Youtubeda pul ishlashning 5 siri

Youtubeda pul ishlashning 5 siri

Youtube – Google kompaniyasining Gigant Videohosting kompaniyasi hisoblanadi. Bu sayt o’z foydalanuvchilariga videolarni yuklash, ularni bepul tomosha qilish, suhbat qurish imkoniyatlarini yaratib bergan. Hozirgi paytda Youtube saytining nomini, yoki saytni bilmaydigan odam bo’lmasa kerak. Bugun esa siz, Youtubeda qanday qilib pul ishlab topish mumkinligi haqida bilib olasiz.

Youtube saytida o’zining shaxsiy kanaliga ega bo’lgan va Youtube da ko’plab obunachilari bo’lgan odamlar, bir oyda o’rtacha 300-500$ pul ishlashmoqda. Agar siz ham harakat qilsangiz, bundan ham ko’proq pul topishingiz mumkin. Faqatgina, odamlarni lol qoldiradigan videoroliklarni tayyorlashingiz kerak bo’ladi va albatta video va audio o’g’irlanmagan bo’lishi kerak.

Youtube sayti orqali pul ishlab topishdan oldin, sizda Google Account bo’lishi kerak, agar sizda Google pochtangiz manzili bo’lsa, shuning o’zi yetadi. Bitta Google Account bilan butun Google xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Birinchi navbatda Youtube saytiga kirasiz va Google Accountingiz ma’lumotlarini kiritasiz va shaxsiy kabinetingizda yangi Youtube kanal ochasiz. Bu huddi Televideniyada shaxsiy kanal ochib olgandek bir gap. Kanalingizda qanday ko’rsatuvlarni, videoroliklarni ko’rsatishni esa o’zingiz hal qilasiz. Faqat, bitta narsani esdan chiqarmang, yangi yaratgan kanalingizning tez ommaviylashishi va Youtube da pul ishlab topishingiz kanalingizga joylashtirilayotgan videolarga bog’liq. Hech kimga kerak bo’lmagan videoroliklar, o’g’irlangan videoroliklarni joylashtirish befoyda. O’zingiz video yaratishga harakat qiling. Qanday mavzuda videolarni yaratish haqida o’ylab ko’ring. Balki, barcha yaratmoqchi bo’lgan videoroliklaringiz 1 daqiqalik bo’lar. Aslida shu 1 daqiqalik videoroliklar odamlarni hozirda hayratga solib kelmoqda, uzoq vaqtli videoroliklarni ko’rib o’tirish jonga tegib ketadi bazida, 1 daqiqalik videoroliklarda esa, hammasi tezlashtirilgan holda va barcha kartinalar tez-tez o’zgarib turadi.

Shu tariqa bir-biridan qiziq videoni tomosha qilayotgan paytida 1 daqiqalik video tugab qoladi, keyin esa yana boshqa videolaringizni ko’rishga harakat qiladi. Shu bilan kanalingiz Youtubeda mashxur bo’lib ketishi hech gap emas. Bu mening fikrim. Bu bilan siz huddi shunday qiling demayapman. O’zingiz original g’oya qidiring, izlaning. Hozirgi paytda hamma bir-biriga qarab ko’chirishmoqda, agar siz ham ko’chirmachilik qilmoqchi bo’lsangiz, unda Youtubeda pul ishlash siz uchun emas. Saytimizda bundan boshqa pul ishlash haqidagi maqolalar mavjud, o’shalar ichidan o’zingizga mosini qidirib ko’ring. Agar siz Youtube da pul ishlashga bel bog’lagan bo’lsangiz, unda maqola davomini o’qing.

Youtube da pul ishlashning eng asosiy 5 siri

  1. Videoroliklarda reklama joylashtirish. Aytaylik sizning Youtube kanalingizni har kuni ko’plab odamlar tomosha qilishadi va har kuni yangi videolarni kutib qolishadi. Ertangi kun uchun siz videoroliklarni tayyorladingiz, videoni yaxshilab montaj qildingiz va shu montaj paytida videoda boshqa bir kompaniyani reklama qilsangiz, misol uchun men mana shunday kompaniya xizmatlaridan foydalanaman, sizlarga ham shuni taklif qilaman, shunga o’xshash reklamalar yoki reklama qilayotgan kompaniyaning o’zlari sizga tayyor videorolik berishadi. Shuni montaj paytida o’zingizning kanalingizga joylashtirmoqchi bo’lgan videoga qo’shib qo’ysangiz bo’ldi. Bu uchun esa sizga o’zingiz kelishib olgandek pul mablag’ini berishadi. Qancha olish, qachon va qanday yo’l bilan pul olish buni o’zingiz ham eplab ketarsizov J Faqatgina, bunday yo’l bilan pul topish uchun Youtube kanalingizdagi obunachilar soni ko’proq bo’lishi kerak, har bir videoroliklaringizni ko’proq odamlar ko’rishi kerak. Bu yerda men qancha ekanligini ko’rsatib o’tmadim, chunki qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi, shunga qarab reklama joylashtirish narxlari ham oshibboraveradi.
  2. Kontekstli reklama. Youtube saytiga kirganingizda video tomosha qilayotganda pastki tarafda video ichida banner paydo bo’ladi, yoki saytning o’zida videoplayerning o’ng tarafida reklama bannerlari paydo bo’ladi, mana shu bannerlar siz ko’rayotgan videorolik egasiga pul keltiradi. Agar siz ham shu yo’l bilan pul ishlamoqchi bo’lsangiz, kanalingizning shaxsiy kabinetida “Монетизация” degan joyi bor, o’shani qo’shishingiz kerak. Bu yo’l bilan pul ishlashingiz uchun kanalingiz obunachilar soni ko’p bo’lishi kerak.
  3. O’zingizning maxsulotlaringizni yoki xizmatlaringizni sotish. Agar siz real hayotda o’z biznesingizga ega bo’lsangiz, misol uchun do’koningiz bor bo’lsa, undagi mahsulotlarni reklama qilish orqali biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin va mo’maygina pul ishlab olishingiz mumkin. Yoki siz web sayt ochishni, fotoshopda rasmlarni montaj qilishni, matn terish, chet tillarda yozilgan matnlarni boshqa tillarga o’girish, videolarni montaj qilib berish va shunga o’xshash ishlarni bajara olsangiz unda siz o’z xizmatlaringizni Youtubeda videolar orqali reklama qilishingiz mumkin. Buning uchun o’z xizmatlaringiz haqida gapirib bering, ishlagan ishlaringizni videoga oling. Odamlar uni tomosha qilishadi, agar sizning ishingiz ularga yoqib qolsa, siz bilan bog’lanishadi va sizning xizmatlaringizdan foydalanishi mumkin.
  4. Hamkorlik dasturi. Agar siz internet orqali mahsulotlar sotish yoki xizmatlaringizni sotish orqali pul ishlashni hoxlamasangiz yoki buni uddalay olmayman desangiz, hamkorlik dasturi asosida pul ishlashingiz mumkin. Internet orqali admitad deb terib ko’ring, sizga sayt ko’rsatiladi. O’sha saytga kirasiz va ro’yhatdan o’tasiz. Keyin esa sizga, dunyoga mashxur bo’lgan brendlarning maxsulotlarini sotish evaziga sizga pul berish takliflarini ko’rasiz. Hozirgi paytda dunyoda qanday ommaviy brend ostida chiqarilayotgan mahsulotlar bo’lsa, shularning hammasi ham bor. Hattoki, internet o’yinlar orqali pul ishlash imkoniyati ham mavjud.
  5. Youtube saytida boshqalarning videoroliklarini o’zingizning saytingizda joylashtirish orqali pul ishlash. Bu lekin, Youtube qoidalariga zid. Lekin, kim bilibdi deysiz, sizdan boshqa nechta odam shu yo’l bilan sekin-asta, hech kimga bildirmasdan pul ishlashyapti. Boshqa odamlarning tayyor videoroliklarini joylashtirasiz, pastiga esa “Hamkorlik dasturi” orqali narsalaringizni sotishingiz mumkin.

Youtube sayti orqali pul ishlashingiz uchun, bu bilan har kuni shug’ullanishingiz kerak. Kanalingizga yangi videoroliklarni joylashtirib borishingiz kerak. Agar kanalingizga o’zingiz tushurgan videolarni joylashtirmoqchi bo’lsangiz, montaj ishlarini o’rganing. Agar bu sayt orqali pul ishlashni hoxlasangiz kamida 1 yil mehnat qilishingiz kerak. Bir qarashda bu juda ko’p vaqt, lekin hozirgi paytda vaqt ham tez o’tib ketyabdi. 1 yil o’tgach o’shanda kanal ochganimda hozir pul ishlayotgan bo’lardim deb afsuslanmasangiz bo’ldi. Kim bilibdi deysiz, odamlar “Voy dod” devoradigan videolarni yarata olsangiz, bir oydayoq mashxur bo’b ketishingiz mumkin. Barcha narsa, kanalingizga joylashtirayotgan videolarga bog’liq. Boshqa narsalarning hammasi avtomatik o’z-o’zidan bo’laveradi. Siz faqat zo’r videolarni tayyorlash haqida bosh qotirsangiz bo’ldi.

Mana bugungi maqola orqali Youtube sayti orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’ldingiz deb o’ylayman. Qaysi yo’lni tanlash, qanday yo’l orqali internetda pul ishlash o’zingizga bo’g’liq. Barcha pul ishlash yo’llarini birgalikda olib borsangiz, sizdek omadli odam bo’lmasa kerak.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan