Sotsial tarmoqlarda pul ishlashning 7 yo'li

Sotsial tarmoqlarda pul ishlashning 7 yo’li

Sotsial tarmoqlarda hamma har kuni o’z vaqtlarini maroqli o’tkazish uchun do’stlari bilan gaplashadi, har xil videolarni tomosha qilishadi, yangiliklarni o’qishadi, muhokama qilishadi. Sotsial tarmoqlarda bundan tashqari pul ishlash imkoniyati ham mavjud. Bugungi maqolamizda esa, barcha sotsial tarmoqlar orqali pul ishlash yo’llarini ko’rib chiqamiz.

Sotsial tarmoqlarda pul ishlashning 7 yo’li

1.Like – bu belgi sotsial tarmoqlarda, agar  sizga qaysidir bir maqola, ma’lumot, video yoki rasmlari yoqib qolgan bo’lsa, shu belgini qo’yishingiz mumkin. Shu vaqtgacha siz agar sotsial tarmoqlarda shu belgini bepul Like bosib yurgan bo’lsangiz, endi esa siz buni pul evaziga qilishingiz mumkin. Buning uchun juda ham ko’p pul to’lashmaydi. Lekin, bu ishni bajarish uchun ham ko’p vaqt sarflanmaydi. Qancha ko’p Like bossangiz, undan topadigan foydangiz ham yetarli darajada ko’payishi mumkin.

2.Repost – bu ham deyarlik barcha sotsial tarmoqlarda mavjud. Bunda siz odamlarning joylashtirgan ma’lumotlarini, video va rasmlarini do’stlaringiz bilan bo’lishish hisoblanadi. Like bosish va Repost qilish aslida ikkalasi ham bitta bo’limda bo’lishi mumkin. Repost qilganingiz uchun pul to’lashidan maqsad, reklama qilayotgan odamning o’z guruhini rivojlantirish, guruhiga ko’proq odamlarning tashrif buyurishi va obuna bo’lishi uchun ishlanadi. Misol uchun sotsial tarmoqlardagi akkauntingizda 200 ta odam bo’lsa va siz bitta ma’lumotni Repost qilsangiz, buni barcha do’stlaringiz ko’rishi mumkin. Bunga qiziqqanlar esa shu repost orqali reklama qilinayotgan guruhga o’tib ko’rishadi, ba’zilari esa guruhga obuna bo’lishadi.

3.Sotsial tarmoqlarda o’zingizning shaxsiy guruhingizni ochish. Bundan asosiy maqsad, guruhingizga ko’plab odamlarni to’plab, guruhingizda pullik reklamalarni joylashtirish orqali pul ishlashingiz mumkin. Guruhingizda qancha ko’p aktiv foydalanuvchi bo’lsa, guruhingizda reklama joylashtirish narxi ham shuncha qimmatroq bo’ladi. Bu yo’l bilan pul ishlashingiz uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishlar esa, guruh yaratish, guruhingizga mavzu tanlash, har kuni guruhingizga yangi postlarni joylashtirib borishingiz kerak, guruhingizni rivojlantirishingiz kerak, odamlarni taklif qilishingiz kerak. Buning uchun kamida 6-12 oy vaqtingiz ketadi. Lekin, yaratgan guruhingizni rivojlantirib olsangiz, yaxshigina pul ishlab olishingiz mumkin.

4.Guruh yaratish va uni sotish. Agar sizda qiziqarli mavzularga oid guruh yaratish va uni tezda rivojlantirish qobiliyatingiz bo’lsa, unda siz bir nechta guruhlarni yaratish va uni keyin pulga sotish imkoniyati mavjud. Yaratgan guruhingiz qancha narxda sotilishi, guruh mavzusiga, undagi obunachilar soniga va har kuni guruhingizdan aktiv foydalanuvchilar soniga bog’liq. Obunachilari oz bo’lgan guruhlar deyarlik hech kimga kerak emas. Bunday guruhlarni sotishga urinib ham ko’rmang. Vaqtingiz zoya ketadi.

5.Hamkorlik dasturi – bunda siz bitta kompaniya bilan yoki reklama beruvchilar bilan kelishgan holda uining brendini, kompaniyasini guruhingizda kelishilgan vaqt oralig’ida reklama qilib borasiz va bu uchun reklama beruvchi sizga pul to’lashadi. Bundan tashqari bir kompaniyaning mahsulotlarini sotsangiz, har bir sotilgan maxsulot uchun foyiz olib o’tirasiz. Misol uchun sizda 5000  obunachisiga ega bo’lgan guruh bor, siz hamkorlik dasturi asosida guruhga maxsulot joylashtirasiz. Shu 5000 foydalanuvchingizdan kamida 50 tasi 1000-3000 rubllik maxsulotni sotib olishsalar sizning foydangiz 10.000-30.000 rubl pul ishlab topishingiz mumkin. Qancha pul topishingiz hamkorlik dasturi asosida kelishilgan foizga va sotilgan mahsulot soniga bog’liq.  Qancha ko’p mahsulot sota olsangiz, shuncha foyda ko’ra olasiz.

6.Sotsial tarmoqda internet do’koningizni ochish. Bunda ham oddiygina guruh yaratasiz va obunachilar sonini ko’paytirasiz. Keyin esa, Xitoydan, yani Aliexpress,TaoBao shu kabi internet do’konlaridan arzon narxlarda mahsulot sotib olasiz va keyin esa unga belgilangan foiz qo’yib sotasiz. Internet do’konlardan oladigan maxsulotingiz ko’lami qancha ko’p bo’lsa, ular shuncha arzonroq, chegirmalar bilan sizga maxsulotlarini sotishi mumkin. Eng ko’p sotiladigan va odamlarga foydasi tegadigan va hozirda trendga aylanib borayotgan maxsulotlarni sotishni taklif qilaman. Yana bitta yo’li bu, boshqa odamlarga, yani internet do’konlaridan maxsulotlarni harid qilishni, unlarga pulni qanday to’lashni bilmaydiganlar uchun, siz o’zingiz narsalarni harid qilib, sotib olingan mahsulotlarni esa sizga buyurtma bergan odamlarning shaxsiy uy pochtasiga avtomatik internet do’kon orqali jo’natishingiz mumkin. Bu ishingiz uchun esa, odamlardan xizmat haqi olishingiz mumkin.

7.Sotsial tarmoqlardagi akkauntingizni sotish – agar siz sotsial tarmoqlarda har xil o’yinlarni o’ynaydigan bo’lsangiz, ko’plab o’yinlar siz uchun ochiq bo’lsa, yoki bitta o’yinda yuqori o’rinlarda tursangiz, misol uchun bitta o’yinda turdan-turga o’tishingiz kerak bo’ladi, ba’zilari bu turlardan o’ta olmaydi, kimlardir buni ishlashga erinchoqlik qilishadi va birdaniga yuqori o’rinlarga ega bo’lgan o’yinlarni o’ynashga qiziqishadi. Agar siz ham shunga o’xshash o’yinlar o’ynab, qandaydir yutuqlarga ega bo’lsangiz, unda siz akkauntingizni pul evaziga sotishingiz mumkin. Agar siz sotsial tarmoqlarda har xil o’yinlarni o’ynamaydigan bo’lsangiz, faqat ro’yhatdan o’tgan va telefon raqami tasdiqlangan akkauntlaringizni ham pul evaziga sotishingiz mumkin. Faqat bunda yuqorida aytilgan o’yinlarda yetarli darajada  yutuqlarga erishgan akkauntdan ko’ra kamroq pulga sotiladi. Lekin, bu yo’l bilan pul ishlashingiz mumkin. Hullas, qancha ko’p sim kartaga ega bo’lsangiz, ularning hammasini sotsial tarmoqlardan ro’yhatdan o’tkazasiz va shu akkauntni pulga sotasiz.

Qaysi yo’l orqali sotsial tarmoqlarda pul ishlashni tanlash o’zingizga bog’liq. Agarda yuqorida aytib o’tilgan pul ishlash yo’llarining barchasida ham ishlay olsangiz, sayt yaratmasdan turib ham yaxshigina pul ishlashingiz mumkin.

Sotsial tarmoqlarda yuqoridagi aytib o’tilgan like bosish, guruhlarga qo’shilish orqali pul ishlash imkoniyatini beruvchi saytlar ro’yhatini hozir shu maqola ostida ko’rsatib o’tishim mumkin edi. Lekin, men bundayqilsam, ko’pchilik saytimizning foydalanuvchilari siz bergan saytlardan qanday qilib ro’yhatdan o’tish mumkin, undan keyin nima qilamiz, qanday qilib pul ishlashni boshlaymiz, ishlab topgan pullarni qanday qilib saytdan chiqarib olamiz va shunga o’xshash savollarni ko’p berishadi. Shuning uchun, ertaga, sotsial tarmoqlar orqali pul ishlash imkonini beruvchi bitta sayt haqida to’liq bir maqola tayyorlayman. U maqolani to’liq o’qib, o’rganib bo’lganingizdan keyin, siz be’malol saytdan ro’yhatdan o’tib, pul ishlashni boshlaysiz va ishlab topgan pullaringizni Webmoney yoki Qiwi hamyoningizga qiyinchiliklarsiz chiqarib olishingiz mumkin. Bu maqola orqali siz sotsial tarmoqlar orqali pul ishlab topish mumkinligi va qanday yo’llar orqali pul ishlab topish mumkin ekanligi haqida bilib oldingiz. Ertaga yangi maqolamizda, bitta ajoyib sayt haqida, qanday ro’yhatdan o’tish, pul ishlash uchun nimalarni qilish kerak va ishlab topgan pullaringizni qanday qilib chiqarib olishingizni o’rgataman. Men ko’pchilik saytlardagidek, o’zi uchun referallarni yig’ish uchun saytda faqat linklarni qoldirib qo’ymayman, barchasini birgalikda ko’rib chiqamiz. To’g’ri, men ham bu bilan referallarni yig’aman, lekin qandaydir qiyinchiliklar paydo bo’lsa, har doyim yordam beraman. Bu sizga ham, menga ham foyda deb o’ylayman. Men saytimda faqat ishonchli va sinalgan pul ishlab topish mumkin bo’lgan saytlar ro’yhatini kiritaman. Shuning uchun, ertangi maqolamizning chiqishini kutib qoling. Ha aytgancha! Sizda sotsial tarmoqlarda akkauntingiz bormi? Ular sizga juda qadirlimi? Aytmoqchi bo’lganim, agar sizning sotsial tarmoqlardagi akkauntingiz sizga unchalik qadirli,zarur bo’lmasa bo’ldi, sababi ertaga siz pul topadigan saytdan ro’yhatdan o’tib, ish boshlaganingizda, sotsial tarmoqlardagi shaxsiy kabinetingiz har xil odamlarning reklamariga to’lib ketishi mumkin. Agar sizning sotsial tarmoqlardagi akkauntingiz sizga kerak bo’lsa, yani kerak bo’lmagan reklamalarni joylashtirishni hoxlamasangiz, o’zingizga yangi akkaunt yaratib oling, unga 3-5 ta rasm joylashtiring va 10 ta do’st qo’shib qo’ying. Bu yangi yaratilgan akkauntingiz huddi chinakam foydalanuvchisiga egadek ko’rinsin. (Aslida esa bu feik akkaunt). Demak, bugun bajarishingiz kerak bo’lgan ishlar mana topildi. Ertacha yuqorida aytganlarimni bajarishga harakat qiling!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan