wordpressda sayt yaratish 5 dars

WordPressda sayt yaratish №5 dars

Bugun “internetda sayt yaratish” degan maqsadimiz sari yana bitta dadil qadam tashlaymiz. O’ylaymanki, avvalgi darsimizdagi barcha sozlamalarni amalga oshirdingiz. Hozir esa, yaratgan saytingiz uchun mavzu tanlaymiz. Bugungi darsimiz, oldingi darslarimizdagi kabi eng muhim bo’lgan “kod” yozish yo’q, har xil sozlashlar ham yo’q, lekin bugungi darsimiz juda ham ahamiyatli va sizning saytingiz internetda qancha vaqt mobaynida mavjud bo’lishi va qanday natijalarga erishishingizni belgilab beradi. Ha, saytingiz uchun mavzu tanlash juda ham ahamiyatli va bu darsga bor vujudingiz bilan kirishing.

Agar siz avvalgi darslarimizning hammasini bajarib, kompyuteringizda sayt yaratgan bo’lsangiz va saytingizga qo’shiladigan maqolalarni tayyorlab qo’ygan bo’lsangiz, endi bir oz shoshmay turing.

Nimaga sayt mavzusini tanlash katta ahamiyatga ega?

Agar siz saytingiz mavzusini tanlagan bo’lsangiz juda ham yaxshi, agar hali mavzu tanlamagan bo’lsangiz, keyingi darslarimizni o’rganishni boshlamang, chunki saytingiz mavzusini va saytingizga kelajakda qanday mavzuga oid maqolalar qo’shilib borishi haqid aniq bilishingiz kerak. Keyingi darslarimiz esa, saytingiz uchun tanlagan mavzuga bog’liq, keyingi darslarimizda saytingiz mavzusidan kelib chiqib, sayt dizayni (shablon), kerakli plaginlarni tanlaysiz.

Agar da men mavzu tanlash bo’yicha o’zimda bo’lgan qiyinchiliklar  haqida aytib o’tadigan bo’lsam, men boshida shu saytimni har xil mavzularga oid qilib yaratganman. Yani kak.uz saytiga kirgan foydalanuvchilar, barcha mavzularga oid bo’lgan savollarga javob oladi degan maqsadda, aynan kak.uz degan domenni sotib olgandim. Boshida 5-10 maqolalarni tayyorladim. Lekin, o’sha 5-10 ta maqolani yozish men uchun juda qiynchiliklar tug’dirdi. Qancha intilsam ham menga yoqmagan va men hoxlamagan mavzuda maqolalar tayyorlash menga qiyin bo’ldi. Asta-sekin ko’nikib ketarman degan umid bilan maqola yozishni davom ettiraverdim. Lekin, ohirida saytimni 1 oy vaqt oralig’ida tashlab qo’ydim, sayt bilan umuman shug’ullanmay qo’ydim. Saytimga ortiqcha maqolalar ham qo’shmadim. Yangi maqola qo’shish uchun men o’zimga yoqmagan maqolani yozishimga to’g’ri kelardi. Men esa buni hoxlamasdim. Shu bilan oradan bir oy vaqt ham o’tib ketdi.

Keyin, saytimga kirib, menga yaqin bo’lmagan barcha mavzulardagi maqolalarni saytimdan ketma-ket o’chirib tashladim va saytimni internetda sayt yaratish va pul ishlash mavzusiga qayta nomladim va o’zim hoxlagan mavzuga oid maqolalar yozib bormoqdaman. Bugungi darsimiz ham o’zim uchun qiziqarli bo’lgan mavzuga oid. O’zim hoxlagan mavzularda maqola yozganimda vaqt tez o’tganini bilmay qolaman va har bir mavzuga oid maqolamni kitob darajasigacha yetkazishim mumkin va mendan internetda qanday qilib sayt yaratish mumkin va qanday qilib internet orqali pul ishlasa bo’ladi degan savollarga men hech ikkilanmasdan hoxlagan paytda javob beraman, chunki men bu haqida bilaman, o’qiganman, o’rganganman va boshqalarning o’rganishi uchun maqolalar yozmoqdaman. Shuning uchun saytingizga maqola tanlashda hech qachon adashmang. Hechdan ko’ra kech yaxshi deganlaridek, men ham hatolarimni anglab, saytim mavzusini o’zgartirdim. Siz esa, bu hatolikga yo’l qo’ymang.

Saytingiz uchun maqola tanlash uchun, o’zingiz qiziqadigan (xobbi), yaqin orada o’rganishni hoxlaydigan mavzular (inglis tili, musiqa, rassomchilik, cholg’u asboblari ), va yillar davomida shu tanlagan mavzuga oid yangiliklar, maqolalarni yoza olishingizga ko’zingiz yetsa, o’sha mavzuni tanlang. Misol uchun: WordPressda sayt yaratish bo’yicha darsliklarimiz vaqt o’tgach tugaydi, undan keyin esa men odamlarga sayt yaratish va internetda pul ishlash haqida boshqa yangi maqolalarni  saytga qo’shishim kerak, aks holda saytimdan foydalanuvchi odamlar soni kamayib ketishadi. SHaxsan mening o’zim, saytimga tanlagan mavzuda bir umr har xil qiziqarli va foydali maqolalar tayyorlashim mumkin. Siz ham o’zingizga shunday sayt mavzusini tanlang.

Tanlagan mavzularga oid maqolalarni o’z qo’llaringiz bilan yozishingiz kerak va bu maqolalar sizning saytingizdan boshqalarida uchramasligi kerak va siz boshqa saytlardan tayyor maqolalarni o’g’irlab, nusxalab olib, saytingizga joylashtirmasligingiz kerak. Agar shunday qilsangiz, Google va Yandex robotlari barcha saytlardagi maqolalarni solishtirishadi agarda siz saytingizga boshqa odamlarga tegishli bo’lgan maqolani o’g’irlab, qo’shgan bo’lsangiz, sizning saytingiz izlash sistemalaridagi o’rni pastlab boradi va sanktsiya olishingiz mumkin. Bu degani sizning saytingiz izlash sistemalarida yuqori o’rinlarni egallay olmaydi va bu saytingizga kiruvchi odamlarning soni kamayib ketishiga olib keladi. Tanlagan mavzuga bo’g’liq barcha maqolalarni o’zingiz yozing. Har hix gazetalardagi maqolalarni ko’chirib o’tirmang, chunki hozirda o’sha gazetalarning shaxsiy web sayti ham bor va ular gazetada yozgan maqolalarini allaqachon web saytiga joylashtirgan bo’lishi mumkin.

Agar saytingiz uchun mavzu tanlashda qiynalayotgan bo’lsangiz, bir varaq qog’oz va qalam oling, keyin o’zingizga yaqin bo’lgan mavzularni ketma-ket yozib chiqing, masalan qo’shiq aytishga qiziqsangiz, qo’shiq deb yozing, biznesga qiziqsangiz, biznes deb yozing, sportga qiziqsangiz sport deb yozib chiqishingiz kerak.

Keyin esa barcha  tanlagan mavzularni birma-bir analiz qilib chiqing. Qaysi biri siz uchun ko’proq yoqmaydi, qaysi mavzuda siz maqolalar yozishga qiynalasiz, ularni belgilang va o’chirib tashlang. Endi esa qolgan maqolalar ichidan, qaysi mavzu bo’yicha siz ko’b ma’lumotlarga ega bo’lsangiz faqat o’shani qoldiring, boshqalarini esa o’chirib tashlang. Siz tanlagan mavzu sizga qiziqarli bo’lishi kerak va siz tanlagan mavzuga oid foydali maqolalarni tayyorlashingiz kerak, o’z bilganlaringizni odamlarga o’rgatishingiz kerak. Agar da siz o’z saytingiz mavzusini tanlagan bo’lsangiz, tabriklayman! Siz saytingizga qo’shiladigan maqolalarni tayyorlashni boshlasangiz ham bo’ladi. Agar saytingiz uchun mavzu tanlashda qiynalayotgan bo’lsangiz, unda bir-ikki kun o’ylanib, izlanib ko’ring, shoshqaloqlik qilib qo’ymang.

Keyingi darsimizda esa siz yaratgan WordPress saytga qanday qilib maqola qo’shishni o’rganasiz. Maqola bo’yicha qo’shimcha savollar bo’lsa, pastda o’z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.

15 comments on “WordPressda sayt yaratish №5 dars

  1. Nishonboy

    Салом хурматли админ аввало сизга чексиз миннатдорчилик билдираман сабаби шу кунгача энг тушинарли ва айнан мен у.н керакли дарсликни бошлабсиз бундан жудаям хурсанд бўлдим.
    Сизга битта савол вордпресдан худди olx га ўхшаган эълонлар сайтини яратса бўладими иложиси борми қийин бўлсаям. Агар иложиси бўлмаса мен эълонлар сайтини яратишим учун қайси йўналишда ва мавзуда дарсликларни ўрганишим керак? Жавоб у.н олдиндан рахмат

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Nishonboy, wordpressda olx ga o’xshash sayt yaratish iloji bor. Faqat sayt dizayni sal boshqacharoq bo’ladi. Lekin, yaratsa bo’ladi. Hozircha ishlar bilan band bo’lib, yangi darsliklarni joylashga vaqt topa olmayabman. Maqolalar tayyorlanmoqda. Vaqt o’tib har xil plaginlar haqida ham darsliklar joylanadi. Agar ungacha kutishni hoxlamasangiz «Nine to Five» yoki «JobPress» plaginlarini wordpress.com saytidan yuklab olib wordpressga o’rnatishingiz mumkin. Dizayn sal boshqacharoq. Lekin qulayliklari bor.

      Reply
  2. Nishonboy

    Жавоб у.н катта рахмат. Албатта ишларингиз куплиги аник ва мен факат ва факат омад тилайман. Якин вакт ичида сиз б.н хамкор булсам бу мен у.н катта ютук буларди. Энг фойдали ва керакли маколаларингизни албатта кутиб коламиз

    Reply
  3. Islom

    Men Islom talabaman men ham sayt yaratish bo’yicha ma’lumot izlayotgandim. Arman aka ma’lumot uchun katta raxmat!

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Arzimaydi. Yaqin orada saytga yangi maqolalar qo’shiladi. Ayrim sabablarga ko’ra sayt tashlab qo’yilgan edi. Yaqinda boshqattan ish boshlaymiz

      Reply
  4. Дилмурод

    Сайтни очишга очгансиз, одамларни кизиктириб 4-5та маколалар кушгансиз… бирок, кейин сайитингиз сукунатга чукиб кетди ))

    Reply
    1. Arman Esimbaev Post author

      Dilmurod, to’g’ri aytayabsiz. Bazi sabablarga ko’ra sayt tashlab qo’yilgandi. Yaqinda ish boshlayman. Endi to’htalishlar bo’lmaydi.

      Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan