Denwerda sayt yaratish 2 dars

WordPressda sayt yaratish №2 dars

WordPressda sayt ochish bo’yicha yaratilgan ikkinchi darsimizda siz hech qanday internetga ulanmasdan, hech qanday pullik va bepul hosting va domenlarsiz, o’zingizning shaxsiy kompyuteringizda dastlabki, eng birinchi saytingizni yaratishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni beruvchi kompyuterlar uchun dastur yaratilgan. Bu dasturni siz kompyuteringizga o’rnatib olganingizdan so’ng, birinchi darsligimizda aytib o’tgan har xil CMS larni internetdan yuklab olib, har birini sinab ko’rish imkoniyatiga egasiz va o’zingizga qulay CMS ni tanlash va sayt yaratishingiz mumkin, sayt bo’yicha ishlanishi kerak bo’lgan hamma ishlarni, o’zgartirishlarni, plagin va shablonlarni o’rnatib olganingizdan so’ng, tayyor saytingizni butun dunyo ko’rishi uchun, internetda hosting va domen sotib olib, hostingga ko’chirish qoldi holos. Keyin esa, siz saytingizga yangi maqolalar qo’shib, saytingizni rivojlantirish bilan shug’ullanaverasiz. Ba’zilari, pullik hosting va domenni sotib olishadi, oradan vaqt o’tgach (1 hafta-1oy), hostingda CMS o’rnatadi (1kun), keyin esa saytini o’ziga yoqadigan qilib o’zgartirishlar, yangiliklar, shablonlar kiritishadi (1-3 kun), keyin esa saytga ma’lumotlar qo’shishga harakat qilishadi (1 hafta – dastlabki maqolalarni tayyorlash uchun). Qarabsiz-ki oradan yetarli darajada vaqt o’tib ketadi, hosting va domen uchun to’langan pul esa, hech qanday xizmatlardan foydalanmasdan yo’qolib ketaveradi. Shuning uchun eng asosiysi, saytingizni hech qanday pul evaziga hosting va domen sotib olmasdan turib, o’zingizning kompyuteringizda internetga ulanmasdan turib yaratib, tayyorlab oling. O’zgartirishlarni kiriting, o’zingizga yoqadigan shablon va plaginlarni kiritib ko’ring, agar saytingiz asosan maqolalar bilan to’ldiriladigan bo’lsa, shoshilmasdan, o’ylanib saytingiz uchun 1 hafta oldinga qilib maqolalarni tayyorlab qo’ying. Bugun esa, kompyuteringizga local server yaratish imkonini beruvchi dasturni qanday qilib o’rnatish haqida o’rganib olasiz

Denwerni kompyuterga o’rnatish

1. Birinchi bo’lib kompyuteringizga Denwer dasturini internetdan yuklab olishingiz kerak. Buning uchun Google yoki Yandexga kirib “Denwer скачать” deb yozib, yuklab olishingiz kerak.

2. Kompyuteringizga Denwerni yuklab olganingizdan so’ng esa, uning ichiga kirib, dasturni ishga tushiring. (.exe ko’rinishidagi faylning ustiga ikki marotaba bosishingiz kerak)

3. Dasturni o’rnatuvchi sizdan “Вы действительно хотите установить базовый пакет?” deb so’raydi, keyin esa “Да” tugmasini bosing. Keyin esa, oq rangdagi yozuvlardan iborat qora rangdagi  ko’rinish chiqadi. Buni pastdagi rasm orqali ko’rishingiz mumkin.

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

4. Undan keyin esa yuqiridagi rasmda ko’rsatilganidek, “Enter” tugmasini bosasiz. Bu ishni bajarganingizdan so’ng, server sizning kompyuteringiznig qaysi bo’limiga o’rnatilishi kerakligi haqida so’raydi. Hech qanday o’zgartirishlarsiz “C\WebServer” ga o’rnatishingiz mumkin, yoki o’zingiz hoxlagan bo’limga o’rnatishingiz mumkin. Misol uchun men “D\Server” bo’limiga o’rnataman (sizga ham shunday qilishni taklif qilaman, keyin men o’rnata olmayabman degan savollardan yiroq bo’lish uchun).

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

5. Dasturni o’rnatadigan bo’limni tanlab olganingizdan keyin “Enter” tugmasini bosing. Dasturni o’rnatishda kerakli bo’lgan bo’limni tanlaganingiz haqida aniqlik kiritish uchun, siz “y” (igrik) tugmasini bosing va “Enter” tugmasini bosasiz.

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

6. Keyin esa dasturni o’rnatuvch virtual disk haqida yozuvlarni chiqaradi, hech ikkilanmasdan “Enter” tugmasini bosing. Endi sizga endi yaratilayotgan va avval kompyuteringizda yo’q bo’lgan virtual disk nomini tanlashingiz kerak. Iloji boricha eng ohirgi alifbo harflarini tanlang, masalan “X”, “Y” yoki “Z”. Chunki, agar siz kompyuteringizga har xil USB moslamalarini ulasangiz, har xil ketma-ketlikdagi disklar nomi chiqadi. Boshingizni og’ritmasdan virtual disk nomini “Z” deb oling.

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

7. Keyin esa bir marotaba “Enter” tugmasini bosing. So’ng pastdagi rasmga o’xshash ko’rinish chiqadi.

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

8. Bundan keyin yana “Enter” tugmasini bosing. Undan so’ng esa, siz tanlagan bo’limga fayllarni yuklash, nusxalash, o’rnatish ishlari avtomatik boshlanadi. Bu ishlar bajarilib bo’lgach, pastagi rasmdagidek ko’rinish chiqadi:

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

Bu yerda “1” raqamini kiriting va “Enter” tugmasini kiriting.

9. Bundan keyin dasturni o’rnatuvchi sizdan “Создать ярлыки на Рабочем столе для запуска Денвера (y/n)?”, bunda “y” (igrik) ni yozing va “Enter” tugmasini bosasiz. Bunda Denwer dasturi sizning kompyuteringizning ish joyiga joylashtiriladi va bu dasturni izlab yurmasdan to’g’ridan-to’g’ri ish joyidan kirib foydalanish qulayliligini yaratadi. Bu ishlarni bajarib bo’lganingizdan so’ng esa, dasturni o’rnatuvchi ishi tugaydi va “Денвер успешно установлен” dega mavzuda kompyuteringizdagi brauzer ochiladi, uni o’chirib tashlashingiz mumkin. Bo’ldi, bu ishlardan so’ng siz kompyuteringizga Denwerni o’rnatib bo’ldingiz.

Denwerni ishga tushirish va Denwer local serverining ishlashini tekshirish

1. Endi kompyuteringizning ish joyiga o’tasiz (Рабочий стол). Bu yerda yangidan o’rnatilgan dasturingizning rasmi (ярлык) bo’lishi kerak

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

2. “Start Denwer” ni ochib, Denwerni ishga tushirishingiz kerak. Keyin esa kompyuter monitoringining eng pastdagi o’ng tomonida qalam va qalpoqch paydo bo’ladi.

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

3. Agar bu belgilar aytilgan joyda paydo bo’lgan bo’lsa, Denwerning ishlashini tekshirishingiz mumkin.

4. Kompyuteringiz brauzerida (Google Chrome, Opera Mini, Firefox) “localhost” degan yozuvni kiritib “Enter” tugmasini bosing. Agar siz Denwerni yuqorida ko’rsatilganidek to’g’ri o’rnatgan bo’lsangiz, unda “Урф, заработало!” dega yozuvni ko’rasiz, yoki brauzeringizda test1.ru degan adresni kiriting va pastdagi rasmdagidek ko’rinish chiqishi kerak:

Wordpressda sayt yaratish 2 dars

Agar sizning brauzeringiz yuqoridagi rasmdagidek ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa, demak sizning Denwer dasturingiz to’g’ri ishlayotgan bo’ladi. Tabriklayman! Siz kompyuteringizga Denwer local serverini o’rnatdingiz!

Bugungi darsimiz sizga qiziqarli va foydali bo’ldi deb o’ylayman. Keyingi darsimizda esa, siz kompyuteringizga o’rnatgan Denwer local serverga WordPress CMS ni qanday qilib o’rnatish kerakligi haqida bilib olasiz. Biz bilan birga bo’ling va o’zingiz hoxlagandek sayt yaratishni o’rganing. Bugungi darsligimiz bo’yicha qo’shimcha savollaringiz yoki qiyinchiliklar paydo bo’lsa, pasta shu maqola ostiga o’z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan