Wordpressda sayt yaratish 1-dars

WordPressda sayt yaratish №1 dars

Sayt ochishni hoxlo’vchilar uchun, umuman sayt yaratishga qiziqadigan insonlar uchun, internetda wordpress orqali sayt yaratish darsliklarini ketma-ketlikda boshidan (noldan) boshlab o’rganish va darsliklarning ohirida o’zingiz hoxlagandek sayt yaratish va internetda o’zingiz yaratgan saytingiz orqali pul ishlash bo’yicha darsliklarni boshlaymiz. Har bir darslikni yaxshilab o’rganib chiqishingizga to’g’ri keladi. Sababi, vaqt o’tgach, boshida yo’l qo’yilgan hatoliklar sayt yaratishda noqulayliklar, qiyinchiliklar va muammolar keltirib chiqishi mumkin. Bugun esa, siz men taklif qilayotgan WordPress CMS da sayt yaratish, WordPress bilan tanishib chiqish, bu CMS ning qulaylik va afzallik taraflari, hozirgi paytda kimlar bu CMS dan foydalanib sayt yaratganliklari va sizga bu CMS qanday imkoniyatlar berishi haqida dastlabki tushunchaga ega bo’lasiz.

WordPress – asosan internetda shaxsiy blog yaratish imkonini beruvchi tayyor CMS dir. Agar siz dasturlash tillarini, html va css, c++, php o’rgana olmagan bo’lsangiz, yoki o’rganish qiyin bo’layotgan bo’lsa, hech ikkilanmasdan WordPress da sayt tayyorlashni o’rganing. WordPress – juda katta imkoniyatlarga ega CMS dir. Bu CMS asosan blog yaratish uchun yaratilgan bo’lsa ham, ozgina bilim va ko’nlikmalarga ega bo’lish evaziga siz WordPress da boshqa saytlardan qolishmaydigan darajada, mukammal sayt yaratishingiz mumkin. Hozirgi paytda bu WordPress CMS da qanday mashxur saytlar yaratilganligini bilishni hoxlasangiz: Dunyoga mashxur bo’lgan yangiliklar sayti The New York Times saytini olib qaraydigan bo’lsak, bu sayt aynan WordPressda yaratilgan va hozirgi paytgacha shu CMS dan foydalanishib kelishmoqda. Bundan tashqari O’zbekistonda saytlarning deyarlik 70 foizi shu WordPress da yaratilmoqda, shu jumladan mening saytim ham WordPress tizimida ishlaydi.

Saytni boshqarish imkonini beruvchi CMS lar soni juda ham ko’b, lekin ularning ichida hozirgi paytda ko’p foydalanuvchilariga ega, ko’pchilik uchun qulay bo’lgan CMS lar nomi e’lon qilindi. Pastda eng maxshur bo’lgan CMS larni yozaman. Ularning qaysi birini tanlash esa, o’zingizga bog’liq. CMS larni tanlash imkoniyati juda qiyin bo’ladi va ularning ichida hozirda maxshurlikga ega bo’lganlar soni ham yetarli darajada, eng asosiysi, shoshqaloqlik qilmasdan, o’ylanib, bir qarorga kelib, o’zingiz uchun tushunarli, qulay va siz hoxlagan CMS ni tanlashingizni tafsiya qilaman.

Sayt yaratish uchun tayyor CMS lar ro’yhati

1. WordPress

2. Joomla

3. DLE

4. Drupal (DataLife Engine)

5. ModX

6. NetCat

7. UmiCms

Men yuqoridagi CMS larning barchasini foydalanib, sinab ko’rdim va bir qarorga keldim. Barchasini ham saytimni internetga joylashtirishdan oldin, kompyuterimga Denwer dasturini o’rnatib, har bir CMS dan foydalanib sayt yaratib ko’rdim. Har biri o’ziga hos xususiyatlarga ega. Lekin, ularning orasida menga eng maqul bo’lgani, bu WordPress dir. Boshida Joomlani tanlagandim, lekin, boshidan-oq qiyinchiliklar paydo bo’ldi. Saytingizda o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritish uchun har xil kodlarni yozib kiritishga to’g’ri kelar ekan. Bu esa vaqt o’tgach bosh og’rig’ini olib keldi. (Ba’zilari uchun bu juda oson bo’lishi mumkin, lekin men uchun emas!). DLE dan foydalanib ko’rdim. Bu qulay CMS ligini bilaman, sayt shablonini o’zgartirish, sayt tilini o’zgartirish uchun shablondagi fayllarga kirib o’zgartirish kiritsangiz bo’ldi. Bu CMS katta qulayliklarga ega. Lekin, agar siz DLE CMS ni internetdan bepul yuklab olgan bo’lsangiz, yuklash paytida saytda bu CRACK (o’g’irlangan va qayta ishlangan) versiyasi deb yozib qo’yibdi va hech qanday sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarga javob bermasligi haqida yozib qo’yishibdi va DLE ning o’zlarining saytida bu CMS pullik hisoblanadi, internetdagi bepul versiyalari esa biz tomonimizdan tarqatilmagan va tarqatilmasligi haqida yozib qo’yishibdi. Bunday bepul DLE CMS ni sizga o’xshagan, dasturlash tillaridan xabari bor insonlar CMS ga o’zgartirishlar kiritib, noqonuniy tarzda internetga joylashtirishgan. Agar DLE ni o’rnatib sayt yaratib ko’rgan bo’lsangiz, CMS ichida keraksiz kodlar, boshqa saytlarga eltuvchi link (ссылка) lar borligini ko’rishingiz mumkin. Siz bu kodlarni olib tashlashingiz mumkin. Lekin, bu CMS da yashirin tarzdagi kodlar ham bor, bir qarashdan siz ularni payqay olmaysiz, bu yashirin kodlar so’zlardan iborat emas, har xil raqamlar, belgilardan iborat bo’ladi, maxsus dasturga bu kodni kiritib ko’rsangiz, bu boshqa saytlarga eltuvchi linklar bo’lib chiqadi. Bunday qilishdan maqsad DLE ning CRACK versiyasini ishlab chiqgan odamlarning saytiga, siz yaratgan saytingizdan qo’shimcha odamlar tashrif buyurishi uchun shunday qilingan va o’zlarining saytini reklama qilish uchun ham ishlatilgan. Ichidagi kodlarini bilib-bilmasdan o’zgartirib qo’ysangiz, saytingiz ishlamay qolishi ham mumkin (menda shunday bo’ldi). Bu DLE ning CRACK versiyasini yaratuvchilarning ishi albatta.

Bundan keyin esa men WordPress CMS ni tanladim. Bu CMS bepul hisoblanadi va hech qanday pul to’lashingiz shart emas. Hattoki bu CMS ni yaratuvchilarning saytida ham qonuniy, ishonchli WordPress CMS ni yuklab olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, har xil tayyor plaginlar (saytni boshqarishda qulayliklar yaratish imkonini beradi), sayt uchun shablonlar mavjud. WordPress tez vaqt ichida yangi versiyalarini yaratib turadi. Bu CMS yangilangani sari, qo’shimchalar, qulayliklar, mavjud bo’lgan kamchiliklar to’ldirilib boriladi va agarda sizda qandaydir qiyinchiliklar, WordPress bo’yicha muammolar paydo bo’lsa, uning yechimini topish uchun internetda ko’plab darsliklar mavjud (rus va inglis tillarida). O’zbek tilidagi darsliklar esa, asta-sekin rivojlanib, internetga joylashtirilib borilmoqda. Ba’zilari esa, WordPressda oson sayt yaratish degan mavzuda infokurs yaratib, bularni pulga sotishmoqdalar! (Juda kulguli va qayg’uli). Chunki hozirda bepul darsliklar soni tiqilib yotibdi. O’qib o’rganish qoldi holos! Ba’zilari esa, rus tilini bilmasligi oqibatida O’zbek tilidagi darsliklarni sotib olishmoqda! (Rus tilidan o’zbek tiliga o’girib berganlari uchun pul to’lashmoqda!). Agar rus tilidan qiyinchilik bo’lsa, mana bugun WordPress tizimida sayt yaratish bo’yicha bepul darsliklar ketma-ketligini tayyorlayabman. Faqat gina, sizdan chidam, sabr, bilim, ishtiyoq, vaqt va qiziqish bo’lsa bo’ldi.

Hulosa qilib aytadigan bo’lsak, agar siz internetda sayt yaratish uchun CMS larni tanlashda qiyinchiliklarga uchragan bo’lsangiz, bir qarorga kela olmayotgan bo’lsangiz, men sizga WordPressda sayt yaratishni taklif qilaman va bu CMS dan foydalanib sayt yaratishni bepul o’rgataman!

Bu WordPressning boshqa CMS lardan farqi – qulay interfeysga ega, bu CMS orqali har bir inson, qanday kasb bilan shug’illanishidan qat’iy nazar, o’z saytini yaratishi mumkin.

WordPressda sayt yaratishga 6 ta sabab

  1. Bu tayyor CMS da, jumladan WordPressda sayt yaratish bir qancha qulayliklar yaratadi va siz sayt yaratishingizda katta qulayliklarga ega. Kompyuterda har xil kodlarni kiritib, HTML, PHP, CSS va boshqa dasturlash tillarini o’rganib, sayt yaratish uchun ancha vaqtingiz ketadi va qiyinchiliklar tug’diradi. WordPressdan foydalanib esa siz 1 kundayoq o’zingizning shaxsiy saytingizni o’z qo’llaringiz bilan yaratishingiz mumkin!
  2. Agar saytga maqolalar qo’shish kerak bo’lsa, dastlab Word da tayyorlab olasiz va hech qanday qiyinchiliklarsiz, o’zgarishlarsiz WordPressga joylashtirib, saytingizga yangi maqolalar qo’shishingiz mumkin. Yozgan maqolalaringiz hech qachon o’zgarib ketmaydi! Word da qanday yaratgan bo’lsangiz, huddi shunday qilib WordPress tizimiga joylashtiriladi.
  3. WordPress CMS ni o’rnatish 5 daqiqani talab qiladi va saytingizni admin panelidan boshqarish qulayliklari ham yaratiladi. Hech qanday kodlarni kiritish kerak emas, yoki boshqalarning yordami ham kerak emas, bor yog’i siz 5 daqiqa ichida o’zingizning saytingizga ega bo’lishingiz mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan, 1 kunda yaratasiz deganim esa, bu WordPressni 5 daqiqada o’rnatib bo’lganingizdan keyin, saytni o’zingiz hoxlagandek qilib o’zgartirish, o’zingiz yoqtirgan shablon va plaginlarni o’rnatish uchun sarflanadi.
  4. Sayni boshqarishda qulayliklar yaratish imkonini beruvchi tayyor plaginlar bor. Ularni boshidan boshlab kodlarni yozib, yaratish shart emas, keraklisini WordPress.com saytidan yuklab olib, o’rnatib olasiz. Tayyor shablonlar ham bor. Yana bitta avzallik tarafi, siz shablon yuklab olgach, saytingizning mobil versiyasi ham ishga tushadi. Bu esa yana bir katta qulaylikdir. Ba’zilari faqat mobil telefonlar uchun va kompyuter uchun alohida sayt yaratishadi, bu CMS da esa hammasi bittada! Hozirgi paytda odamlar asosan mobil telefonlari orqali internetga kirishadi. Agar sizning saytingizning mobil versiyasi yo’q bo’ladigan bo’lsa, undagi ma’lumotlarni o’qish, saytingizni mobil telefonlardan kirib foydalanishda noqulayliklar yaratadi. WordPressda esa mobil va kompyuter versiyasi tayyor holda!
  5. O’zbek tiliga o’zgartirish ham juda qulaydir. Hozirda O’zbekistonliklar ham WordPressning O’zbek tilidagi versiyasini ham joylashtirishdi. Agar rus tilini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, tayyor O’zbek tiliga o’girilgan versiyasini yuklab olishingiz mumkin. Hattoki boshqa tillarda ham sayt yaratishingiz mumkin. Masalan, bitta yaratgan saytingizning 3-5 ta tillardagi versiyasini yaratishingiz mumkin. Buning uchun ham tayyor plaginlar bor.
  6. SEO – saytingizni izlash sistemalarida rivojlantirish, saytingizni ommaviylashtirishda ham qulayliklarga ega. Saytingizga joylashtirgan har bir maqolalaringiz, ma’lumotlaringiz izlash sistemalarida hech qanday qiyinchiliklarsiz, 2-3 kun ichida paydo bo’ladi. Boshqa CMS lar ortiqcha kodlarning mavjudligi sababli, izlash sistemalarida ba’zi bir maqolalari, ma’lumotlari chiqmay qoladi. WordPressda esa bunday muammo yo’q.

Bularning barchasini bila turib, qanday qilib WordPress tizimini tanlamasligim mumkin. Bu sayt  aynan WordPress tizimida yaratilgan. Saytim bir qarashda oddiy bo’lishi mumkin, lekin men buni o’zim hoxladim. Agar maqolalar yozishdan tashqari bo’sh vaqt topsam, saytimga qo’shimcha o’zgartirishlar kiritaman. Siz mening saytimga qarab, bu juda oddiy sayt-ku, hech qanday o’zgacha narsa yo’q deyishingiz mumkin, men faqat WordPressning asosiy imkoniyatlaridan foydalanib sayt yaratdim, agar sizda qo’shimcha vaqt bo’lsa, o’zingiz hoxlagandek, o’zgacha dizaynda sayt yaratishingiz mumkin. Bu faqat sizning qiziqishingiz, hoxishingiz va fantaziyangizga bog’liq. Mening saytimga o’zgacha narsa kerak emas, odamlar mening saytimga foydali maqola, ma’lumot olish uchun kelishadi va hech qanday qiyinchiliklarsiz, kerakli ma’lumotlarini olishadi, men ham ular ham rozi. Sayt yaratishda juda ko’p plaginlardan foydalanmaslikni tafsiya etaman, chunki plaginlar qancha ko’p bo’lsa, saytingizning ishlashi va ochilishi sal ko’proq vaqt talab qilinadi. Mening saytimda esa plaginlar soni 3-4 ta va saytim ham tez ishlaydi, odamlar foydalanishi uchun ham qulay.

Bir kun ichida saytingizni chiroyli qilish iloji yo’q. Yaratgan saytingiz haqida fikrlarni, saytga kelgan foydalanuvchilaringizdan so’rang, ular hammasini aytishadi, qaysi biri yoqmayabdi, qanday noqulayliklar kelib chiqmoqda. Shularni o’rganib saytingiz vaqt o’tib mukammal darajaga yetadi. Yaratgan saytingiz o’zingizga yoqishi mumkin, lekin odamlar fikri ham kerakli.

Hozirgi paytda WordPress CMS dan foydalanib sayt yaratgan insonlarning soni yer sharining 80% egallaydi, o’zim esa 2017 yildan beri foydalanib kelayabman. Hozirda saytim odamlarga qulay ekanligiga aminman, chunki saytimdan foydalanuvchilar tarafidan yoqimli fikrlarni o’qiyabman.

Agar siz sayt yaratishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda hech ikkilanmasdan WordPress tizimini tanlang va vaqt o’tgach bu qaroringiz to’g’ri ekanligiga guvoh bo’lasiz! WordPressda sayt yaratishni o’rganish uchun esa biz bilan birga bo’ling va saytimizga qo’shilib boradigan WordPressda sayt yaratish darsliklarini o’qib, o’rganib mukammal sayt yarating!

Bu birinchi darsligimiz, CMS tanlash, saytni yaratishda nimadan boshlash kerakligi haqida ma’lumot beradi. Agar siz WordPress tizimini tanlagan bo’lsangiz, u haqida mening saytimdan tashqari qo’shimcha ma’lumotlarni qidirib, o’qib ko’ring. WordPress.com saytiga kirib CMS ning ohirgi versiyasini yuklab oling va agarda sizda Denwer dasturi kompyuteringizda bor bo’lsa, WordPressni o’rnatib ko’ring, plaginlar bilan tanishib chiqing, WordPress uchun yaratilgan shablonlarni yuklab olib o’rnatib ko’ring! Agar siz Denwer dasturi haqida umuman hech qanday ma’lumotlarga ega bo’lmasangiz, keyingi sayt yaratish haqidagi ikkinchi darsimizda, hech qanday hosting va domenlarsiz va internetga ulanmasdan turib, kompyuteringizda WordPress dasturini o’rnatib, sayt yaratishni o’rganib olasiz! Eng qizig’i hali oldinda.

Bugungi WordPressda sayt yaratish haqidagi birinchi darsimiz sizga foydali bo’ldi degan umidtaman. Agar da sizda qo’shimcha savollar, fikrlar yoki muammolaringiz bo’lsa, hech ikkilanmasdan pastda shu maqolada fikr, savol qoldiring va men har biringizga javob beraman!

2 comments on “WordPressda sayt yaratish №1 dars

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan