladigan narsa bu, hech qachon maqolalar soniga emas, foydaliligiga, sifatiga e’tibor bering. Blogimdagi odamlar sonini ko’paytiraman deb odamlar oz izlaydigan savollariga javob tarzida sifatsiz, foydali emas 100 ta maqola yozib, 20-70 odam blogingizga kelganidan ko’ra, ko’p izlashadigan savollarga javob tariqasida bitta maqolani yaxshilab yozsangiz 100-150 odam har kuni shu bitta maqolangizni o’qish uchun blogingizga kirishadi. Bu aniq! Demak, birinchi o’rinda maqolalar soni emas sifatiga ahamiyat qarating!

Blogning texnik nosozligi:

Blog yaratgandan keyin uning texnik taraflariga ham ahamiyat berib turishingiz kerak. Blog yaratilgandan keyin, uning yaxshi ishlashini ta’minlashingiz kerak. Blogingizda har xil foydasi oz tegadigan plaginlarni o’rnatmang. Bitta-ikkitasiy etib ortadi. Faqat asosiylarin qoldiring. Blog dizayniga (shablon) ahamiyat bering. Dizayn chiroyli bo’lmasa, odamlarga blogingiz yoqmay qolishi mumkin. Blogingiz uchun hosting tanlashda adashmang. Yaxshi xizmat ko’rsatadigan, hech qachon ishdan chiqmaydigan, sifatli hosting xizmatlaridan foydalaning. Blogingizga ko’plab reklama va plaginglarni o’rnatib tashlamang. Aks holda blogingiz ko’proq vaqt ichida ochilishi mumkin. Oldinlari hech e’tibor berib qaraganmisiz, boshqa blog, saytlarga kirganingizda ba’zi bir saytlar ko’p vaqtda ochiladi, ana shu sayt, blog egasi ko’p plagin va reklamalarni joylashtirib qo’ygan bo’ladi. Agar e’tibor bermagan bo’lsangiz, sinab ko’ring.

Blog avtorining hatoliklari:

Blog yaratgandan so’ng, har kuni qiziqarli maqolalarni joylashtirib boring.Sizning vazifangiz faqat maqola qo’shish emas, odamlar yozgan fikrlarni o’qish, ularga javob berish va qo’shimcha paydo bo’lgan savollariga javob berishingiz kerak. Blogingiz foydalanuvchilari bilan har doyim muloqotda bo’ling. Savollariga javob topib bering, mushkulini oson qiling, yordam bering. Blogingizda har xil konkurslarni tashkillashtiring. Hullas, blog bu huddi biznesdek. Avval barchasini o’zingiz bajarasiz. Keyin esa biznesdan daromad olgandan so’ng yordamchi kuchlarni jalb qilasiz. Blog yuritishda ham shunaqa. Faqat internetda blog yaratganingizda aniq qilib ayta olamanki, har kuni bitta qiziqarli, foydali maqola qo’shib borsangiz, bir yil o’tgach, blogingiz orqali daromad olib, meni tanimay ham ketasiz!

Blogni boshqarish katta e’tibor talab qiladi.Yuqorida yozganlarimning barchasiga amal qilib, ishlay olgan odamgina o’z maqsadlariga erishishi mumkin.

2 comments on “Shaxsiy blog yuritishdagi hatoliklar

    1. Arman Esimbaev Post author

      Raxmat. Harakat qilamiz yaxshi maqola chiqishi uchun. Hozirgi paytda ish bilan band bo’lib, saytga yangi maqolalarni joylashtirishga vaqt topa olmayabman. Yaqin orada yangi maqola qo’shishga harakat qilaman. Biz bilan birga qoling!

      Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan