WordPressda sayt yaratish №6 dars

Agar siz avvalgi darslikni o’qib, o’rganib, saytingiz uchun mavzu tanlab olgan bo’lsangiz, bugungi darsimizda saytimizga tanlagan mavzuga bog’liq bo’lgan maqola qo’shishni o’rganasiz. Qanday qilib saytingizga yangi maqola qo’shishni o’rganishdan oldin esa, kompyuteringizga o’rnatib olgan Denwerni ishga tushirishingiz kerak. Buni qanday qilish kerakligini esa, avvalgi darsliklarimizda o’rganib olgansiz. Agar buni bilmasangiz, darsiklarimizni boshidan boshlab o’rganishingiz mumkin. Men WordPressni o’zbek tiliga o’zgartirib oldim. Demak, bu maqolada ko’rsatib o’tadigan fotolarda barchasi o’zbek tilida bo’ladi. Agar sizning WordPress CMS rus tilida o’rnatilgan bo’lsa, bundan afsuslanmang, rus tilida qanday bo’lishini ham yozib o’taman. Agar siz endigina sayt yaratishga kirishayotgan bo’lsangiz, WordPressning o’zbek tilidagi versiyasini yuklab olib, o’rnatishingiz mumkin. WordPressni o’zbek tili versiyasi mavjud, buni o’zimizning bloggerlarimiz o’zbek tiliga o’girishgan. Demak, darsligimizni boshlaymiz.

WordPress CMS da maqola qo’shish

Denwerni qo’shib olganingizdan keyin, localhost/web/wp-admin shuni brauzeringizda terib, saytingizning boshqaruv paneliga o’tib olasiz. Boshqaruv panelining chap tarafiagi “Maqolalar” (Записи) bo’limidagi “Yangi qo’shish” (Добавить новую) bo’limini bosasiz.

Wordpressda sayt yaratish №6 dars

Pastdagi rasmda esa uchta bo’lim ko’rsatilgan. Bu bo’limlar sizga saytingizga maqola qo’shishda katta yordam beradi. Hozir esa, har bir bo’limni alohida o’rganamiz.

WordPressda sayt yaratish №6 dars

1-Bo’lim. Bu yerga siz saytingiz mavzusiga bog’liq bo’lgan maqolangizning asosiy mavzusini kiritasiz. Misol uchun, men saytga yangi maqola qo’shmoqchiman va maqolam mavzusi “Wordpressda sayt yaratish №6 dars” demak shu mavzuni birinchi bo’limga kiritaman. Bu bo’limga kiritgan mavzu nomi internetdagi izlash sistemalarida (Google,Yandex) ko’rinib turadi. Demak, men qo’shayotgan maqolam nomi izlash sistemalarida (Google,Yandex) “Wordpressda sayt yaratish №6 dars” bo’lib ko’rinib turadi. Agar kimdur shunday so’zni kiritib izlasa, mening maqolamni ko’rishi mumkin. Maqola mavzusini kiritayotganda bunga katta ahamiyat bering. Chunki har bir qo’shayotgan maqolangiz nomi izlash sistemalarida ko’rinib turadi. Demak, saytingizga ko’proq odamlar tashrif buyurishini hoxlasangiz, odamlar siz tanlagan sayt mavzusi bo’yicha ko’proq qaysi ma’lumotlarni qidirshmoqda, shunga qarab maqolangiz nomini tanlang.

2-Bo’lim. Bu bo’limda esa siz saytingizga qo’shayotgan yangi maqolangizning asosiy matn bo’limini sozlashingiz mumkin. Agar siz Microsoft Word dasturidan avval foydalangan bo’lsangiz, bu bo’limdan foydalanish sizga qiyinchilik tug’dirmaydi. Sababi, bu bo’limdagi belgilarning hammasi Word dasturidagi belgilar bilan bir xil. Yani, matndagi yozuvlarni kattalashtirish yoki kichraytirish, ayrim bo’limlarini kattaroq qilib ko’rsatish, matnni tekislash, chap tarafga o’zgartirish, matnni o’rtaga joylashtirsh, matn orasiga foto, videolarni joylashtirish, belgilarni qo’yish shulardan iborat. Agar avval foydalanib ko’rmagan bo’lsangiz, pastdagi bo’limga matn yozing va uni belgilab, ikkinchi bo’limdagi belgilarni ustiga bosib ko’ring, shunda siz kiritgan matn o’zgarayotganini ko’rasiz. Shu tariqa qaysi belgi qanday amallarni bajarishini o’rganib olasiz. Agar da saytingizga maqola qo’shishda qandaydir qiyinchiliklar paydo bo’lsa, be’malol shu maqola ostida fikr qoldirish bo’limida savollaringizni berishingiz mumkin. Har bir savolingizga javob beraman, maqola qo’shishda yordam beraman.

3-Bo’lim. Bu bo’limda esa katta bo’shliqni ko’rasiz. Bu yerga esa maqolangizning asosiy matnini kiritasiz. Tanlagan maqola mavzusiga tegishli bo’lgan matnni kiritasiz, foto va videolarni kiritasiz. Agar siz saytni ochib qo’yib, maqola matnini terishga qiynalayotgan bo’lsangiz, unda kompyuteringizdagi Microsof Word dasturida hammasini bajarib oling, keyin esa undan nusxa ko’chirib (Копировать), saytingizdagi maqola qo’shish bo’limiga o’tib, maqola matnini joylashtirishingiz mumkin (Вставить). Faqat, bir narsaga ahamiyat bering, matnni ichiga rasmlarni joylashtirishni hoxlasangiz, buni faqatgina saytingizda bajarishingiz mumkin. Buning uchun, maqola matnini kiritganingizdan so’ng, rasm joylashtiradigan bo’limni tanlab, keyin yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan ikkinchi bo’limdagi “Media qo’shish” (Добавить медию) bo’limini bosasiz va kompyuteringizdagi kerakli rasmni belgilaysiz va “Qo’shish”  (Добавить) tugmasini bosasiz.

WordPressda sayt yaratish №6 dars

Yuqoridagi rasmda esa, siz yozgan maqolangizning ko’rinishi qanday bo’lishi, maqolani hozir chop etish yoki belgilangan vaqtda chop etish, yoki uni saytingizda chop etmasdan, saqlab qo’yishingiz mumkin. Agar maqolangizni hozir chop etishni hoxlasangiz, “Chop etish” (Добавить запись) tugmasini bosishingiz mumkin. Lekin, yozgan maqolangizni chop etmay turing, pastda yana qo’shimcha sozlanmalar bor. O’shalarni sozlab bo’lgach, shu bo’limga qaytib, maqolangizni saytga joylashtirishingiz mumkin.

WordPressda sayt yaratish №6 dars

Yuqoridagi rasmda saytingizga joylashtirmoqchi bo’lgan maqolangizni bir necha bo’limlarga bo’lib qo’yishingiz mumkin. Saytingizga kirgan odamlar esa, o’zlariga qiziq bo’lgan bo’limlarga o’tib, undagi joylashtirilgan barcha maqolalarni ko’rib, o’qishi mumkin. Yuqoridagi rasmda mening saytimdagi bo’limlar ko’rsatilgan. Bunda asosan to’rtta bo’lim bor. Hozir esa men shu maqolamni “Sayt yaratish” bo’limiga joylashtiraman. Buning uchun “Sayt yaratish” bo’limining chap tarafidagi bo’sh o’ringa belgi qo’yaman va maqolamiz shu bo’limdan o’rin egallaydi. Siz saytingizga avval bo’lim qo’shmagan bo’lishingiz mumkin. Agar qo’shishni hoxlasangiz “Yangi bo’lim qo’shish” (Добавить новую рубрику) tugmasini bosing va bo’lim mavzusini kiritasiz. Qo’shganingizdan keyin esa, shu yerda siz qo’shgan bo’lim paydo bo’ladi, maqolangizni shu bo’limga joylashtirish uchun chap tarafdagi bo’sh joyga belgi qo’yasiz. Har bir maqolangizni shunday qilib alohida bo’limlarga ajratib qo’yishingiz mumkin. Bu ishni bajarishingizdan sabab, saytingizdan foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratib berishdir. Masalan, kimgadir “Pul ishlash” bo’limi, kimgadir “Sayt yaratish” bo’limi qiziqdir. Saytga tashrif buyurgan odamlar, o’zlariga qiziqarli bo’lgan bo’limga o’tib, u yerda joylashtirilgan maqolalarni o’qishi mumkin.

WordPressda sayt yaratish №6 dars

Yuqoridagi rasmda esa maqolangiz uchun kalit so’zlarni kiritishingiz mumkin. Bu asosan SEO uchun foydalidir. SEO nima ekanligi haqida bilmasangiz, saytimizda bu haqida ham maqola joylashtiriladi. Hozir esa, hech ikkilanmasdan maqolangiz mavzusiga oid bo’lgan kalit so’zlarni kiriting. Misol uchun maqola mavzusi “Sayt yaratish” bo’lsa unda siz kalit so’z qilib “sayt ochish” “sayt yaratish” “web sayt ochish” deb kalit so’zlarni kiritishingiz mumkin. Agar kalit so’zlar soni ikki-uch va undan ko’proq bo’lsa, ularni vergul (,) bilan ajratib yozishingiz kerak. Odamlar internetda har xil so’zlarni kiritib ma’lumot izlashadi kimdur “sayt yaratish” deb, kimdur “web sayt ochish” deb izlashadilar. Sizning maqolangizni topishi uchun esa, shu kalit so’zlar yordam beradi.

WordPressda sayt yaratish №6 dars

Yuqoridagi rasmda esa, maqolangiz uchun asosiy qilib rasm tanlashingiz kerak. Qolgan rasmlarni esa matnning ichiga joylashtirishingiz mumkin. Maqola uchun asosiy rasmni tanlash uchun “Tanlangan rasm o’rnatish” (Добавить выбранный фото) tugmasini bosasiz va rasmni belgilaysiz. Bu bo’lim bazi biringizda bo’lishi mumkin, kimlardadir bo’lmasligi ham mumkin. Bu saytingizga o’rnatgan shablonga bog’liq bo’ladi. Bu bo’lim sizda yo’q bo’lsa unda matnning boshida rasm joylashtirsangiz kifoya. Qolgan rasmlarni esa, matnning ichida joylashtirishingiz mumkin. Agar qandaydir qiyinchiliklar paydo bo’lsa, shu maqola ostida o’z savollaringizni berishingiz mumkin. Iloji boricha yordam beraman.

Barcha ko’rsatilgan ishlarni bajarganingizdan keyin esa, o’ng tarafagi “Chop etish” (Добавить запись) bo’limini bosasiz. Mana endi siz saytingizga birinchi maqolangizni kiritdingiz. Maqolangiz qanday chop etilganini ko’rish uchun esa brauzeringizda saytingizning nomini kiritasiz va saytingizda birinchi joylashtirgan maqolangizni ko’rishingiz mumkin. Shu tariqa boshqa maqolalaringizni ham kiritib boraverasiz. Saytingizga qancha ko’p qiziqarli va foydali maqolalarni qo’shsangiz, saytingizga kiruvchilar sonini ham ko’paytirishingiz mumkin. Faqat, qo’shayotgan maqolalaringiz odamlar uchun kerakli, foydali bo’lsin. Hech kimga qizig’i yo’q, foydasiz maqolalar qo’shganingiz bilan, uni odamlar o’qimasligi mumkin.

Bugungi darsligimiz ham shu bilan tugadi. Eng asosiysi bugungi darsligimiz siz uchun foydali bo’ldi deb o’ylayman. Agar da bugungi darsligimiz bo’yicha savollaringiz bo’lsa, be’malol shu maqola ostida qoldirishingiz mumkin.

1 comment on “WordPressda sayt yaratish №6 dars

  1. Nishonboy

    Salom hurmatli Arman aka ushbu darslik uchun dizdan cheksiz minnatdorman. Aytingchi wordpressdagi saytimni xafsizlik darajasi qanday, nasib etib saytim ommalashib ketsa uni xakkerlar xujumidan qanday ximoya qilaman javob uchun oldindan raxmat

    Reply

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan