WordPressda sayt yaratish №3 dars

Sayt ochish bo’yicha ikkinchi darsligimizni o’qib, o’rganib va kompyuteringizga Denwer local serverini o’rnatib olgan bo’lsangiz, bugungi darsimizda siz Denwerga WordPress CMS ni qanday qilib o’rnatish kerakligi haqida bilib olasiz. Agar siz bundan oldingi darsimizdagi bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni hali amalga oshirmagan bo’lsangiz, bu darsni bajara olmaysiz. Chunki, kompyuteringizda WordPressni o’rnatish uchun local server kerak bo’ladi. Uni qanday qilib o’rnatish esa bundan oldingi darslikda ko’rsatilib o’tilgan. Demak, agar siz ikkinchi darslikdagi ishlarni to’liq bajargan bo’lsangiz, WordPress CMS ni kompyuterga o’rnatishni boshlaymiz.

WordPress CMS ni Denwer local serveriga o’rnatish

1. Eng avvalo, siz WordPress CMS ni kompyuteringizga eng ohirgi versiyasini yuklab olishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun siz wordpress.com saytiga kirib, CMS ni yuklab olishingiz mumkin.

2. Engi esa, “D:\Server\home\localhost\www\” bo’limiga kirib “web” deb nomlangan papka yaratamiz va yuklab olingan WordPress CMS papkasi ichidagi barcha fayllarni shu yerga “web” papkasi ichiga ko’chiramiz. E’tibor bering! Siz yaratgan “web” papkasi ochganingizda ichida “wp-admin”, “wp-content”, “wp-includes” va boshqa fayllar joylashgan bo’lishi kerak. Ba’zilari, “web” papkasini yaratgach, uning ichiga yana “wordpress” degan papkani ko’chirishadi, uning ichida esa yuqorida yozilgan “wp-content” va shunga o’hshash fayllar joylashgan bo’ladi. Agar siz ham shunday qilgan bo’lsangiz, bu hatolik xisoblanadi va saytingiz kompyuterda ishlamay qoladi va siz Denwerga WordPressni o’rnata olmaysiz. Agar siz “web” papkasini ochganingizda “wp-content” va shunga o’xshash fayllarni ko’rsangiz demak siz ishni to’g’ri bajargan bo’lasiz!

Wordpressda sayt yaratish 3-dars

3. Endi esa siz Denwer local serverini ishga tushirishingiz kerak. Buning uchun kompyuteringizdagi “Start Denwer” tugmasini bosishingiz kerak bo’ladi.

Wordpressda sayt yaratish 3-dars

4. Eslab qoling! Kompyuteringizda sayt yaratish bo’yicha, saytni sozlash va o’zgartirishlar kiritish uchun, saytingizga kirish uchun har doyim Denwerni yoqib qo’yishingiz kerak bo’ladi. Har doyim kompyuteringizni yoqib, sayt bilan shug’illanish uchun eng avvalo Denwerni yoqib oling. Aks holda, sizning saytingiz kompyuteringizda ishlamay qoladi.

5. Agar siz “Start Denwer” tugmasini bosib, uni ishga tushirgan bo’lsangiz, unda “Restart Denwer” tugmasini bosing. Keyin esa sizning kompyuteringiz monitorida, o’ng tarafda, soat ko’rsatkichi yonida ikkita belgi paydo bo’ladi:

Wordpressda sayt yaratish 3-dars

6. Endi esa kopmyuteringizda o’rnatilgan brauzer orqali «http://localhost/tools/phpmyadmin/» manzilini kiritishingiz kerak. Brauzeringizda saytingiz uchun ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini beruvchi programma ishga tushadi.

7. Ma’lumotlar bazasini “web” deb nomlaymiz va “Создать” tugmasini bosasiz.

Wordpressda sayt yaratish 3-dars

8. Brauzeringizda “БД web была создана” yozuvi chiqadi. Endi esa WordPress CMS ni sozlashimiz kerak bo’ladi.Buning uchun kompyuteringizda avval yaratgan “web” papkasini ochishingiz kerak. (Brauzerda emas, kompyuteringizda ochishingiz kerak). Yaratgan papkangizning manzili “D:\Server\home\localhost\www\web” shu yerda joylashgan bo’lishi kerak. Bu yerda siz wp-config-sample.php faylini topishingiz va uni Notepad++ dasturida ochishingiz kerak. Agar sizning kompyuteringizda bu dastur o’rnatilmagan bo’lsa, internet orqali izlab, uni yuklab olib, kompyuterga o’rnatishingiz mumkin.

Agar da bu dasturni topa olmasangiz yoki boshqa muammolar paydo bo’lsa, unda kompyuteringizdagi “Блокнот” dan foydalanib, yuqorida aytilgan “wp-config-sample.php” faylini ochishingiz mumkin. Notepad++ dasturining avzallik taraflari shundaki, har bitta yozilgan “kod” larni alohida ko’rsatadi va nomerlangan bo’ladi, bu esa faylga kodlarni kiritishda oson bo’ladi. “Блокнот” dan foydalanib, faylni ochsangiz barcha “kod” lar ketma-ket yozilgan bo’ladi va kerakli bo’limni topishda va foydalanishda qiyinchilik yaratadi. Shuning uchun, ozgina vaqtingizni ajratib Notepad++ dasturini o’rnatib olishingizni tafsiya etaman va barcha ishlarni, WordPress CMS fayllariga o’zgartirishlar kiritishda shu dasturdan foydalaning, bu ishingizni yengillashtiradi va mavjud bo’lgan, sizga hali tushunarsiz bo’lgan “kod” lardan boshingiz og’rimaydi.

Wordpressda sayt yaratish 3-dars

9 “wp-config-sample.php” faylini Notepad++ dasturi orqali ochganingizdan keyin, pasta yozilgan “kod” larga o’xshash bo’limni topishingiz kerak, topganingizdan keyin u yerdagi “kod” larga o’zgartirish kiritishingiz kerak. Yani, siz o’rnatmoqchi bo’lgan WordPress CMS ning “web” papkasida joylashganligi haqida kodlar orqali yozishingiz kerak. Agar bunga qiynalsangiz, “wp-config-sample.php” fayli ichidagi yozilgan pastagiga o’xshash joyni topib, pasta yozilgan kodni ko’chirib olib, o’zgartirishingiz kerak. (Ba’zilari shu yerda muammoga uchrashadi, aniq qilib aytadigan bo’lsak, pastdagi kodni “копировать” qilib olasiz va “wp-config-sample.php” da shu kodni topib “заменить” qilasiz)

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
 // ** Настройки MySQL - Вы можете получить их у вашего хостера ** //
/** Имя базы данных для WordPress */
define('DB_NAME', 'web');
/** MySQL имя пользователя */
define('DB_USER', 'root');
/** MySQL пароль базы данных */
define('DB_PASSWORD', '');
/** MySQL сервер - иногда требуется изменять это значение. например на Мастерхосте */
define('DB_HOST', 'localhost');
/** Кодировка базы данных, используемая при создании таблиц. */
define('DB_CHARSET', 'utf8'); </рre>

10. Yana siz yaratmoqchi bo’lgan saytingizni himoyalash uchun, “wp-config-sample.php” fayli ichida joylashgan “izmenite na unikalnuyu frazu” bo’limini topib, o’zgartirish kiritishingiz kerak. Bu “kod” qanday bo’lishi pastda ko’rsatilgan.

1
2
3
4
define('AUTH_KEY', 'izmenccfg2sdfsdf34hfghite eto na unikhfghalnuyu frazu');
define('SECURE_AUTH_KEY', 'izmxenrwerifghfhdsfste eto nhdhfga unikalnuyu frazu');
define('LOGGED_IN_KEY', 'izmenfghwssdfsdrewfgixxte eto na ufghfgnikalnuyu frazu');
define('NONCE_KEY', 'izmenitecfghwfsdfsdfsdferwfghfghg eto na ungfhikalnuyu frazu'); </рre>

Bu “kod” larni shunday qilib o’zgartiring, bunday “kod” hech kimda topilmasin. Yuqorida ko’rsatilgan “kod” ni olib, qo’yishingiz shart emas, o’zingiz o’ylab toping va albatt har biri o’zgacha bo’lishi kerak.

11. Endi esa o’zgartirishlarni kiritib bo’lgach, “кодировка” bo’limiga kirasiz va “Кодировать в UTF-8 (без BOM)” bo’limini tanlang.

 Wordpressda sayt yaratish 3-dars

12. Endi shu faylni boshqa nom bilan “web” papkasi ichiga “wp-config.php” deb nomlab saqlashimiz (сохранить) kerak. Eslatma! “wp-config-sample.php” fayli qayerda joylashgan bo’lsa, shu yerga saqlashingiz kerak.

 Wordpressda sayt yaratish 3-dars

13. Faylni saqlab (сохранить) olganingizdan so’ng, brauzeringizda “localhost/web” manzilini kiriting va sizda WordPress CMS ni o’rnatuvchi dastur ochiladi. Qanday qilib o’rnatish kerakligini pastagi rasm orqali ko’rib oling va siz ham o’sha joylarga o’zgartirish kiriting! “Название блога” – bo’limiga saytingizning nomini kiriting! “Ваш email” – bo’limiga o’zingizning email adresingizni kiriting! “Установить WordPress” – bo’limini yuqoridagi bo’limlarga o’zgartirishlar kiritganingizdan so’ng bosing!

Wordpressda sayt yaratish 3-dars

14. Barcha o’zgartirishlarni kiritib bo’lganingizdan so’ng, “Установить сейчас” tugmasini bosing. Keyin esa sistema sizga avtomatik tarzda login va parolingizni ko’rsatadi. Bularni yozib oling, keyin esa bu ma’lumotlarni o’zingiz hoxlagandek qilib o’zgartirib olasiz. Keyin esa sistema bergan login va parolni kiritib “Войти” tugmasini bosasiz va sistema sizni saytingizning boshqaru paneliga o’tkazadi (Админка).

 Wordpressda sayt yaratish 3-dars

15. WordPressni o’rnatuvchi sistema sizga o’zi bergan login va parolni kiritib, boshqaruv paneliga o’tganingizdan so’ng, boshqaruv panelidagi “Пользователи” -> “Ваш профиль” bo’limiga o’ting va o’zingiz hoxlagandek login va parolni o’zgartirishingiz mumkin. Login qilib o’zingizning ism,sharifingizni kiritishingiz mumkin, o’zingiz hoxlaganingizcha login tanlashingiz mumkin, login tanlab bo’lgach parolingizni kiriting. Tanlagan parolingiz murakkabroq qiling.

Oddiy bo’lishi kerak emas, misol uchun “Oybek12345” shunga o’xshash oson parol bo’lmasligi kerak. Bunday oson parollarni har xil dasturlar tezda topib olishi mumkin, bu degani agar sizning login va parolingizni topib olsa, saytingizga kirib, uning ichidagi ma’lumotlarni o’chirib tashlashi mumkin yoki parolingizni o’zgartirib qo’yishi mumkin, shuning uchun saytingizni “hacker” lar qo’liga topshirib qo’ymaslik uchun, parolni qiyiniroq qilib tanlang, bosh harif, kichik harf va sonlar aralashmasidan iborat parol tanlang. Misol uchun, “WeB20SaYt18Uz” mana shu parolni har qanday dastur ham topishda qiynalishadi, agar odamlar o’zlari topishadigan bo’lsa, butun umri zoya ketadi 🙂 Tanlagan login va parolingizni eslab qoling yoki daftarchaga yozib qo’ying, agar unutib qo’ysangiz, saytingizga admin sifatida kira olmay qolasiz yoki uni qayta tiklash uchun ancha vaqtingiz ketadi.

 Wordpressda sayt yaratish 3-dars

16. Endi esa brauzeringizda «localhost/web» manzilini kiriting va bundan keyin sizning saytingiz ochilishi kerak. Qanday bo’lishi kerakligi esa, pastagi rasmdan ko’rishingiz mumkin:

 Wordpressda sayt yaratish 3-dars

Tabriklayman, siz o’z qo’llaringiz bilan, kompyuteringizga WordPress CMS ni o’rnatdingiz! Shaxsiy saytingizni yaratish bo’yicha bir qadam oldinga yurdingiz. Endi esa saytingizga har xil o’zgartirishlarni kiritishga shoshilmaslikni taklif qilaman. Eng asosiysi yaratgan saytingiz uchun mavzu tanlang, agar mavzu tanlagan bo’lsangiz, shu mavzu haqida 5-10 ta maqolalarni Microsoft Word da tayyorlab qo’ying.

Agar siz saytingiz uchun mavzu tanlashda qiynalayotgan bo’lsangiz, shoshilmay turing, WordPressda ishlaydigan saytingizga o’zgartirishlar kiritib, sozlab olganimizdan keyingi darsimizda saytingiz uchun birgalikda mavzu tanlaymiz!

Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolar!

Muammo №1. Shunday muammo paydo bo’lishi mumkin:

«Warning: Cannot modify header information — headers already sent by (output started at Z:\home\localhost\www\web\wp-config.php:1) in Z:\home\localhost\www\web\wp-includes\pluggable.php on line 865.(va shunga o’xshash).»

Yechimi: WordPress CMS dagi barcha fayllarni faqat gina Notepad++ dasturi orqali oching va o’zgartirishlarni kiriting. Boshqa dasturlarda ishlasangiz, aynan “Блокнот” da, yuqoridagiga o’xshash muammolar chiqishi mumkin.

Muammo №2. Brauzer orqali “localhost/web” manzilini kiritganingizda “Адрес не найден, Вы попытались получить доступ к адресу localhost/web, который сейчас недоступен. Убедитесь, что веб-адрес (URL) введен правильно, и попытайтесь перезагрузить страницу.” yozuvi chiqishi mumkin

Yechimi: Kompyuteringizda hozirda ishlab turgan barcha dasturlarni o’chirib qo’ying va fayllarga kiritadigan barcha o’zgartirishlarni faqat gina Notepad++ dasturida ishlang.

Muammo №3. Barcha ishlarni siz aytgandek qilib bajardim, lekin brauzerimda “localhost/web” manzilini kiritganimda hech narsa ochilmayabdi, faqat gina “Index of/web Name Last modified Size Descrition Parent Directory wordpress” yozuvi chiqib turibdi va wordpress yozuviga bosganimda “Parse error: syntax error, unexpected ‘<‘ in Z:\home\localhost\www\web\wordpress\wp-config.php on line 24” yozuvi chiqayabdi, lekin, barchasini siz aytganingizdek qildim, ammo ishlamayabdi!

Yechimi: WordPress CMS fayllari sizda «D:\Server\home\localhost\www\web\wordpress» manzilida joylashgan, aslida esa barcha fayllar «D:\Server\home\localhost\www\web\» bo’limida joylashishi kerak.

Muammo №4. “localhost/tools/phpmyadmin” bo’limiga kirgandim, lekin hech narsa chiqmadi, faqat oppoq bo’lib turibdi.

Yechimi: Agarda sizda shunday muammo paydo bo’lgan bo’lsa, Denwerni kompyuteringizdan o’chirib tashlang va Denwerni avval yuklab olgan saytingizdan emas, boshqasidan yuklab olishga harakat qiling. Yana «Z:\home\localhost\www» bo’limini kompyuteringizda tekshirib ko’ring, shu yerda web papkasi mavjudmi yoki yo’q. Agar yo’q bo’lsa “web” papkasini yarating va WordPress CMS ni o’sha yerga ko’chiring.

Muammo №5. Hamma narsani siz aytgandek qilib bajardim, lekin hech narsa ishlamayabdi, saytimni ocha olmayabman, nima qilishim kerak?

Yechimi: Agar sizda shunday muammo bo’lsa, shoshilmang, hozir bir oz dam oling, balkim siz charchagandirsiz, yoki shoshilinch tarizda bajargandirsiz hammasini. Agar hech narsa ishlamayotgan bo’lsa, bu darsdagi ishlarni ertaga bo’sh paytingizda bajarib ko’ring. Hozir esa, biroz dam oling, boshqa ishlaringizni ishlang. Charchagandirsiz!

Agar sizda yuqoridagidek muammolar paydo bo’lmasa, juda yaxshi. Bugungi darsimiz siz uchun foydali bo’ldi deb o’ylayman. Qo’shimcha savollaringiz, darslik bo’yicha tushunmagan joylaringiz yoki muammolaringiz bo’lsa, pastda o’z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin. Keyingiz darsimizda esa biz siz bilan Denwerga o’rnatib olgan saytimizni dastlabki sozlash haqida o’rganamiz. Saytingizni Denwerga o’rnatgandan keyin shartli turda sozlashlar kiritilishi kerak bo’lgan bo’limlarni o’rganib olasiz!

2 comments on “WordPressda sayt yaratish №3 dars

  1. умаржон

    html кодни узгартиришгача келдим шу ерда муаммо у ерга нима езиш керак емаилга езсангиз

    Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan