Wordpressda sayt yaratish 4 dars

WordPressda sayt yaratish №4 dars

WordPressda sayt yaratish bo’yicha avvalgi, uchinchi darsimizni yaxshilab o’rganib olgan bo’lsangiz, bugungi darsimizda siz kompyuteringizdagi Denwer local serveriga WordPress CMS ni o’rnatib bo’lgach, dastlabki, eng muhim sozlashlarni qilishimiz kerak bo’ladi. Bu sozlashlar asosan, saytingizni hosting va domen sotib olib, saytdan barcha odamlar foydalanish imkonini bergan paytda, saytga qo’shib boriladigan maqolalarning izlash sistemalarida (Google, Yandex) birinchi o’rinlarni egallashda yordam beradi. Agar siz, ozgina vaqtingizni sarflab dastlabki sozlashlarni ishlamasangiz, vaqt o’tishi bilan, saytingiz rivojlanishi qiyin bo’ladi, sayt SEO siga zarar tegadi. Bu sozlashlarni bajargach, saytingizga qo’shgan ma’lumotlar, izlash sistemalarida ko’rinib turadi va odamlar internet orqali ma’lumotlarni qidirganda, siznig saytingiz izlash sistemalarida dastlabki TOP 10 talikda joylashishi mumkin. Bu esa, saytingiz foydalanuvchilar sonining ortishiga olib keladi. Siz yaratgan saytingizga asosan foydalanuvchilar Google va Yandex orqali kelishadi. Agar bu darsdagi ishlarni to’liq bajarsangiz sayt izlash sistemalarida yuqori o’rinlarni egallaydi. Bugungi darsimiz oldingi darsga solishtiradigan bo’lsak, unchalik qiyin emas. Demak, saytimizni dastlabki sozlashga kirishamiz.

WordPress CMS ni Denwer Local Serveriga o’rnatib olganimizdan keyingi muhim sozlashlar

Saytimizga o’zgartirishlar, sozlashlarni kiritish uchun, dastlab, Denwerni ishga tushiramiz (qanday qilib denwerni ishga tushirish kerakligi haqida bundan avvalgi darsimizda aytib o’tganmiz, agar qanday bajarishni bilmasangiz, saytimizdagi uchinchi darslikni boshidan o’qib chiqishni tafsiya qilaman).

Denwerni ishga tushirganingizdan so’ng, kompyuteringizda o’rnatilgan brauzerda “localhost/web/wp-admin” manzilini kiriting (agar siz avvalgi darsimizda sayt nomini “web” emas, o’zingiz boshqacha nomlagan bo’lsangiz, “localhost/web/admin” dagi “web” o’rniga o’zingizning saytingiz nomini kiritishingiz kerak).

Sozlashlarni kiritishda qulayliklar yaratish maqsadida saytingizning chap tarafidagi “Панель объявлений” bo’limiga bosing va saytingizning o’ng tomonidagi “Настройка экрана” bo’limini bosing:

Wordpressda sayt yaratish 4 dars

Keyin esa kichkina oynacha chiqadi, u yerda o’zingizga kerak bo’lmagan bo’limlarni “belgi” larni olib tashlash orqali o’zgartirish kiriting. Men esa “Текущее состояние блога” va “Последние комментарии” bo’limlarini qoldiraman, boshqalari esa menga kerak emas va men bularni o’chirib qo’yaman.

Wordpressda sayt yaratish 4 dars

Keyin esa o’sha kichkina oynachani o’chirish uchun yana “Настройка экрана” yozuvi ustiga bir marta bosamiz.

“ЧПУ” (человеко-понятные урлы) ni sozlash

“ЧПУ” – odamlar tuchunadigan linklar (ссылка) ni sozlashimiz kerak. Agar siz bu haqida hozirgina habardor bo’lsangiz, unda tushuntirib o’taman, siz yaratgan saytingizga maqolalar qo’shib borasiz, agar siz saytingizga maqolalarni kiril alifbosida yozib borsangiz, maqola manzili (link) tushunarsiz holatga kelib qoladi. Misol uchun siz “сайт яратиш” deb nomlangan maqolangizni saytingizga joylashtirdingiz va saytingizga kirib o’sha maqolani ochganingizda brauzeringizda maqola manzili saytingiz nomidan keyin «p=1» degan yoki “?521%1v5>?%62<6?” shunga o’xshash yozuvlarni ko’rasiz. Agar siz saytingizga qo’shgan maqolalarning manzili shunday bo’lsa, bu SEO da katta hato hisoblanadi. Bu esa saytingizni rivojlantirishda qiyinchiliklar paydo qiladi. SEO to’g’ri bo’lishi uchun maqola nomi, maqola manzilida “link” da ham bir xil bo’lishi kerak. Masalan: maqola “сайт яратиш” bo’lsa, maqola manzili “sayt-yaratish” bo’lishi kerak. Agar da siz saytingizga maqolalarni lotin alifbosida yozib, kiritadigan bo’lsangiz, unda hech qanday “ЧПУ” ni o’zgartirishingiz shart emas, maqolangizni lotin alifbosida qanday yozgan bo’lsangiz, maqola manzili ham avtomatik tarda shunday bo’ladi. Agar siz saytingizga maqolalarni kiril alifbosida yozadigan bo’lsangiz, pastda yozilgan ishlarni bajarishingiz kerak va sizning ham kiril alifbosida yozilgan maqolalaringiz avtomatik tarzda lotin alifbosiga o’zgartiriladi.

Eng avvalo saytingizning boshqaruv panelidagi “Настройка” -> “Постоянные ссылки (ЧПУ)” bo’limiga kirasiz.

Wordpressda sayt yaratish 4 dars

U yerda “ Произвольная структура” bo’limini belgilaymiz va u yerga pastagi “kod” larni kiritamiz.

1
 /%category%/%postname%.html &lt;/рre&gt;

Keyin esa shartli ravishda “Сохранить изменения” yozuvi ustiga bosamiz va o’zgartirishlarni saqlaymiz. Boshqaruv panelining yuqori tarafida “Структура постоянный ссылок обновлена” degan yozuv chiqishi kerak. Har ehtimolga qarshi, pastdagi rasmda qanday qilib bajarish kerakligini ko’rsatib o’tganman.

Wordpressda sayt yaratish 4 dars

Agarda siz yuqoridahi ko’rsatilgan ishlarni bajarishni hoxlamasangiz wordpress.com saytiga kirib, “CyrToLoat” plaginini yuklab oling va saytingizga o’rnatib oling. Keyin esa, uni ishga tushirgach, saytingizga qo’shgan barcha kiril alifbosidagi maqolalar mavzusi avtomatik tarzda lotin alifbosiga o’tadi.

Bo’ldi, bugungi darsimiz shulardan iborat edi. Bugungi darsimizdagi asosiy sozlashlarni albatta bajaring. Bu muhim, vaqt o’tgach afsuslanib qolmang. Bugungi darsimiz ozgina bo’lsa ham, foydali bo’ldi deb o’ylayman. Keyingiz darsimizda esa, yaratgan saytimizga birgalikda mavzu tanlaymiz. Agar da siz saytingizga allaqachon mavzu tanlagan bo’lsangiz, hech ikkilanmasdan kelajakda saytingizga qo’shadigan maqolalaringizni yozib qo’yishingiz mumkin. Bu kelgusidagi ishlaringizda yengilliklar yaratadi. Agar siz saytingizga mavzu tanlashda qiynalayotgan bo’lsangiz, unda keyingiz darsimizning chiqishini kuting va siz albatta saytingiz uchun mavzu tanlaysiz! Bugungi darsligimiz bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, pastdagi fikr qoldirish bo’limi orqali o’z savollaringizni, darsliklar bo’yicha o’z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan